Po’lat sirtida hosil bo’lgan yupqa oksid qatlami ham yaxshi izolyatsiya hisoblanadi. Po’lat o’zak plastinkalar valga kiygiziladi, paketlar shaybalar yordamida qisiladi. 4-б rasmda yakor o’zagini yig’ish protsessi berilgan. Yakor o’zagida ventilyatsiya kanallari sirtida o’q bo’yicha yo’nalgan pazlar bo’ladi. Po’lat o’zak pazlariga ko’ndalang kesim yuzasi doira yoki to’rtburchak shaklidagi izolyatsiyalangan mis simlardan tayyorlangan yakor chulg’ami joylashtiriladi. Katta va o’rta quvvatli mashinalarda pazlar ochiq, kichik quvvatli mashinalarda pazlar yarim yopiq bo’ladi. Yakor chulg’ami oldindan tayyorlangan chulg’am bo’laklaridan tuziladi (5-rasm, a).
Do'stlaringiz bilan baham: |