-Tadqiqotning
metodologiyasi
(Reseerch
Methodology)
.
Mamlakatimizning tez sur’atlar bilan
rivojlanishi va jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallab
borishida yurtimizda yashayotgan har bir millat va elatning
o’z o’rni va ulushi bor. Har qanday xalqlar o’rtasida milliy
birlikni saqlash va millatlar o’rtasida ahillikni ta’minlashda
millatlararo totuvlikning ta’minlanishi va bag’rikenglik muhiti
muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi kunda ayrim mamlakatlarda o’ta millatchi
kayfiyatdagi guruhlarning paydo bo’lishi va ularning
demokratiya niqobi ostida siyosiy kuchga aylanib, o’z xatti-
harakatlariga siyosiy kuch berishi jamiyatning tinchlik va
ahilligiga putur yetkazib, turli muammolarni kelib chiqishiga
sabab bo’lmoqda. Bag’rikenglik tushunchasi kundalik hayot
va ilmiy faoliyatda tez-tez qo’llaniladi. Odamlar o’rtasidagi
hayrixoxlik, o’zaro hamkorlik munosabatlarni yuzaga
keltirish, ayrim odamlarning xulq-atvoriga nisbatan keng felli
bo’lish kabilar bag’rikenglik deb tushuniladi. Bag’rikenglik
xalqmiz xarakteriga singib ketgan shunday bir olijanob
fazilatki uni odatiy hol sifatida qabul qilinadi. Insoniylik
nuqatai nazardan munosabat bildirish, samimiylikni saqlash va
hurmat ko’rsatish kabilar ham bag’rikenglik deb qaraladi.
Bag’rikenglik (lotincha “tolerantia - chidam, “ sabr –
toqat) – o’zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-
tuyg’ulari, fikr-mulohazlari, g’oyalari va e’tiqodalariga
nisbatan toqatli, chidamli bo’lishdir [2]. Shunchaki chidamli,
toqatli bo’lish emas balki, o’zgachalikni tushunish, uni qabul
qila olish hamdir. Buni bir-biriga o’xshamagan odamlarning
birga ahillikda yashashga intilishi deb qarash mumkin. Biron-
bir insonda ( kiyinishi, so’zlashi, turmush tarzi) yoki biror-bir
begona madaniyatda (urf-odat va marosimlar) bizga nimadir
yoqmasligi mumkin, biroq ular o’zgalarning huquq va
manfaatlariga zarar yetkazmasa, joriy qonunlarni buzmasa
ularning mavjudligi va rivojlanishini tan olishimiz kerak.
Bugungi
kunda
bag’rikenglikning
mazmun-mohiyati
nihoyatda rang-baranglikka ega bo’lib bormoqda. Inson
huquqlarining taraqqiy etib borishi natijasida bir madaniy
muhitda yashayotgan turli xildagi odamalar jamoalari
shakllanmoqda. Bu esa ularga nisabatan bag’rikeng bo’lish
kerak
chunki,
bu
inson
huquqlari hisoblanadi
deb
tushuntirilmoqda.
Bag’rikenglik – har bir fuqaroning ma’naviy burchi,
siyosiy hamda huquqiy ehtiyoji bo’lib, turli millat
manfaatlarini
ijtimoiy-g’oyaviy
ifodalash orqali inson
individualligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini,
millatlararo hamjihatlikni hurmat qilish, turli xalqlar va elatlar
vakillarini qabul qila bilish, ularga hamdard bo’lib, kam
ta’minlalanganlariga yordam berish va ijtimoiy-g’oyaviy
hayotni tushunishni, o’z manfaatini xalq, davlat manfaati bilan
bog’lay bilishni anglatadi. Bu jarayon oddiy yon berish yoki
boshqalarga xushomad qilish emas, balki har bir insonning
faol munosabat, muloqot jihatdan yuksak madaniyat va yuqori
darajadagi axloq hamdir. Demak bag’rikenglik asosida
insondagi fazilatlar, yuksak axloqiylik ham nomoyon bo’ladi.
Bag’rikenglik tushuncha sifatida milliy va diniy shaklda
namoyon bo’ladi.
Bag’rikenglikni
namoyon
qiluvchi
asosiy
yo’nalishlardan biri diniy bag’rikenglik g’oyasidir. Xozirda
mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub bo‘lgan 2276 ta
diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2093 tasi
islomiy, 183 tasi noislomiy, shu qatorda 166 ta xristian
cherkovi, 8 ta yaxudiy ibodatxonalari, 6 ta baxoiy jamoalari va
1 ta krishnani anglash jamiyati mavjud. Bugungi kunda
mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub yuqorida qayd
qilingan tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik
muhiti o‘rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Barcha
dindorlarga diniy amallarini ado etish, diniy ehtiyojlarini
qondirish uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratib berilgan.
Diniy bag’rikenglik - turli din vakillarining e’tiqodagi mavjud
aqidaviy farqlardan qat’iy nazar, ularning yonma-yon o’zaro
tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy ta’limotga hurmat
bilan qarashni anglatadi. Millatlararo totuvlik deganda ko‘p
millatlar yashayotgan mamlakat hududidagi turli millat va elat
vakillarining hamjihatlik va o‘zaro hamkorlikda yashashlari,
ularning ongi va qalbida yagona Vatan tuyg‘ularining
mustahkamligi, uning istiqboli yo‘lida sidqidildan mehnat
qilish va fidoyilik ko‘rsatish ruhiyatining amal qilishini
tushunish mumkin. Millatlararo totuvlikni ta’minlashning
asosiy omili mamlakat hududida yashayotgan barcha millat va
elat vakillarining ehtiyojlarini hisobga olish, manfaatlarni
uyg‘unlashtirish va yagona maqsad sari Vatanni taraqqiy
qildirishga yo‘naltirish hisoblanadi.
Diniy bag’rikenglik har kim diniy e’tiqodda erkin
bo’lishi va boshqalarda ham xuddi shunday erkinlik
mavjudligini tan olishni, diniy qarashlarni majburlash mumkin
emasligini ifodaylaydi. Diniy bag’rikenglik dunyoviylikka
ham dinga ham birdek taaluqli. Demokaratik mezonlariga
ko’ra dinning har qanday shakllarini majburlash orqali
singdirishga yo’l qo’yilmaydi, bu qonun yo’li taqib qilinadi.
Barcha dinlarda ham bunday xolatni ko’rish mumkin. Qur’oni
Karimda “ Dinda zo’rlash yo’qdir” deyiladi. Hamma dindor
bo’lish kerak degan qat’iy qaror yo’q. Demak, islomning o’zi
bag’rikenglik dini. Bugungi diniy bag’rikenglik tinchlikni
saqlash, xalqlar o`rtasida do`stlik va hamkorlik aloqalarini
o`rnatish, insoniyatni madaniy merosi va ijobiy urf-odatlari,
an‘analarini avaylab-asrashga, muammolarini ijobiy hal
etishga da‘vat etishda yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma
Do'stlaringiz bilan baham: |