§5.2. Uch fazali tok zanjirlarida aktiv va reaktiv quvvatni o‘lchash
5.1-masala. O‘zgaruvchan tok tarmog‘iga tok transformatori 100/2.5 A va kuchlanish transformatori 600/150 V orqali ampermetr, voltmetr va vattmetr ulanganda ular mos ravishda 100, 120 va 88 bo‘laklarni ko‘rsatdi. O‘lchash asboblarining o‘lchash chegarasi: ampermetrniki – 3A, voltmetrniki – 150 V, vattmetrniki esa – 2.5 A tok bo‘yicha va 150 V kuchlanish bo‘yicha. Barcha o‘lchash asboblarining aniqlik sinfi γ=0,5, bo‘linmalar soni esa 150. O‘lchash asboblarning aniqlik sinfini e’tiborga olib qarshilikning to‘la quvvati, umumiy qarshilik, quvvat koeffitsiyenti, eng katta absolyut va nisbiy xatoliklar topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |