O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/225
Sana25.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#303787
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   225
Bog'liq
2. Falsafa 60-215 (20)

UNIVERSITETI
XABARLARI, 2021, [1/6]
ISSN 2181-7324 
 
FALSAFA 
http://science.nuu.uz/uzmu.php 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/5/1 2021 
- 76 -
qirrali va tizimli holatga keltirilishiga yordam beradi. Tanqidiy 
va analitik fikrlash tizimini hayot tarziga aylantirib, sog‘lom 
fikrlash metodini shakllantirgan holda bu borada qaror qabul 
qila oladigan, har qanday ichki va tashqi ta’sirlarga 
qaramasdan global qadriyatlar asosida ongli va sifatli yashash 
say-harakatidagi individlarning kamoliga hissa qo‘shish 
kerak’’ [2].
Tanqidiy va analitik fikrlash tushunchasiga o‘xshash 
‘skeptizm’ vakillari orasidagi farq tanqidiy va analitik 
fikrlashni to‘g‘ri tushunishimizga yordam berishi mumkin. 
Tanqidiy va analitik fikrlash ozgina shubhachi bo‘lishni talab 
qiladi. Aniq dalillari mavjud bo‘lmagan va nosog‘lom 
muhokamaga asoslanuvchi fikrlash tarzi haqida emas, balki 
javobga aniq eltuvchi ‘kalitlarni’ qo‘limizga tutqazadigan 
shubhachilik haqida gap ketmoqda. Tanqidiy va analitik 
fikrlash haqiqatga eltuvchi so‘roqqa tutadigan, oldindan 
xulosa chiqarmaydigan, sog‘lom va har tomonlama fikrlash 
tarzidir. 
Eshitganlarining 
hech 
biriga 
ishonmaslikka 
asoslanuvchi fikrlashda esa haqiqatni topish maqsadi 
ko‘zlanmaydi va oldindan ko‘rishlar asosan oldindan 
(noto‘g‘ri) hukm chiqarishlarga aylanadi. Vaholanki, tanqidiy 
va analitik fikrlashda oldindan hukm chiqarish kuzatilmaydi, 
aksincha oldindan sog‘lom ko‘rishlar uchraydi[3].
Tanqidiy fikrlash nimaga ishonish yoki nima 
qilishimiz borasida to‘g‘ri mantiq yuritib, hukm chiqarishni 
ta’minlaydigan insoniy jarayondir. Shunday ekan analiz qilish, 
mulohaza qilish, xulosalar chiqarish, baholash, izohlash va 
eng asosiysi o‘z-o‘zini baholash qobiliyatimiz bilan bog‘liqdir. 
Lekin tanqidiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi yana ham 
muhimroq narsa bor. Bu - haqiqatni mardlarcha izlash, 
murakkab savollar so‘rash, ochiq fikrli bo‘lish, mantiq 
yuritishning kuchiga ishonish va yaxshi o‘ylangan, oqilona 
tanlovlar qilishga bo‘lgan orzu-istaklarimizdir. Qobiliyatlar 
juda muhim. Ushbu qobiliyatlarimizni hayotimzning har 
jabhasidagi muammolarni yechish va qaror qabul qilish 
jarayonlarida qo‘llay oladigan o‘zaro munosib ichki rag‘batga 
ega bo‘lish ham xuddi shunday ahamiyatlidir. Tanqidiy 
fikrlash ushbu qobiliyatlarni ijobiy rag‘batlantirib, ongli tarzda 
ishlatgan holda mantiqli hukm chiqarishdir. Tanqidiy fikrlash 
shaxsiy hayotimiz, o‘rganish jarayonimiz, ish joylarimiz, 
ijtimoiy faoliyatlarimiz kabi bir qator nuqtalarda har kuni 
amaliy tarzda qo‘llanilishi kerak. U juda ham ta’sirli kuch 
hisoblanadi. U zehnimizi noto‘g‘ri fikrlardan xalos qilishi 
mumkin, shuningdek, savollarimizni ilmiy nuqtayi nazardan 
o‘rganib chiqish, OAVning bizga havola qilayotgan 
ma’lumotlarining ishonchliligini baholay olish salohiyatiga 
erishishimizni taminlaydi[4]. 
Kundalik hayotimizdagi tanqidiy va analitik fikrlashga 
psixologik bo‘lganidek, sotsiologik(ijtimoiy) ma’no ham 
yuklashimiz mumkin. Bu ma’noda siyosat, iqtisod, OAV, 
madaniyat, kommunikatsiya kabi hayotning barcha sohalarida 
tanqidiy va analitik fikrlash insonning diqqat markazidan joy 
olishi kerak. Hayotiy tanlovlarimizni belgilashda, do‘st 
tanlashimizda, hodisalarni muhokama qilishda, to‘g‘ri savol 
so‘rab, bu savollarga to‘g‘ri javob topishda, voqealarning 
sabab-natija aloqasini bog‘lashda, voqea va hodisalarni 
o‘tmish-bugun-kelajak chizmasida umumiy tarzda baholay 
olishda, sog‘lom tarzda oldindan ko‘ra olishimizda va boshqa 
bir qator masalalarda tanqidiy va analitik fikrlashga ehtiyoj 
sezamiz[5]. 
Ijtimoiy faollashuv jarayonida sog‘lom, shunga 
munosib individ sifatida yashash uchun tanqidiy va analitik 
fikrlash bizga lozim bo‘ladigan bir qator ko‘nikma va malaka 
beradi. Ularning nima ekanligini anglay olsak tanqidiy-analitik 
fikrlash nima ekanligini belgilay olamiz. Bunday fikrlash bilan 
atrofimizdagi odamlarning fikrlarini to‘g‘ri ta’riflay olamiz. 
Voqealar va natijalari bilan bog‘liq turli xil nuqtayi nazarlarni 
shakllantira olamiz. Oldimizga qo‘yilgan ilmiy ishning har 
tomonlama munosib va ishonchlimi yoki aksincha ekanligini 
to‘g‘ri baholay olamiz. Voqealarni to‘g‘ri ‘o‘qiy olamiz’, satr 
orasida (yashirincha) berilgan ma’lumotlarni, tanganing orqa 
tomonini, xiyla-nayrang va chalg‘itishlarni his qila olamiz. 
Muammolarni ko‘rib chiqishda tizimli, ongli va ilmiy 
yondasha olamiz[6].
Tanqidiy va analitik yondashuvda fahmlashni orttirib 
borish asos hisoblanadi. Hayotimizga aloqador bir qator 
masalalarda fahm(idrok)ning ortishi talab qilinadi. “Nima 
uchun birovlar biror narsani tan olishimni xohlayapti?” “Tan 
olishim 
kerakmi?” 
kabi 
savollar 
fahmlashni 
shakllantirishimizdagi dastlabki qadamlardir. Buning uchun 
passiv holatdan aktiv holatga o‘tishimiz, masala chegaralarini 
aniqroq belgilab oluvchi bo‘lishimiz va to‘g‘ri javobni 
topishimiz kerak bo‘ladi. Tanqidiy va analitik fikrlash 
fahmlashni orttirish uchun har tomonlama munosib, tizimli va 
to‘g‘ri so‘roqqa tutish sa’y-harakatidir.
Tanqidiy va analitik fikrlash oldindan hukm chiqarish, 
subyektivlik, 
yagona 
voqea 
na’munalari, 
noto‘g‘ri 
umumlashtirish kabilarning tushunilishi uchun inkor qilib 
bo‘lmaydigan asosiy omil hisoblanadi. Oldindan hukm 
chiqarish asosan noto‘g‘ri muhokamadan kelib chiqqan fikrlar 
hisoblanadi. Umuman olganda, insonlar oldindan ko‘rishni 
osongina oldindan hukm chiqarishga o‘zgartiradilar. Obyektiv 
yondoshishni eplay olishmaydi va noto‘g‘ri mulohaza 
qiladilar. Oxir oqibat ijtimoiy qutblashishga sabab bo‘luvchi 
natijalar yuzaga chiqadi. Ko‘p kuzatiladigan xatolarning yana 
bir esa yagona voqea namunalarini keraksiz umumlashtirishlar 
qilib haqiqatlarni chalg‘itishdir. Ko‘plab soxta tashabbuslarda 
bu xatolarni tez-tez uchratishimiz mumkin. Tanqidiy va 
analitik fikrlash mazkur xatolarni bartaraf qiladi [7]. 
Tanqidiy fikrlash hozirda qanchalar ahamiyatli 
ekanligini Dr. Peter Facione quyidagicha ifodalaydi: 
“Tanqidiy fikrlash ta’lim-tarbiyaga doir hamma narsaning eng 
muhim foydasidir. İnsonlarning zehnidagi bosimlardan xalos 
bo‘lish, muammo yechimi va yaxshi qarorlar qabul qilish 
ko‘nikmalarini 
mustahkamlashlari 
tanqidiy 
fikrlashni 
o‘rganish bilan amalga oshadi.” 
Insoniyat to‘g‘ri va xatoni ajrata olishda qiynalayotgan 
bir davrda, haqiqatga erishishda tanqidiy va analitik fikrlash 
tizimliligining o‘rganilishi dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. 
Fikrlaydigan insonlar hayotning ma’nosini kashf qiladilar va 
shunga yarasha hayot xaritasini chizadilar. Tanqidiy fikrlash 
malakasi internetdagi ma’lumotlarni qidirish bo‘lmasida XXI 
asrning eng ko‘p qidirilgan ma’lumotlar ro‘yxatida eng yuqori 
o‘rinlarda turibdi. Tanqidiy va analitik fikrlash tizimlilikning 
keng tarqalishi faqat tanqidiy fikrlashning rivojlanishigagina 
hissa qo‘shib qolmasdan, insonlar izlagan ichki xotirjamlik, 
mavjudiyat sababi kabi masalalarni ham insoniyatning 
tushunib yetishini ta’minlaydi. 1984-yili Nobelning Tinchlik 
yo‘nalishidagi mukofoti sovrindori Janubiy Afrikalik rohib 
Desmond Tutu otasining unga “Gapirayotganingda ovozingni 
emas, fikrlarini ko‘tar” deganini aytib o‘tadi. Buni qarangki, 
bir necha asrlar ilgari XIII asrda yashab o‘tgan Mavlono 
Jaloliddin Rumiy “Ovozingni emas, so‘zingni ko‘tar! Gullarni 
o‘stiradigan yomg‘irdir, momaqaldiroq emas” degan edi. 
Tanqidiy va analitik fikrlashda asosiy urg‘u ovozga emas, 
so‘zga beriladi.
“Hayotga eng go‘zal tarzda qanday ma’no bera 
olamiz? Haqiqatni eng to‘g‘ri tarzda qanday anglay olamiz? 
Sifatni eng ideal tarzda qanday yuzaga chiqara olamiz? 
Kundalik turmushimizda duch keladigan muammolarni qay 
tariqa oson yecha olamiz? Tanqidiy fikrlash aynan mana shu 
masalalarning javobini topishimizda bizga dasturul amal 
bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun maktablarda, oliy o‘quv 
yurtlarida tanqidiy fikrlashga o‘rgatish muhimdir. Hozirda 
hamma narsa oldingiga nisbatan kamroq tekshiriladigan 
bo‘ldi. Haqiqat bilan soxta orasidagi farqni ajrata olmaydigan 
holatga tushib qoldik[8]. 



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish