O’zgaruvchan tok generatorlaring ishchi tavsifnomalari. Tayanch iboralar


O'zgaruvchan tok generatorlaringkonstruksiyasi va ularing o'ziga xos



Download 270,5 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi270,5 Kb.
#319075
1   2   3   4
Bog'liq
O’zgaruvchan tok generatorlaring ishchi tavsifnomalari. Tayanch

O'zgaruvchan tok generatorlaringkonstruksiyasi va ularing o'ziga xos

tomonlari

Kontakt halqali o'zgaruvchan tok generatorlarining avtomobillarda juda keng ko'lamdatatbiq topgan turlaridan bin 32.3701 (T250) belgili generator va uning ko'p sonli bar xil ko'rinishlaridir. 1.25-rasmda shu generatoning tuzilishi berilgan.

Generatoning halqasimon stator o'zagi 10, uyurma toklari kamaytirish maqsadida bir-biridan lok bilan izolatsiya qilingan, qalinligi l ,0 mm bo'lgan elektrotexnik po'lat tasmalardan yig'ilgan, ular tashqi yuzadagi aylana bo'ylab oltita nuqtada o'zaro kavsharlangan. Statorning ichki yuzasida 18 ta bo'ylama ariqchalari bo’lib, ular bir-biridan tishchalar bilan ajratilgan. Har bir tishchaga sirlangan mis simdan o'ralgan 18 ta g'altak 8 o'mashtirilgan. G'altaklar uchta faza chulg'amlariga bolinib, har bir chulg'amga ketma-ket ulangan oltita g'altak kiradi. Bitta fazaga taalluqli g'altaklar ikkita tishcha oralatib uchinchisiga kiygizilgan. Faza chulg'amlari o'zaro "yulduz" sxemasi bo'yicha ulangan, ulaning boshlang'ich uchlari birjoyda tutashib uch fazali sistemaning nol nuqtasini hosil qiladi. Faza chulg'amlarining ikkinchi uchlari to'g'rilagich bloki 3 ning qisqichlari 2 ga ulangan. Rotor (1.25-b rasm) taramlangan valga presslangan, ikkita, biri ikkinchisinining orasiga kirgan, qarama-qarshi qutbli (bin shimoliy qutb N, ikkinchisi janubiy qutb S ),oltiuchli tumshuqsimon po'lat o'zaklar 9 dan va ular orasidagi po'lat vtulka 72 ga sirlangan mis simdan o'ralgan uyg'atish chulg'ami LI dan iborat. Uyg'otish chulg'amining uchlari valdan va biri-biridan izolyatsiya qilingan mis kontakt halqalari 4 ga qalaylab ulangan.

Rotor, qopqoqlargao’rnatilganyopiqturdagi, zo'ldirli podshipniklarda aylanadi. Generatomi yig'ish jarayonida podshipniklar yuqori sifatli konsistent moy bilan to'ldiriladi va ishlatish davrida boshqa moylanmaydi. Aluminiy qotishmalaridan, bosim ostida quyish yo'li bilan tayyorlangan generator qopqoqlarida shamollatish darchalari qoldirilgan. Kontakt halqalari joylashgan tomondagi qopqoq I ga ikkita mis-grafit cho'tka o’rnatilgan, plastmassadantayyorlangan cho'tkatutqich 6 va to'g'rilagich bloki Jjoylashtirilgan. Cho'tkalarmis halqalarga cho'tkatutqichdagi prujinalar Zyordamida bosib turiladi.

Generator qopqoqlari, dvigateldagi tayanchga mahkamlash uchun o'ljallanganteshikli quioqchalarga ega. Yuritma tomondagi qopqoq 13 da esa yana bir quioqcha bo’lib, unga uzatma tasmasini taranglik darajasini rostlash plankasi mahkamlanadi. Har ikkala qopqoq stator o'zagi bilan birgalikda uchta vint bilan bir-biriga tortilgan. Generator valiga shponka yordamida parrakli shkiv o’rnatilgan. Parraklar 4 qopqoq-

lardagi shamollatish darchalari orqali havo oqimini o'tkazib, generator chulg'amlarim va to'g'rilagich blokidagi diodlari sovitib turadi.

Hozirgi zamon avtomobil generatorlarida, asosan, ikki turdagi to'g'rilagich bloklari ishlatilmoqda:

a) aluminiy yoki uning qotishmalaridan tayyorlangan shina - issiqlik tarqatgichga

presslangan yoki kavsharlangan yarim- o'tkazgichli diodlardan tashkil topgan to'g'rilagich;

b) kuchli darajada qovurg'alaligan qobiqqa kavsharlangan tabletkasimon diod-lardan tashkil topgan to'g'rilagich.

Birinchi turdagi to'g'rilagichlar toifasiga Rossiya avtomobillarining generatorlarida keng tatbiq topgan BFIB belgili to'g'rilagich bloki kiradi. Generator qopqog'iga o’rnatilgan ELIB to'g'rilagich bloki (1.26-rasm) uchtato'g'ri o'tkazuvchan diodlar 3 presslangan, yarim aylana musbat shina 5 va uchta teskari o'tkazuvchan diodlar 2 presslangan, yarim aylanali manfiy shina I dan iborat.

Aluminiydan tayyorlangan shinalar bir-biridan tola izolyatsiya qilingan bo’lib, ular tok o'tkazgich va diodlar qizib ketishdan saqiovchi issiqlik tarqatgich vazifasini bajaradilar. To'g'rilagich blokining kremniyli diodlari o'zaro uch fazali, ikkita yarim davrli, ko'prik sxemasi bo'yicha ulangan. Diodlardan chiqqan uchlar, shinalardan izolatsiya qilingan, vintli qisqichlar 4 ga mahkamlangan bo’lib, ularga stator faza

chulg'amlari6 ning ikkinchi uchlari ulanadi.

lkkinchi turdagi to'g'rilagichlarga misol tariqasida "Magneti Marelli" (Italiya) firmasining AA125R belgili generatorlariga o’rnatilgan to'g'rilagich blokini keltirish mumkin (1.27- rasm). Bu to'g'rilagichlarda aluminiy qotishmalaridan ekstruziya usuli bilan yasalgan kuchli qovurg'alangan ikki radiator - issiqlik tarqatgichlari, ulari bir-biridan ajratib turuvchi plastmassadan tayyorlangan yig'ish taxtachasiga mahkamlangan. Tabletkasimon oltita katta quvvatli yarim o'tkazgichli diodlar kontakt

yuzalari bilan issiqlik tarqatgichlarga va yig'ish taxtachasining metall shinalariga kavsharlangan. Uyg'otish chulg’amining uchta kam quvvatli diodlari alohida blokka birlashtirilgan bo’lib, ular yig'ish taxtachasining tegishli shinalariga kavsharlanadi.

a)

b)



Download 270,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish