O’zMU Iqtisodyot fakultiteti
Makroiqtisodiyot kafedrasi
Ijtimoiy siyosat fani
Mavzu:Modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy siyosatni amalga oshirish
xususiyatlari
Tuzdi:Dusov Ma’murbek 1-kurs ijtimoiy ish talabasi
Tekshirdi:Umrzoqova Mo’tabar
Reja:
1. Ijtimoiy siyosatning shakllanishi va uni amalga oshirishda demografiyaning
o’rni.
2. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat o’rtasidagi nisbat.
3. Dinning ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi o’rni.
4. Oila siyosati ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida
1. Ijtimoiy siyosatning shakllanishi va uni
amalga oshirishda demografiyaning o’rni.
Ijtimoiy siyosat – davlat, jamoat tashkilotlari va xayriya
fonlarining aholi ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy sohani
rivojlantirishga qaratilgan faoliyatidir. Ijtimoiy siyosatning
tor ma‘nodagi ta‘rifi davlatning ma‘lum sababga ko‗ra
ijtimoiy jihatdan nochor bo‗lgan va o‗zining moddiy ahvolini
o’z faoliyatlari orqali yaxshilay olmaydigan aholi guruhlari
yoki qatlamlarini (pensioner, yetim bolalar, talabalar,
mehnat nogironlari, kam ish haqi oluvchi ishlovchilar
kategoriyalari) qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-
tadbirlar tizimidan iborat.
1. Ijtimoiy siyosatning shakllanishi va uni
amalga oshirishda demografiyaning o’rni.
Ijtimoiy siyosatning keng ma‘nodagi ta‘rifi jamiyatning barcha
a‘zolarining ijtimoiy rivojlanishi uchun normal yashash va qulay
imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari yig’indisidir.
Umuman, ijtimoiy siyosat davlatning ijtimoiy rivojlanish, aholini ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish sohasida muvofiqlashtirilgan
siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlari tizimidan iborat.
Ijtimoiy siyosatning maqsadi kishilarni ijtimoiy ehtiyojlari va
manfaatlarini qondirish, ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlarni qo’llab-
quvvatlash, himoya qilish, to’g’ri yo’naltirish va mehnat qobiliyatini
qayta tiklash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
1. Ijtimoiy siyosatning shakllanishi va uni
amalga oshirishda demografiyaning o’rni.
Ilmiy asoslangan, aholining barcha qatlamlari va guruhlari manfaatlari,
ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan ijtimoiy siyosat
jamiyatning ijtimoiy barqarorligini, jamoaviy birdamlikni, ijtimoiy
keskinlikning oldini oladi, ijtimoiy axloqni insonparvarlashuvini, yaxshi
ijtimoiy-ruhiy muhitning yuzaga kelishini ta‘minlaydi. Ijtimoiy siyosat
umumdavlat (jamiyatni barcha aholi qatlami va guruhlarining
manfaatlarini, bilim olish va mehnat qilish huquqlarini hisobga oladi),
mintaqaviy (iqtisodiy yoki ma‘muriy bo’linish, respublika, viloyat
manfaatlarini), mahalliy (shahar, tuman, korxona, tashkilot, muassasa
manfaatlarini) va shaxsiy (tabiiy ofatlardan jabrlangan fuqarolarni
qo’llab-quvvatlash bo’yicha yordam) tavsifiga ega.
2. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat o’rtasidagi
nisbat.
Iqtisodiy siyosat quyidagi yo‗nalishlarda amalga oshiriladi:
- sanoat siyosati (ishlab chiqarish sohasini ularga nisbatan soliq imtiyozlarini
qo’llash orqali rivojlantirish);
- tashqi savdo siyosati (savdo tariflari va shartnomalari asosida chet el
mamlakatlari bilan tashqi savdoga kirish);
- mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish (tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish
darajasini oshirish);
- aholining turli qatlamlari o‗rtasidagi daromadlarni qayta taqsimlash (soliq
siyosati orqali);
- bandlik siyosati (aholini ish bilan bandligini ta‘minlash va undagi tarkibiy
o‗zgarishlarni boshqarish).
2. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat
o’rtasidagi nisbat.
Ijtimoiy siyosat chora-tadbirlarini amalga oshirilishi
mamlakatdagi iqtisodiy siyosat dasturlariga o’z ta‘sirini
o’tkazadi. Jumladan, davlatning aholini turar uy-joy bilan
ta‘minlash dasturi aholi farovonligini oshirishga yo’naltirilgan
chora-tadbirlar tizimi hisoblanadi. Ushbu dasturlarning
amalga oshirilishi natijasida uy-joy qurilishi ko’rsatkichi
ortib, ko’chmas mulk bozorining rivojlanishi bilan bir qatorda
moliya bozorida ipoteka kreditlari darajasining o’zgarishiga
olib keladi. Bu esa o’z navbatida ijtimoiy dasturlarning
iqtisodiy siyosatga ta‘sir ko’rsatishini anglatadi.
2. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat o’rtasidagi
nisbat.
Konsensus siyosati (1940–1970-yy.). Ikkinchi jahon urushidan keyin
Britaniya iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi. Vujudga kelgan inqiroz
oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari iqtisodiy siyosat dasturlari
doirasida amalga oshirildi. Bunda Keyns ta‘limoti asosida talabni
boshqarish tamoyilidan foydalanildi. Mazkur vaziyatda xo’jalik
ishlariga davlatning aralashuvi orqali talabni qo’llab-quvvatlash chora-
tadbirlari orqali vujudga kelgan ishsizlik va iqtisodiy inqiroz
oqibatlarini bartaraf etishga yo’naltirilgan dasturlar amalga oshirildi.
Ishsizlar, og’ir kasallar va nogironlar, pensionerlar, uy-joy bilan
ta‘minlanmaganlar, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlariga
nisbatan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash dasturlari ishlab chiqildi.
3. Dinning ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishdagi o’rni.
XXI asr boshlarida jahonda bir necha dinlar amal qiladi. Ularning tarkibida
keng tarqalgan dinlar induizm, buddizm, iudaizm, xristianlik va islom dini
hisoblanadi. Jamiyat hayotida diniy qadriyatlarning amal qilishi natijasida
kishilar hayotida ezgu amallarni bajarilish ko’lami kengayadi va ushbu holat
mamlakatda ijtimoiy farovonlikka erishishning muhim sharti hisoblanadi.
Din – insonning qadimiy ma‘naviy-amaliy hayot sohasi hisoblanadi. Bugungi
kunda ijtimoiy siyosatda qo’llanilayotgan ―din‖ so’zi ko’p ma‘noli tushuncha
bo’lib, uning asosini qadimda insonlarning ilohiy kuch bilan ―tanishishgani‖
ma‘nosi tashkil etadi. Dinlararo munosabatlar – din asosida yuzaga kelgan turli
e‘tiqodiy ta‘limotlarga e‘tiqod ayrim kishilar, kichik yoki katta guruhlar
o’rtasidagi turli aloqalar tizimi hisoblanadi.
3. Dinning ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishdagi o’rni.
Dinlararo munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turi bo’lib, unda
o’zaro harakat qiluvchi dinlarning turli jihatlari – ular ta‘limoti, e‘tiqodi,
tashkilotlari va boshqalar namoyon bo’lib, quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi:
- hududiylik (sintoizm – asosan Yaponiya hududida tarqalgan, induizm –
Hindistonda, Islom, buddaviylik, xristianlik barcha qit‘alarda);
- vaqt bo’yicha (iudaizm 3000 yildan ko‗proq, xristianlik 2000 yilga yaqin,
hozirgi islom VII asrdan buyon mavjud);
- din genetikasi (jumladan, iudaizm o’zidan avvalgi Odam Atogacha borib
taqaluvchi diniy tasavvurlardan, xristianlik iudaizmga taalluqli Ko’pgina
tasavvurlarni o’ziga singdirgan);
- vazifasi bo’yicha (dinlar fikrlarning birlashuviga ko‗maklashadi va O’zidan
boshqasini inkor etadi, ko‗pincha sub‘ektiv asosda).
3. Dinning ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishdagi o’rni.
Dinning ijtimoiy vazifasi65 – dinning jamiyatdagi ijtimoiy institut sifatidagi
ahamiyati va o‗rni, faoliyat doirasida namoyon bo‗ladi. Din jamiyat, uning
ayrim guruhlari va shaxslar hayotida quyidagi vazifalarni bajaradi:
- olamning diniy manzarasini yaratish (Alloh tomonidan dunyoning yaratilishi
va uning payg’ambaralariga ishontirish), tabiatni, jamiyatni, insonni
tushuntirish;
- tashkillashtirish (yagona e‘tiqodga ega diniy guruhlar xatti harakatini
tartibga solish);
- uyg’unlashtirish (diniy birodarlikni mustahkamlash va qo’llab-quvvatlash); va
shu kabilardir
4. Oila siyosati ijtimoiy siyosatning tarkibiy
qismi sifatida
Ijtimoiy siyosat dasturlari tizimida oila siyosatini amalga
oshirish umumjamiyat farovonligi davlatini qurishning
omillaridan biri hisoblanadi. Bu esa mehnatga to’langan haq
darajasi va amalga oshirilgan bepul parvarishni (yosh bolalar,
qariyalarga nisbatan) belgilashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Oila siyosati oilani boshqarish, uning daromadlarini
yo’naltirish (yaqin kishilarga nisbatan turli transfert
to’lovlarini amalga oshirish) va oila a‘zolariga nisbatan
ko’rsatilgan xizmatlar darajasi bilan belgilanadi.
4. Oila siyosati ijtimoiy siyosatning tarkibiy
qismi sifatida
Umumjamiyat farovonligi davlati shakllanishining ilk
bosqichlarida amalga oshirilgan ijtimoiy siyosat dasturlari
tizimida oila ijtimoiy birlikni tashkil etuvchi institut
hisoblanadi. Ushbu vaziyatda oila a‘zolari tarkibiga kiruvchi
erkaklar ishchi kuchi, ya‘ni mehnatda band bo’lib, oila
daromadlarini shakllantirishi zarur bo’lsa, ayollar esa o’z
navbatida yosh avlod va qariyalarni parvarishini ta‘minlashi
umumjamiyat farovonligini ta‘minlashga keng yo’l ochib
bergan. Bunda oila kishilik jamiyatini qo’llab-quvvatlash va
yosh avlodni tarbiyalash vazifalarini bajargan.
4. Oila siyosati ijtimoiy siyosatning tarkibiy
qismi sifatida
Jamiyat hayotida oila daromadlarini shakllantirishda o’z hissasini
qo’shayotgan kishilar va oila a‘zolari soni o’rtasidagi nisbatlarning
turlicha bo’lganligi sababli aholi daromadlari o’rtasida tengsizlik
vujudga keladi. Bu holat mamlakatda iqtisodiy tengsizlikning vujudga
kelishiga sabab bo’ldi. Natijada oila siyosatida o’zgarishlar vujudga
kela boshladi va ayollar oila daromadlarini shakllanishiga o’z
hissalarini qo’sha boshlaydilar. Oila siyosatidagi o’zgarishlar jamiyatda
kishilarning o’z ehtiyojlarini qondirish va qobiliyatlarini rivojlantirish
orqali daromadlari darajasini kengaytirishga bo’lgan intilishning
kuchayishi natijasida vujudga kelgan. Natijada jamiyat a‘zolarining
oilaviy munosabatlarga nisbatan qarashlari o‗zgarib bordi.
E’tiboringiz uchun
rahmat!!
Do'stlaringiz bilan baham: |