O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK- IQTISODIYOTI
INSTITUTI
5312400-MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI
MEM-200 (20) GURUH
MUSTAQIL ISH
MAVZU: O‘zgaruvchan tok chulg‘amlarining magnit
yurituvchi kuchlari.
Bajardi:______________________Boymanova B.
Qabul qildi:_______________________Babayev O .
Qarshi-2022.
Mundarija.
Kirish.
O’zgaruvchan tok.
O’zgaruvchan tok mashinalari.
O‘zgaruvchan tok chulg‘amlarining magnit yurituvchi kuchlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Elektr mashina mexanik energiyani elektr energiyaga (elektr generatorlari) yoki elektr energiyani mexanik energiyaga (elektr motorlari) aylantira oladigan elektr-mexanik o‘zgartgich (EMO‘)dir. Elektr mashinalarida energiyaning elektr-mexanik o'zgartirilishi magnit maydon vositasida amalga oshirilib, elektromagnit induksiya qonuniga asoslangarv, shuning uchun ham ularni induktiv elektr mashinalari deyiladi. O‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartirib beruvchi transformatorlar ham induktiv elektr mashinalarining o‘ziga xos turidir.
Elektr-mashinaviy o‘zgartgichlar (masalan, o‘zgaruvchan tok chastotasini va fazalar sonini o‘zgartira oladigan,) va kam quwatli elektr signallar vositasida nisbatan katta quwatli obyektlami boshqarishga imkon beruvchi elektr-mashinaviy kuchaytirgichlar ham EMO‘ hisoblanadi.
Sanoat elektronikasining jadal ravishda rivojlanishi tufayli yarim o'tkazgich (tranzistor, tiristor)li o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlar sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Natijada elektr-mashinaviy o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlami amalda qo‘llash sohalari ancha kamaygan.
Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi. Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalarga qaraganda hech shubhasiz katta afzalliklarga ega. Uni simlar orqali deyarli energiya isrof qilmasdan uzoq masofalarga uzatish mumkin, iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash qulay. Eng muhimi, bu engergiyani oddiygina qurilmalar yordamida energiyaning boshqa turlariga: mexanik energiyaga, ichki energiyaga (jismlarning isishi), yorug‘lik energiyasiga va shu kabi energiyalarga aylantirish mumkin. O‘zgaruvchan tokning o‘zgarmas tokka nisbatan shunday afzalligi borki, uning kuchi va kuchlanishini deyarli energiya yo‘qotmasdan juda keng chegaralarda o‘zgartirish (transformatsiyalash) mumkin. Ko‘pgina elektrotexnik va radiotexnik qurilmalar uchun o‘zgaruvchan tokni ana shunday o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Lekin elektr energiyasini uzoqqa uzatishda kuchlanish va tokni transformatsiyalash ayniqsa zarurdir.
Elektr tokini generatorlar ishlab chiqaradi. Generator biror turdagi energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmadir. Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning elektromexanik induksion generatorlari eng muhim o‘rin tutadi. Bu generatorlarda mexanik energiya elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularning ishlash prinsiplari elektromagnit induksiyasiga asoslangan. Bunday generatorlarning tuzilishi uncha murakkab emas. Shu bilan birga ular yetarli darajada yuqori kuchlanishda kuchli tok hosil qilish imkonini beradi. Aylanuvchi qismli elektr mashinalari tokning turiga ko‘ra 0‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok mashinalariga boiinadi. 0‘zgaruvchan tok elektr mashinalari ishlash prinsipiga bog‘Iiq holda asinxron, sinxron va kollektorli mashinalarga bo‘linadi (K.1- rasm). Asinxron mashinalar tuzilishi, ishga tushirish va texnik xizmat ko‘rsatishning oddiyligi hamda yuksak ishonchliligi kabi afzalliklari tufayli turli xo‘jalik sohalarida asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi. Sinxron mashinalar elektr stansiyalarida sanoat chastotali (f = 50 Gz) O‘zgaruvchan tok ishlab chiqaruvchi generatorlar va mustaqil elektr energiya iste’molchilari (samolyotlar, katta kemalar va boshq.) uchun yuqori chastotali generatorlar sifatida qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi. Ularning konstruksiyasi murakkab va cho‘tka- kollektor qurilmasining tez-tez profilaktik ko‘zdan kechirish (yoki ta’mirlash) zaruratining tug‘ilib turishi tufayli ulardan amalda kam foydalaniladi. Avtomatika qurilmalarida hamda maishiy xizmat va uy xo‘jaligi elektr uskunalarida universal, ya’ni 0‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda ishlay oladigan kollektorli mashinalar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |