O’ZGARMAS VA O’ZGARUVCHAN STABILIZATORLARI
Reja:
Stabilizator haqida umumiy tushuncha
Parametrli o‘zgarmas kuchlanish stabilizatori
Kompensatsion stabilizatorlar
Radio qurilmalar normal holatda ishlashi uchun manba talab qilingan aniqlikda yuklamani kuchlanish bilan ta’minlashi kerak. Manbalarning bu aniqlikdan chetga chiqishlari nostabillik holati deyiladi. Har bir radioqurilmalar uchun foiz hisobda manbalarga ruxsat berilgan nostabillik kattaligi belgilangan.
Masalan, radio uzatuvchi qurilmalarda va radiostansiya-larda manbalar uchun nostabillik 2 – 3 % gacha ruxsat etilgan.
Elektron mikroskoplarda nostabillik 0,005% gacha, o‘zgarmas tok kuchaytirgichlarida va juda aniqlik bilan ishlaydigan elektron o‘lchov asboblarida 0,0001% gacha.
Asbob qancha sezgir bo‘lsa, u shuncha aniq o‘lchaydi va uning manbayi shuncha stabil bo‘lishi lozim.
Manbalarning nostabillik holatda ishlashlari quyidagi chegaralarga bo‘linadi:
– past stabillik holatida ishlovchi manbalarda kuchlanishning o‘zgarishiga 5% gacha ruxsat beriladi;
– o‘rta stabil holatda ishlovchi manbalarda kuchlanishning o‘zgarishiga 1 – 5% gacha ruxsat beriladi;
– yuqori stabil holatda ishlovchi manbalarga 0,1 – 1% gacha ruxsat beriladi.
Manbaning stabil ishlashini buzuvchi omillar: muhit harorati, namlik, tarmoq chastotasi va boshqalar kiradi.
Ammo nostabillikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab – kirish kuchlanishining tebranishi va yuklamadagi tokning o‘zgarishidir.
Tarmoqdagi kuchlanish yoki yuklamadan oqadigan tok ish jarayonida sekin-asta o‘zgarmasdan birdaniga o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishni avtomatik ravishda talab qilingan kattalikda ushlab turishga yordam qiluvchi qurilma «stabilizator» deyiladi.
Tokning xiliga qarab ular o‘zgaruvchan tok stabilizatorlari va o‘zgarmas tok stabilizatorlariga bo‘linadi. Stabilizatorlar parametrik va kompensatsiyalangan stabilizatorlarga bo‘linadi.
Kompensatsiyalangan stabilizatorlar manfiy teskari bog‘lanishli yopiq zanjirli avtomatik sistemani tashkil etadi.
O‘zgarmas tok stabilizatorlari quyidagicha bo‘linadi: siljituvchi elementning xiliga qarab va siljituvchi elementning ish holatiga qarab (impulsli va chiziqli).
Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy parametrlari quyidagilar:
1. Kuchlanish stabilizatsiyasi:
bunda DUkir va DUchiq – stabilizatorlarning kirish va chiqish kuchlanishlarining o‘sishi;
Ukir va Uchiq – stabilizatorlarning kirish va chiqish kuchlanishlarining nominal qiymati.
Chiqish qarshiligi, kirish kuchlanishi o‘zgarmagan holda, yuklamadan oqayotgan tokning o‘zgarishi chiqishdagi kuchlanishiga ta’sirini ko‘rsatadi:
Foydali ish koeffitsiyenti, yuklamadigi quvvatning kirishdagi nominal quvvatga nisbatan:
4. Chiqish kuchlanishining nostabilligi, chiqish kuchlanishining belgilangan vaqtgacha yoki temperaturagacha o‘zgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |