Oziq moddalar surilishining sitofiziologiyasi



Download 85,2 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2022
Hajmi85,2 Kb.
#857329
  1   2   3
Bog'liq
Oziq moddalar surilishining sitofiziologiyasi


Oziq moddalar surilishining sitofiziologiyasi
Reja:



  1. Yo’g’on ichak

  2. Yug’on ichakning tuzilishi

  3. Me’da osti bezi

Odam va boshqa hayvonlar ichagida oziq moddalarning so’ri-lishi murakab fermentativ jarayon bo’lib, bosqichma-bosqich amalga oshadi. Oziq moddalar avvalo fermentlar ta’sirida ichak bo’shlig’ida parchalanadi (bo’shliqdagi hazm). SHu jarayonda hosil bo’lgan oligo- va dimerlar jiyakli hujayralar mikrovor-sinkalari yuzasida monomerlarga parchalanadi (msmbranadagi yoki devor oldi hazmi). Hujayra membranasi orqali so’rilib o’tgan monomerlar jiyakli hujayralar tcitoplazmasida yana qay-ta ishlanadi (hujayra ichki hazmi). So’ngra ular shilliq parda-ning xususiy plastinkasi orqali qonga (oqsillar, uglevodlar) yoki limfaga (yog’lar) tushadi.


Ingichka ichakdagi membrana hazmida va oziq moddalarning so’rilishida asosan ichak vorsinkalari ishtirok etadi. Kripta-lar esa vorsinkalar uchun jiyakli enterotcitlar etkazib beradi va kripta-vorsinka sistemasi faoliyatining optimal bo’lishini ta’minlaydi.
Vorsinkalar stromasida joylashgan silliq mushak hujayra-larining qisqarishi so’rilgan moddalarning qon tomirlarga o’ti-shiga imkoniyat yaratadi. Ichak vorsinkalari to’g’rilanganda oziq moddalar epiteliy orqali ularning stromasiga o’tadi, kapillyar-lar esa yana qonga to’ladi. Vorsinkalar minutiga 4-6 marta qisqaradi. Ularning harakati ovqat so’rilishi jarayonida tez-lashib, och qolgan paytda sekinlashadi. Bitta vorsinka ximus tarkibidan minutiga 0,03 mm3 gacha oziq moddalarni so’rib oli-shi^hisoblab chiqilgan. Ingichka ichakdagi vorsinkalarning umu-miy soni 1,4 mln dan ortiqligini nazarda tutilsa, ichakda minutiga 45 sm3 ga yaqin oziq moddalar so’rilishi mumkin.
Fiziologiya va immunomorfologiya usullarini qo’llash bilan voyaga etgan odam va laboratoriya hayvonlarida ularning jiyak-li hujayralari mikrovorsinkalari membranasi orqali oziq moddalar monomerlargacha parchalanib o’tishi aniqlangan. Gliko-kaliks tarkibida bo’lgan gidrolitik fermentlar ta’sirida oq-sillar aminokislotalargacha parchalanib, karbonsuvlar monosa-xaridlar, yog’lar yog’ kislotalari va glitcerin holiga o’tadi.
YOg’lar yaxshi bo’yalgani uchun ularning hazm bo’lish jarayoni yax-shi o’rganilgan. SHuning uchun oziq moddalarning so’rilishi jara-yonini yog’lar misolida ko’rib o’tamiz. YOg’larning so’rilishi ichak vorsinkalarining uchidan boshlanib, uning asosiga qarab davom etadi. Ovqatlantirishdan 15-20 minut o’tgandan keyin mayda yog’ tomchilari (xilomikronlar) avvalo jiyakli hujayralar yuzasi-da, aniqrog’i, uning mikrovorsinkalari orasida paydo bo’ladi. Bu erda ular glikokaliksda bo’lgan lipaza fermenti ta’sirida glitcerin va erkin yog’ kislotalariga parchalanadi. yog’ kislotala-ri xolinesteraza va xolinesterin yordamida hujayra tomonidan yaxshi so’riluvchi xolesterin efirlariga aylanadi. Jiyakli hu-jayra membranasidan o’tgandan keyin xolesterin efirlari parchalanadi, natijada, erkin yog’ kislotalari paydo bo’ladi. Atciltransferaza yordamida yog’ kislotalari hujayraga so’rilgan glitcerin bilan qayta birikkali (resintez) va mayda yog’ (trigli-tcerid) tomchilarini (xilomikronlarni) hosil qiladi. Bu ja-rayonda Gol’ji kompleksi va mitoxondriyalar muhim rol’ o’ynaydi. Gol’ji kompleksida xidomikronlar sintezlanadi, yi-g’iladi va vezikulalar yordamida lateral membrana tomon suri-ladi. So’ngra vezikula membranasi lateral membrana bilan qo’-shiladi, natijada, xilomikronlar hujayralararo bo’shliqqa chiqariladi. Ular bazal membrana orqali vorsinka stromasiga o’tib, asosan, limfa tomirlariga so’riladi.
Oqsillar so’rilishi jarayoni ham yog’lar so’rilishi kabi amal-ga oshadi. Voyaga etgan odamda hamma oqsillar aminokislotalar-ga parchalangandan so’nggina so’riladi. YAngi tug’ilgan ba’zi sut emizuvchi hayvonlarda hazm qilish a’zolari faoliyati ham mu-kammal bo’lmagani uchun ona suti tarkibdagi oqsillar parchalan-masdan jiyakli hujayra orqali to’g’ridan-to’g’ri qonga o’tadi. Toshkent meditcina instituti olimlari professorlar: K. A. Zu-farov, V. M. Gontmaxer va A. Y. Io’ldoshevlar olib borgan iz-lanishlar natijasida qonga parchalanmagan holda o’tgan ona suti oksillarining buyrakning proksimal naylari hujayrala-ri tomonidan birlamchi siydik tarkibidan reobsorbtciya qilib olinishi va hujayra lizosomalari fermentlari yordamida ami-nokislotalargacha parchalanishi aniqlandi. Hosil bo’lgan amino-kislotalar qonga chiqarilib, yana organizm ehtiyojlari uchun ishlatilar ekan. Uzbek olimlarining bu kashfiyoti SSSR ixti-rolar va kashfiyotlar qo’mitasi tomonidan 1987 yilda qayd
qilindi.
Ichak epiteliysi orqali suv va unda erigan mineral tuzlar, vitaminlar va boshqa moddalar ham so’riladi.

Download 85,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish