13
tashlash
yoki
yo’q
qilib
yuborish
kabi
harakatlarda
ifodalanadi.
Axborotlashtirish qoidalarini buzishning ijtimoiy xavfliligi axborot egasiga yirik
miqdorda moddiy zarar yetkazishdan iborat. Bundan tashqari axborotni to’plash,
yig’ish,
qayta ishlash, uzatish, undan foydalanish, shuningdek, noqonuniy
ravishda axborotga ega bo’lishda tartib buziladi.
Davlatning hokimiyat va
boshqaruv idoralari, shuningdek, yuridik yoki jismoniy shaxs axborot egasi
bo’lishlari mumkin. Axborotlashtirish qoidalarini buzish
natijasida mulk egasi
o’z axborotiga ega bo’lish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish
imkoniyatidan maxrum etiladi. Bundan axborotga egalik qilish, undan
foydalanish yoki uni tasarruf etish sohasida
amal qiladigan ijtimoiy
munosabatlar buziladi va qonunga muvofiq javobgarlik vujudga keladi. Davlat
idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining mahsuli sifatida axborot
moddiy yoki aqliy mulk ob’ekti bo’lishi mumkin. Axborot mulk ob’ekti sifatida
ayrim hujjat yoki hujjatlar to’plami shaklida bo’ladi, masalan: arxiv, fond,
ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va boshqalar. Bugungi kunda axborot o’z
xususiyatlariga ko’ra iqtisodiyotning asosiy elementlaridan biriga aylanib
bormoqda.
14
1.1.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar tushunchasi va turlari
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar
uchun javobgarlik Jinoyat
kodeksining uchinchi bo‘limida belgilangan bo‘lib, u o‘zgalar mulkini
talon-taroj qilish (X bob), o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan
bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar (XI bob), iqtisodiyot asoslariga qarshi
jinoyatlar (XII bob), xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar (XIII
bob)lardagi 164–192-moddalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53–55-moddalarida
bozor
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining
negizini
xilma-xil
shakllardagi
mulk
tashkil
etishi,
davlat
iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik
va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining
teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini
kafolatlashi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi,
undan foydalanishi
va uni tasarruf etishi, yer, yer osti boyliklari, suv,
o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar
umummilliy boylik ekanligi, ulardan oqilona
foydalanish zarurligi va
ular davlat muhofazasida ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagi belgilangan konstitutsiya norma talablarini ustuvorligini
ta’minlash maqsadida Jinoyat kodeksining uchinchi bo‘limi shu
munosabatlar bilan bog‘liq jinoiy qilmishlar uchun javobgarlikni o‘z
ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: