O’zgаrmаs tоk mаshinаlаrining tuzilishi vа ishlаsh tаrzi


O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrini qo’zg’аtish usullаri



Download 3,04 Mb.
bet29/85
Sana06.12.2022
Hajmi3,04 Mb.
#879829
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Bog'liq
2-семестр. Маърузалар Microsoft Word

2.O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrini qo’zg’аtish usullаri.
O‘T mashinalari qo‘zg‘atilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi (2-rasm): mustaqil, ketma-ket, parallel, aralash qo‘zg‘atishli va doimiy magnitli.
O‘T mashinasining mustaqil qo‘zg‘atishli turida qo‘zg‘atish chulg‘amiga tashqi O‘T manbasidan tok berib asosiy maydon hosil qilinadi (2,a-rasm);
parallel qo‘zg‘atishlida (2,b-rasm) mashinaning asosiy magnit maydoni qutb o‘zagidagi qoldiq magnit oqimi ta’sirida, ya’ni o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish ho-disasi tufayli hosil bo‘ladi; ketma-ket qo‘zg‘atishli turida (2,c-rasm) mashinaning asosiy maydoni yuklama ulangandan keyingina hosil bo‘ladi, chunki qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor chulg‘amiga ketma-ket ulangan bo‘ladi; aralash qo‘zg‘atishli turida (2,d-rasm), salt ishlash rejimda mashinaning asosiy magnit maydonini parallel qo‘zg‘atishli chulg‘am hosil qiladi, yuklama bilan ishlaganda esa qo‘zg‘atish maydonini parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlarining natijaviy maydoni tufayli hosil bo‘ladi.

2-rasm. Har xil qo’zg’atishli o’garmas tok mashinalarining elektr sxemalari: а) mustaqil; b) parallel; c) ketma-ket; d) aralash; e) doimiy magnitli.
O‘T mikromashinalarining ko‘pchiligida mashinaning asosiy maydoni do-imiy magnit vositasida hosil qilinadi (2,e-rasm). Bu holda mashinaning qo‘zg‘atish chulg‘ami vazifasini doimiy magnit bajaradi.
3. E.YU.K vа mоmеntlаr tеnglаmаsi.
Odatda, O‘TM da cho‘tkalarni yakor aylanishiga teskari tomonga siljitiladi, bu holda MYK magnitsizlovchi ta’sir qilib, yakor aylanish chastotasini o‘zgartiradi.
O‘TM larining ish jarayoni: ishga tushirish, ish, mexanik, rostlash va tormozlash xarakteristikalaridan iborat bo‘ladi.
Ish jarayonining asosiy tenglamalari. O‘TM larining istalgan rejimdagi ishini momentlarining va elektr yurituvchi kuchlarining muvozanat tenglamalari belgilaydi.
O‘TM da asosiy maydon va yakor chulg‘amining tokli o‘tkazgichlari o‘zaro
ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan elektromagnit moment Mem yakorni aylanma harakatga keltiradi va shu sababli, uni aylantiruvi moment deyiladi. Uning kattaligi quyidagi ifodadan aniqlanadi:
M = N pФIa / (2a) = CMФIa , (1)
bu yerda: N, a − tegishlicha yakor chulg‘amining o‘tkazgichlari va parallel shoxobchalari sonlari; p – mashinaning juft qutblari soni; СM = p∙N/(2πa) - berilgan mashinaning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas kattalik; Ф– mashinaning natijaviy magnit oqimi.
O‘TM momentlarining muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
M = M0 + M2 ± MD, (2)
bunda MD = J∙dω/dt − dinamik moment. Bu momentning «musbat» ishorasi – rotor tezlanishda bo‘lganida va «manfiy» ishorasi esa rotor aylanishi sekinlashganda qabul qilinadi.
(2) tenglamadan: O‘TM ning istalgan rejimdagi ishida uning aylantiruvchi (Mem) va tormozlovchi (Mt) momentlari miqdor jihatdan o‘zaro teng va yo‘nalishi jihatdan qarama-qarshidir, degan xulosa kelib chiqadi.
Barqarorlashgan ish rejimda O‘TM n = const aylanish chastota bilan ishlaydi, demak, bu rejimda MD= 0, shuning uchun (2) ifoda quyidagicha yoziladi:
M = M0 + M2 (3)
O‘TMning yakori magnit maydonda aylanganida yakor chulg‘ami o‘tkazgichlarida, elektromagnit induksiya qonuniga muvofiq, EYK vujudga keladi. Uning qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Ea = CEФ∙n, (4)
bunda СЕ= p∙N / (60a) – berilgan mashina uchun o‘zgarmas bo‘lgan kattalik; n − yakorning aylanish chastotasi.
Bu EYK ning yo‘nalishi yakor chulg‘ami toki yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘ladi, demak, yakor zanjiri uchlariga berilgan kuchlanish U ga ham teskari yo‘nalgan bo‘ladi. Shu sababli O‘TM yakor chulg‘amining EYK (−Ea) − teskari EYK deyiladi.
O‘TM EYK larining muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
a) umumiy hol uchun: U = ea + iaRa + Ladia / dt; (5)
b) barqaror ish rejimi uchun: U = Ea + IaRa , (6)
bunda Ea va ia – yakor chulg‘ami EYK va toklarining oniy qiymatlari; Ra -yakor zanjirining to‘la qarshiligi; Ladia/dt=0; Ea−teskari EYK (−Ea) ni muvozanatlaydigan kuchlanishning tashkil etuvchisi; barqaror rejimda tok Ia ham miqdor jihatdan o‘zgarmasdir.
(6) dan yakor tokining qiymatini topamiz:
Ia= (U − Ea) / Ra . (7)
(7) tenglama O‘TM ishini xarakterlovchi nihoyatda muhim tenglama
hisoblanadi.

Nazorat savollari


1.O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrining tuzilishi aytib bering.
2.O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrining ishlаsh tаrzini tushuntiring
3.O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrini qo’zg’аtish usullаrini ayting.
4.O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrining E.YU.K tеnglаmаsini yozing.
5.O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrining mоmеntlаr tеnglаmаsini yozing


6-M а v z u


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish