4-topshiriqni bajarish:
200—250 sm
3
hajmdagi silindrga 150—180 sm
3
tekshirilayotgan eritmadan
quyiladi va unga ohistalik bilan areometr tushiriladi. Agar areometrni
shoshqoloqlik bilan tushirilsa, idish tubiga urilib, sinishi yoki eritma ichiga juda
chuqur cho’kishi mumkin. Areometr silindr devorlariga tegmasligi shart.
Areometrni eritmaga joylab bo’lgach, belgining pastki qismidan sanoq yuritiladi va
quyida keltirilgan jadvaldan tekshirilayotgan eritmaning tarkibi aniqlanadi. Areometr
20°C haroratda shkalaga ajratilganligi sababli tekshiruv ishJari xona haroratida olib
boriladi.
Ishni tugatgandan so’ng, areometrni toza suvda chayib, quruq sochiq yoki filtr
qooz bilan qurigunicha artiladi va idishiga joylanadi. Shakarli qiyom
konsentratsiyasini areometrdan foydalanmasdan, refraktometr yordamida ham
aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |