Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlari



Download 15,88 Mb.
bet22/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlari
Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichining umumiy sxemasi 1.29-rasmda keltirilgan. Rostlagich chulg‘ami - RCh generatorning to‘la kuchlanishiga ulangan. Tranzistor VT1 ning emitteri E musbat potensialga ega. Tranzistorning bazasi B ga Rb qarshilik orqali manfiy potensial uzatiladi. Kuchlanish rostlagichi KR ning kontaktlari tutashganda, tranzistorning bazasiga musbat potensial uzatiladi. Generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCh tok manbaiga tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyi orqali ulangan.
Rostlagich quyidagicha ishlaydi . Generator kuchlanishi rostlanadigan kuchlanishdan kichik bo‘lganda, rostlagich kontaktlari prujinaning tortish kuchi hisobiga uzilgan holda bo‘ladi. Tranzistorning bazasi manfiy potensialga ega bo‘ladi va emitter-baza o‘tish joyi orqali boshqarish (baza) toki o‘tadi. Tranzistor VT1 ochiladi va uning emitter-kollektor o‘tish joyidan generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCh ga akkumulatordan yoki to‘g‘rilagichdan tok o‘tadi.
Generatorning kuchlanishi belgilangan rostlash qiymatiga yetganda, rostlagich o‘zagidagi elektromagnit maydonning tortish kuchi hisobiga kontaktlar tutashadi va tranzistorning bazasiga musbat potensial uzatiladi. Natijada tranzistor cho‘rt bekilish holatida, ya’ni juda keskin yopiladi. Tranzistor yopiq holda bo‘lganda uyg‘otish toki zanjiriga qo‘shimcha qarshilik Rq ulana nadi va natijada, uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok qiymati kamayadi, generator kuchlanishi pasayadi. Rostlagich kontaktlari yana uziladi, tranzistor ochiladi va tok uyg‘otish chulg‘amiga tranzistorning qarshiligi keskin kamaygan emitter-kollektor o‘tish joyi orqali uzatiladi. Generator kuchlanishi yana orta boshlaydi. Bu jarayon davriy ravishda davom etadi va generatorning kuchlanishi belgilangan qiymat darajasida ushlab turiladi.
Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlarning amalda eng keng tarqalgani GAZ-53A, GAZ-5204, Moskvich-412" avtomobillariga o‘rnatilgan RR-362 belgili rostlagichdir.



Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish