Yopiq peregonga turli alohida punktlardan bir-biriga qarab jo’natiladigan xo’jalik
poezdlari ham ruxsatnomada ko’rsatilgan joygacha, ya'ni ishlar rahbari ko’rsatmasiga asosan
qizil qo’l signali bilan signalist qo’riqlayotgan olib yuriluvchi to’xtash signaligacha borishlari
kerak. Ushbu poezdlarning to’xtash joylari orasidagi masofa 1 km dan kam bo’lmasligi lozim.
Xo’jalik poezdi (o’zi yurar maxsus harakat tarkibi) mashinisti ruxsatnomada ko’rsatilgan
joyda to’xtagandan so’ng, radio aloqa orqali qarama-qarshi xo’jalik poezdi mashinistiga va
orqasidan kelayotgan xo’jalik poezdi hamda o’zi yurar maxsus harakat tarkibi mashinistlariga
o’zining turgan joyi xaqida xabar beradi.
To’xtagandan so’ng xo’jalik poezdlari (o’zi yurar maxsus harakat tarkibi)ning peregon
bo’ylab keyingi harakati ishlar rahbarining ko’rsatmasi bo’yicha 20 km/soat dan ortiq
bo’lmagan tezlikda o’ta hushyorlik bilan amalga oshiriladi. Ishlar amalga oshiriladigan
joygacha o’zlarining keyinchalik harakatlari xaqida xo’jalik poezdlari (o’zi yurar harakat
tarkibi) mashinistlari bir-birlarini radio aloqa orqali xabarlaydilar.
220.
Ishlar avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonda amalga oshirilayotgan bo’lsa,
poezd dispetcheri bilan kelishuvga muvofiq xo’jalik poezdlarini ishlar bajarilayotgan joyga
peregonni yopilishini kutmasdan, avtoblokirovka signallari bo’yicha jo’natishga ruxsat etiladi.
Har bir poezdning mashinistiga peregonning ishlar rahbarining talabnomasida qayd
etilgan joyida to’xtash uchun ogohlantirish beriladi.
Bunday poezdlarni yopilishi lozim bo’lgan peregonga jo’natish uchun diagonali
bo’ylab qizil tasmali oq blankdagi ruxsatnoma (DU-64 shaklidagi blank) ishlar rahbari yoki u
vakolat bergan xodimga taqdim etiladi. Bu xodim poezd peregonning belgilangan joyida
to’xtab, poezd dispetcherining peregon yopilganligi to’g’risidagi buyrug’i olingandan so’ng
ruxsatnomani lokomotiv mashinistiga topshiradi.
Peregon yoki tegishli yo’l xo’jalik poezdlaridan ilgari jo’natilgan poezdlardan
bo’shatilganidan so’ng poezd dispetcherining buyrug’iga binoan ta'mirlash ishlarini bajarish
uchun yopiladi.
221.
Avtomatik blokirovka bilan jihozlanmagan yo’li qulay plan va profilga ega o’tish
vaqti uzoq bo’lgan peregonlarda poezd dispetcherining ko’rsatmasiga binoan xo’jalik
poezdlarini ishlar joyiga peregon yopilishini kutmasdan, ilgari jo’natilgan poezd ortidan,
ammo u jo’nagandan so’ng kamida 5 minut vaqt oralatib jo’natishga ruxsat etiladi.
Ruxsatnoma peregonni chegaralovchi stansiyalarga va ishlar rahbariga poezd dispetcherining
quyidagi shakldagi qayd etiluvchi buyrug’i bilan uzatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: