Oziq ovqat mahsulotlari qo’shilmalari.
Rozimamatova G.S katta o’qituvchi, Inomov I.M talaba
ANDIJON DALAT UNIVERSITETI
Kimyo kafedrasi
Ushbu maqolada “E” tarkibli ozuqaviy qo’shilmalarining oziq-ovqat sanoatidagi o’rni va uning inson salomatligiga ta’siri haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: ozuqaviy qo’shilma, “E” indeksi, kanserogen, sintetik shakar, komponent, konservant, ozuqaviy bo’yoq, allergik reaksiya, botulizm va protein.
В этой статье представлена информация о роли добавок “E” в пищевой промышленности и их влиянии на здоровье человека.
Ключевые слова: пищевая добавка, индекс “E”, канцероген, синтетический сахар, компонент, консервант, пищевой краситель, аллергическая реакция, ботулизм и белок.
This article provides information on the role of “E” supplements in the food industry and their impact on human health.
Key words: food additive, index “E”, carcinogen, synthetic sugar, component, preservative, food coloring, allergic reaction, botulism and protein.
Bugungi kunda ilmiy-texnik taraqqiyot insonlarga bir qator imkoniyatlar, Jumladan Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yangicha yondashish talabini o‘rtaga qo‘ydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ta’mini sun’iy ravishda kuchaytirish hamda saqlanish muddatini uzaytirish uchun ularga turli xil ziravorlar va ozuqaviy qo’shilmalar qo’shilmoqda. “E” indekisi mahsulotning tami, rangi, hidini kuchaytirish uchun qo’llaniladigan qo’shilmalarni bildiradi. Oziq-ovqatlarni ro’yhatga oluvchi Yevropa standarti “E” belgisi bilan oziq-ovqat qo’shilmalarini ro’yhatdan o’tkazishni qattiy nazorat ostiga oladi va bu halqaro ilmiy tadqiqot markazlari moddalarni hafsizlik nuqtai nazaridan tekshirib boradi. [1; 204-b, 4;]
O’tgan asrning 50-yillarida gulitamat natriyni sanoat miqiyosida ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Dastlab u sifati past bo’lgan mahsulotlarga va o’zining dastlabki tamini yo’qotgan, uzoq vaqt davomida qayta-qayta muzlatilgan qiyma go’shtlariga qo’shilgan. Keyinchalik esa baliqli, tovug’li va go’shtli mahsulotlar, kanservalar, kolbasalar, sho’rvalar, bulyonli kubiklar, chipslar, tez tayyorlanuvchi mahsulotlar, yarim tayor mahsulotlar tarkibiga qo’shila boshlandi. Dastlab bunday konservantlar tuz, shakar va sirkadan iborat bo’lgan. Rang beruvchilar sifatida esa Osiyoda o‘sadigan sabzavotlar va tropik meva: kurkuma (shafran) o‘simligining tomiri ishlatilib kelingan. Shuningdek, hozirgi kunda E200-299 – konservantlar mahsulotni mikroblar va zamburug‘lardan himoyalab, saqlanish muddatini uzaytiradi va E300-399 oziq-ovqat mahsulotlarini oksidlanishdan saqlash uchun hizmat qiladi. Shuningdek, E400-499 – mahsulotning me’yoriy zichligini ta’minlaydi, quyuqlashtiruvchi qo‘shimchalar esa ularning qayishqoqligini oshirishga, E500-599 kabi ozuqaviy qo’shilmalari esa o‘zaro singishmaydigan ikki xil suyuqlikdan, masalan, suv va yog‘dan iborat bir turdagi o‘xshash qorishma hosil qilishga hizmat qiladi. Bundan tashqari E250 go'sht va kolbasa sanoatida foydalaniladigan natriy nitrat nomi bilan ataluvchi qo’shilma, unchalik xavfsiz emasligiga qaramay, xavfli kasallik - botulizm rivojlanishiga to'sqinlik qilishi isbotlangan. Ta’siri kuchli bo’lgan qo’shimchalardan yana biri E 952 - siklamik kislota va uning natriy, kaliy, va kalsiyli tuzlaridir. Shirinliklar, gazlangan ichimliklar, qandolat mahsulotlari, saqichlar, souslar, sut mahsulotlari, non va non mahsulotlari va boshqa ko'pgina narsalar tarkibiga kiradi. Natriy siklamat sintetik shakar o'rnini bosuvchi moddadir. Bu uning "do'sti" dan - qand lavlagisidan o'ttiz marta shirinroq va boshqa sun'iy tabiatdagi moddalar bilan birlashganda, hatto ellik marta ortiqroqdir. Komponent tarkibida kaloriya yo'q, shuning uchun inson qonida glyukoza ta'sir qilmaydi, qo'shimcha funtlarning paydo bo'lishiga olib kelmaydi. Modda suyuqlikda juda eriydi, hidi yo'q. Shuning uchun ham, bular shakarni o’rnida ishlab chiqarishdan olib tashlangan bo’lib, uning kuchli kanserogen ekanligi aniqlangan. E120 - karmin kislotasi (hozirda bu ish zararli ekanligini, lekin shifokorlar esa buning oldini olishni qat'iy tavsiya qilishgan) E124, E127 va E129 ozuqaviy qo’shilmalari kuchli kanserogen bo’lganligi uchun, qizil rangli ozuqaviy bo'yoqlar bo’lishiga qaramay, bir qator mamlakatlarda taqiqlangan. Bular qatoriga shuningdek, E155 (jigarrang bo'yoq) va E180 (ruby ritol) ni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari E220 - oltingugurt dioksidi - buyrak etishmovchiligi bo'lgan insonlar ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. E102, ya'ni tartrazin astma hurujlariga sabab bo'ladi va undan ham bir qator mamlakatlarda foydalanish taqiqalangan. Taqiqalangan qo’shimchalar qatoriga E110 sariq rangli bo'yog’ni ham qo’shish kerak, chunki u allergik reaksiya qo’zg’otadi va ichak va oshqozon faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. [2; 26-27-b, 1; 417-419-b]
Shu sababli yorqin, tabiiy bo'lmagan ranglardagi mahsulotlardan qoching. Ular juda ko'p rang va konservantlardan iborat bo'lishi mumkin. Tabiiy mahsulotlarga, don va don mahsulotlariga, dukkaklilarga, ayron-nordon sutga, shuningdek, sabzavot va mevalarga alohida e'tibor bering. Bu zararli va xavfli moddalarni o’zida saqlamaydi, o'z ichiga olmaydi. Uzoq vaqt davomida sog'lom qolish uchun, zararli oziq-ovqat qo'shimchalari - "E" ozuqaviy qo’shilmalari qo’shilgan mahsulotlardan qochishga harakat qiling. [3; 72-b, 4;]
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
Сарафанова Л.А. Пищевые добавки: енциклопедия / Л. А. Сарафанова, Изд. 2-е.- СПб: Изд.-во Гиорд, 2004.- С.808.
Петрухина А.Из чего мы состоим? Из того, что мы едим… Наука и жизнь, № 1 2009. –С.26-29.
Штейнберг А. И.и др. Добавки к пищевым продуктам (Гигиенические требования и нормирование). –М: Медицина, 1969.- С. 95.
www.dobavkam.net
Do'stlaringiz bilan baham: |