3. Kungaboqar ekinida oqsil moddasiga qarab seleksiya o’tkazish. Kungaboqar urug’larining tarkibida ko’p miqdorda moy – borligi bilan birgalikda unda 20 – 25 % gacha protein to’planadi. Seleksiya jarayonida kungaboqar urug’idagi oqsil majmuyi tarkibida chuqur o’zgarishlar ro’y berib, oqsilning suvda eriydigan fraksiyalarining ko’payishi va almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarning, jumladan lizinning oshishiga erishilgan. Lizin aminokislotasi yetishmagan takdirda oqsilning ozuqa – to’yimlilik sifati ancha pasayadi. Bir xil tuproq – iqlim sharoitida o’stirilgan ko’p moyli kungaboqar navlarining tarkibidagi lizin miqdori 4+0,7 % farq qilib o’zgargan, nav ichidagi populyasiyada esa–5,4+0,76 ga o’zgaruvchanlik kuzatilgan. Moylilik bilan oqsil moddasining saqlanishida teskari korrelyasiya bo’lganligiga qaramasdan, ko’p moyli kungaboqar navlari ilgarigi navlarga nisbatan oqsil moddasi bo’yicha qolishmaydi.
4.Optimal vegetasiya davrining davomiyligiga qarab seleksiya o’tkazish. Har xil tuproq iqlim sharoiti uchun u yerdagi issiqlik, suv bilan ta’minlanganlik darajasi va hosilni yig’ib olish davrida ob – havo va boshqa sharoitlar xisobiga olinib vegetasiya davrining optimal davomiyligi belgilanadi. O’zbekiston sharoitida vegetasiya davrining davomiyligi katta ahamiyatga ega, chunki bizning sharoitimizda bir yilda ikki hosil olish imkoniyatlari mavjud. Ayniqsa ang’izda ikkinchi ekin sifatida ekib hosil yetishtirish uchun kungaboqarning tezpishar navlaridan foydalaniladi. Akademik V.S.Pustovoyt fikricha Kuban sharoiti uchun bu davr 92 – 95 kun bo’lsa qulay. Juda erta pishar navlar seleksiyasi mahsuldorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin.
A.B.Dyakovning ma’lumotlariga ko’ra vegetasiya davrini 12 – 15 kunga qisqarishi hosildorlikni 20 – 30 % ga kamaytirilishiga olib keladi. Qulay sharoitda har bir kunda gektariga 30 kg gacha moy to’planadi.
Yuqori mahsuldor ertapishar nav va duragaylarni yaratilishi o’simliklarni bir vaqtda pishishi, fiziologik pishishdan to’liq pishishgacha qisqa davrli genotiplarni tanlash va savatchalari tezlikda (qisqa davrda) quriydigan o’simliklarni tanlash usullari bilan yaratishga erishish mumkin. Kungaboqarning effektiv haroratining pastki ko’rsatkichi 5 0S ga teng (biologik nol) bo’lib, unib chiqish – shonalash davrida 11 – 12 0S, shonalash – gullashda 15 – 16 0S undan keyingi davrda esa harorat 10 – 14 0S qulay bo’lib hisoblanadi.
Rossiya moyli ekinlar ilmiy tadqiqot institutida erta muddatda unib chiqish, tezpisharlik xususiyatli seleksion ashyoni tanlash sxemasi va baholash uslubi ishlab chiqilib kuzgi – qishgi – bahorgi davrda o’stirish maqsadida fitotronlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Vegetasiya davrining davomiyligiga qarab kungaboqar navlari uch guruhga bo’linadi:
1.O’RTAPISHAR NAVLAR – vegetasiya davri 92 – 132 kun. Bu guruhga Armavires, Yenisey, Nadejniy, Salyut, trudovik navlari kiradi:
Erta pishar navlar, vegetasiya davri 80 – 120 kun. Bu guruhga Vosxod, Zorya, Zenit, Gibrid Pochin, VNIIMK 8931 navlari kiradi.
2. TEZPISHAR NAVLAR, vegetasiya davri 70 – 100 kun. Bu guruhga Peredovik uluchshyenniy, Smena, Mayak uluchshyenniy navi O’zbekistonda silos va yashil massasi uchun ekiladi.
Ayrim mualliflar (G.V.Gulyayev, 1975 y) moyli kungaboqar navlarini quyidagi guruhlarga bo’ladilar:
3. O’TA TEZPISHAR NAVLAR–60–69 kun, tezpishar navlar–70–79 kun, ertapishar navlar–80–89 kun, o’rtapishar navlar-90–99 kun, kechpishar navlar–100–109 kun va o’ta kechpishar navlar 110 va undan ko’p kun talab qiladigan navlar.
Odatda tezpishar va erta pishar navlar urug’ining hosildorligi bo’yicha o’rtapishar va kechpishar navlarga nisbatan pastroq bo’ladi. Ammo bu biologik qonuniyatni o’zgartirish seleksionerlarning vazifasidir. Tezpishar navlarni yaratishga qaratilgan seleksiyaning O’zbekiston sharoiti uchun, ayniqsa ang’izda kungaboqarni ekib yuqori hosil olish muhim ahamiyatga egadir. Ertapishar navlarni yaratish seleksiyasida asosiy brak qilish ishlari gullash davrida o’tkazilib hamma kech gullaydigan o’simliklarni chiqarib tashlash bilan bajariladi.
5. Texnologik xususiyatlariga qarab seleksiya ishlarini o’tkazish. Kungaboqar navlari va duragaylari intensiv texnologiya sharoitida o’stirish talablariga mos bo’lishi kerak. Bu talablar quyidagilardir: o’simliklar bo’yi va yotib qolmasligi bo’yicha bir tekis, bir vaqtda pishishi va urug’i yengillik bilan yanchiladigan bo’lishidir. O’simliklar urug’i pishish davrida joyida qurishi qulaydir, chunki bunda hosilni yig’ib olish defoliasiyani qilmay o’tkazilishi mumkin. Bunday talablarga bir savatchali o’simliklar, bo’yi 80–120 sm bo’lgan, savatcha tanasida bargidan balandroq 45 – 90 0 burchagida joylashgan, bir muncha bo’rtgan savatchali navlar javob beradi.
Texnologik xususiyatlarga urug’lar to’kilishiga chidamli va kombaynda yengil yanchiladigan xususiyatlar kiradi.
Nav va duragaylar kasallik va zararkunandalarga chidamli hamda o’g’itlash va sug’orishdan samarali foydalanadigan bo’lishi kerak.
6.Kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga qarab seleksiya ishlarini o’tkazish. Kungaboqar o’simligini madaniylashtirishdan boshlab ekib kelishi doim kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar yaratish bilan bog’lanib kelgan. Dastlab bosqichlarda Amerikadan kungaboqar bilan olib kelingan zang kasalligi ko’p muammolarga duch qilgan. Zang kasalligiga kam chalinadigan “Zelenki” kabi mahalliy navlar xalq seleksiyasi natijasida yaratilgan.
Zang kasaligidan so’ng kungaboqar urug’i (pistasini) shikastlaydigan kungaboqar mitasi (mol) katta xavf keltira boshlaydi. Bu xavfni yengish uchun pansirli navlar yaratiladi. Undan keyin gulli parazit – shumg’uya (zarazixa), shuvax o’simligidan kungaboqarga o’tadi. Avval “A” irqi, keyin “B” va undan keyingi yillarda agressivliroq irqlari katta ziyon yetkazdi. Shuning uchun shumg’uyaga qarshi kurashish choralari doim o’tkazilmoqda. Oxirgi yillarda un shudring, kul kasali (penel), oq va bo’z chirish kasalliklari kungaboqarga katta zarar keltirmoqda.
Kungaboqar o’simligida zambrug’larning 65 turi, 10 ta bakteriya, ikkita virus va to’rtta gulli parazit bor deb hisoblanadi.
Kasalliklar ta’siri ostida ham hosildorligi kamayadi ham hosilining, urug’ining unuvchanligi, massasi va moyliligi pasayadi, moyining kislota raqami esa keskin ko’tarilib, uning oziqaliligi yomonlashadi. Shuning uchun seleksiyaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib kungaboqar ekini zararkunandalariga chidamli navlar yaratish hisoblanadi.
Hashaki navlarning seleksiyasi. Hashaki kungaboqar sifatida asosan moyli kungaboqarning Peredovik uluchshenniy, VNIIMK – 1646 uluchshenniy, VNIIMK 6540 uluchshenniy, Mayak kabi navlaridan foydalaniladi.
Hashaki kungaboqar navlarini yaratish soxasidagi seleksiya ishlari o’tkazish natijasida bir necha yuqori hosilli nav va duragaylari hosil qilingan. Hashaki kungaboqarning quyidagi rayonlashtirilgan navlari ekilmoqda: Belozerniy gigant, Gigant 549, Krasnoyarskiy silosniy, Stepnoy silosniy, Chkalovskiy gigant va VSGI Pecheneg. Bu navlar moyli kungaboqar ekiniga nisbatan 10 – 20 t/ga ziyodroq ko’k massa tuplaydi (60 – 70 t/ga). Hashaki kungaboqar seleksiyasining asosiy yo’nalishlari: – kasalliklarga va shumg’uyaga chidamli, shoxlanadigan, ko’p savatchalar hosil qiladigan, o’simlik tanasi tez qotmaydigan va umumiy massasida uning qotgan dag’al qismining miqdori kam bo’lgan navlarini yaratishdir.
Seleksiya uchun boshlang’ich ashyo. Kungaboqar seleksiyasida bu ekinning – mahalliy, eskidan ekilib kelinayotgan va hozirgi zamon seleksion navlari, xorijiy mamlakatlardan keltirilgan navlari, tizmalari va duragaylari hamda yovvoyi turlaridan foydalaniladi.
Boshlang’ich ashyoning qaysi biridan foydalanish seleksiyaning vazifalari va usullariga bog’liq. Mahalliy navlar namunalari ko’p miqdorda VIRning jahon kolleksiyasida mavjud. Ularning moyliligi past (kam) bo’lsa ham ular yirik urug’li, zang kasalligi va boshqa qator kasalliklarga chidamlilik xususiyatlariga ega.
Seleksion nav – populyasiyalari osonlik bilan moslashuvchan, yuqori hosilli, ko’pchilik patogenlarga guruhli immunitetli, yuqori moyli, yupqa po’choqli, yaxshi rivojlanadigan pansirli va boshqa qimmatli belgi va xususiyatlarga ega. Bunday shakl va xil o’simliklari yangi nav va duragaylarni yaratish uchun muhim va qimmatli boshlang’ich ashyo bo’lib hisoblanadi. Lekin bu navlarning kelib chiqishi bo’yicha bir xil bo’lganliklarini xisobga olish kerak. Bo’larning deyarli hammasini kelib chiqish negizida Ukrainaning Andreyevka qishlog’idagi mahalliy populyasiyalardan yaratilgan VNIIMK – 1646 navi turibdi. Xorijiy mamlakatlar seleksiyasining (AQSh, Fransiya, Ruminiya va boshqalar), kungaboqar tizma va duragaylari yuqori kombinasion qobiliyatli, bir tekisligi, yotib qolishga chidamliligi va boshqa xususiyatlarga ega. Lekin ularning aksariyatida po’chog’ini chiqishi ko’p moyligi past va urug’ining texnologik sifatlari yuqori emas.
Kungaboqar seleksiyasida Shimoliy Amerikadan keltirilgan yovvoyi turlari va shakllaridan keng foydalaniladi, chunki ularning ko’pchiligi ayrim kasalliklarga chidamli, hatto majmui immunitetlidir.
Turlararo duragaylashda kungaboqarning kasalliklarga chidamli navlar yaratishda H. tuberosus ko’p yillik turdan keng foydalaniladi. Kungaboqarning yovvoyi shakllari sitoplazmatik erkak pushtsizlik (SEP) manbai sifatida foydalaniladi
O’simliklarning VIR dagi jahon kolleksiyasida bu ekinning 1,5 mingga yaqin qimmatli namunalari (genofondi) mavjud. Bu namunalar ichida seleksiyaning deyarli hamma yo’nalishlari uchun boshlang’ich ashyo tanlash mumkin. H.tuberosus turi bilan H. annuus turini duragaylash natijasida V.S.Pustovoyt tomonidan shumg’uyaning daxshatli (agressiv) irqlariga chidamli, qimmatbaho immunali tizmalari yaratilib seleksiya ishida keng mikyosda foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |