KIRXGOFNING BIRINCHI QONUNI
Elektr zanjirning uchta va undan ortiq qismlari bir-biriga ulanadigan nuqtasi tugun deyiladi. Tugunga qarab yo’nalgan toklar yig’indisi undan chiqayotgan toklar yig’indisiga teng (Kirxgofning birinchi qonuni, III.5-rasm).
I1= I2+ I3+ I4
yoki toklar tenglamaning bir tomoniga o’tkazilsa,
I1 - I2 - I3 - I4=0
Umumiy ko’rinishda:
ya’ni tugundagi toklarning algebraik yig’indisi nolga teng. Tugun toklar tenglamasini yozish uchun tugunga qarab yo’nalgan toklar musbat, tugundan chiqayotgan toklar esa manfiy ishora bilan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |