Induktiv EMO’ da cho’lg’am (oqim ilashishi) induktivligining o’zgarishi hisobiga, sig’im EMO’ larda esa sig’im o’zgarishi hisobiga energiyaning elektromexanik o’zgarishi yuz beradi. Iduktiv-sig’imiy EMO’ larda induktiv va sig’im mashinalarning elektr zanjirlarini va harakatlanuvchi qismlarini bitta elektromexanik sistemada oddiy o’zlarining umumiy bo’lishi yuz beradi (1.16-rasm).
Eletromexanik o’zgartirgichlarning sinfi.
Induktiv (magnit maydon)
sigim (elektr maydon)
Induktiv- sig’imiy (elektromagnit maydon)
Garchi EMO’ning elektr ishchi maydonida oldin induktivlik paydo bo’lsada, ular sanoatda tatbiqini xuddi kuch EMO’ lardek topa olmadi. Magnitlanish va pezo-elektro effektdan foydalanish vaqtida induktiv-sig’imiy EMO’larni yaratishda urinishlar qilingan.
Barcha turdagi induktiv mashinalarini manbasiga qarab o’zgaruvchan va o ’zgarmas tok mashinalariga bo’lish mumkin.
O’zgaruvchan tok mashinalari sinxron va asinxron (sinxron emas), o’zgaruvchan tok kollektorli mashinalari va transformatorlarga bo’linadi.
Sinxron mashinalarda rotorning aylanishlar tezligi ror va magnit maydonning aylanishlar tezligi ros bir-biriga teng .
Asinxron motorlarda rotorning aylanishlartezligi va magnit maydonning aylanishlar tezligi teng emas: Qr ^ros . Bunda Qr magnit maydonning aylanishlar tezligidan katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Rotorning aylanishi va statorda magnit maydonining yo’nalishi qarama-qarshi bo’lishi mumkin.
O’zgaruvchan tok kollektorli mashinalari rotor va stator cho’lg’amlari ulangan kollektorning fazalar soni va chastotasini mexanik o’zgartirgichlar borligi bilan sinxron va asinxron mashinalardan farq qiladi.
Transformatorlar esa elektr energiyani eletromagnit o’zgartirgichlaridir. Ularda elektr energiyaning mexanik energiyaga aylanishi va teskari o’zgarishi yuz bermaydi, uning o’rniga esa elektr energiyani bir turdan boshqa turga aylantirib beradi. Transformator shunday vazifani bajaradiki, bunda cho’lg’amlar bir-biri bilan deyarli joyini almashtirishi mumkin emas.
Elektr mashinalari ish rejimiga ko’ra generator va motorlarga bo’linadi.
Generatorlarda mashina valiga uzatiladigan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi.
Motorlarda elektr energiyasi mexanik energiyaga aylantiriladi.
Bitta elektr mashinalari ham divigatel, ham generator rejimida ishlashi mumkin. Biroq generator va motorlarda odatda konstruktiv ko’rinishi farq qiladi va bu mashinaning zavod tomonidan o’rnatilgan ustki qismida uning ish rejimi ko’rsatiladi.Sinxron mashinalar reaktiv quvvat tarmog’ida uzatish va iste’molchi rejimida ishlashi mumkin. Bunday turdagi mashinalar sinxron kompensatorlar deb ataladi. Elektr mashinalarida qo’zg’almas qismi stator va yagona qo’zg’aluvchi qismi rotor yordamida ishlaydi. Faqat rotorning o’zi aylansa bunda mashina erkinlikning birinchi darajasida bo’ladi. Bunday mashinalar bir o’lchamli mashinalar deb ataladi[8].
Elektr mashinalarida elektromagnit maydon rotor va statorda bo’ladi. Agar ikki qismning ham aylanishiga ruxsat berilsa unda ular qarama-qarshi joylashadi. Mashinalarda ikkinchi darajali erkinlikda rotor va stator aylanishi mumkin. Bu ikki o’lchamli mashina deyiladi. Harakatlanuvchi qurilmalarda rotor 900 burchak ostida joylashgan ikki tomonga aylanuvchi shar
bo’lishi mumkin. Bunday mashinalar uchinchi darajali erkinlikda bo’ladi. Fazoviy elektromexanikada olti o’lchamli elektromexanik sistemani hisoblashga to’g’ri keladi, qaysiki rotor va statorlar uchinchi darajali erkinlikda bo’ladi.
Elektr mashinalari oldinga va orqaga harakatlanishi mumkin. Biroq mashinalarda orqaga va oldinga harakat bilan stator va rotor ulanadi va magnit maydon havoli oraliqda maydon xatoligiga chetidan qaytadi. Chiziqli elektr mashinalarida chetki effektning energetika ko’rsatkichlari yomonlashadi. Past energetik ko’rsatkichlar elektr mashinalarini oldinga va orqaga harakatini chegaralaydi.
a-v lardagi silindrsimon stator va rotorli odatiy mashinalardan segmentli stator mashinalar va chiziqli elektr mashinalari olinadi. Chiziqli mashinalar segment mashinalarning rotorini cheksizlikgacha kattalashishi vaqtida olinadi. Chiziqli mashinalarning generator rejimidan amaliyotda qo’llanilmaydi.
Mashina o’zgartirgichlar chiziqli mashinalar va segment statorli mashinalarning an’anaviy konstruksiyalari.
Elektr iste’molchilarlar (EI) orasida asosiy o’rinni avtomatik moslamalarning indikator mashinalari egallaydi. Bu alohida datchiklar, burchakli va chiziqli ko’chirishda raqamli axborotlarga o’zgartiriladi, vaqt moslamalari va boshqa harakatlanuvchi sistemaning elektromexanik moslamalari.
Elektr mashinalarining suv ostida, fazoda, yer ostida va oddiy sharoitlarda ishlovchi cheksiz konstruksiyalaridan foydalaniladi. Deyarli barcha induktiv elektr mashinalarida aylanma harakat mavjud, bunga sabab oddiy mashinaning aylanuvchi qismi rotor, stator esa harakatlanmaydigan qismi ekanligidir. Biroq mashinalarning rotorini oldinga-orqaga, tebranma, impulsli harakati va tatbiqi topildi. Mashinalar suyuq va gaz ko’rinishidagi rotorlar bilan qo’llanilmoqda.
Xulosa Agar o‘tkazgichni biror energiya is’temolchisi bilan tutashtirilsa, bunday zanjirda yo‘nalishi o‘tkazgichdagi E.YU.K yo‘nalishi bilan bir xil bulgan tok hosil bo‘ladi. Utkazgichdagi tok I… bilan kutblar magnit maydonining o‘zaro ta’siri natijasida yo‘nalishi chap kul koidasi bilan aniklanadigan elektromagnit kuch Fe hosil bo‘ladi. Bu kuchning yo‘nalishi o‘tkazgichni magnit maydonida xarakatlantiradigan kuchga karama- qarshi bo‘ladi. Agar bu kuchlar teng, ya’ni F1 = Fe bo‘lsa o‘tkazgich o‘zgarmas tezlik bilan xarakatlanadi. Demak, bunday eng sodda elektr mashinasida o‘tkazgichni xarakatlantirishga sarflangan mexanikaviy energiya tashki iste’molchi qarshiligiga beriladigan elektr energiyaga aylanadi, ya’ni mashina generator sifatida ishlaydi. Xuddi shu elektr mashinasi dvigatel sifatida ham ishlash mumkin. Utkazgichni biror tashki elektr manbaiga ulab, undan tok utkazsak, o‘tkazgichdagi tok bilan magnit maydonining o‘zaro ta’siri natijasida elektromagnit kuch Fe hosil bo‘ladi. Bu kuch ta’sirida o‘tkazgich mexanikaviy energiya iste’molchisi qarshiligini yengib, magnit maydonida xarakatlanadi. Shunday qilib, bu mashina xar qanday elektr mashinasi kabi ham generator, ham dvigatel sifatida ishlay oladi.
E.YU.K va elektromexanikaviy kuchni oshirish uchun elektr mashinalar ko‘p miqdordagi simlardan iborat bulgan chulg‘amlar bilan ta’minlanadi. Chulgam simlari o‘zaro shunday ulanadiki, ulardagi E.YU.K ning yo‘nalishi bir xil bulib, qiymatlari esa kushiladi. Elektr mashinalari asinxron va sinxron mashinalarga bulinadi.