takrorlaydi. Bu holda suruvchi lokomotiv mashinistining "Tok qabul qilgichni
93. Xabarlovchi signal - lokomotiv (motorvagon poezdi) ning, o’zi yurar maxsus harakat
tarkibining bitta uzun hushtagi, teskari yo’l bo’ylab harakatlanganda - bitta uzun, qisqa va uzun
hushtagi quyidagi hollarda uzatiladi:
- poezdning stansiyalarga, yo’l postlariga, yo’lovchi to’xtash punktlariga, tezlik
kamaytirishlikni talab qiluvchi olib qo’yiluvchi yo’l signallariga, "S" signal belgisiga, yo’lning
egri joylariga, tonnellarga, temir yo’l o’tish joylariga, yo’ldan olinuvchi drezinalar, ta'mirlash
moslamalari, yo’l vagonchalariga va boshqa yo’ldan olinuvchi harakat birliklariga
yaqinlashganida:
- poezdning ogohlantirishda ko’rsatilgan ish joylaridan avvalgi kilometrdan boshlab olib
qo’yiluvchi signallar bor-yo’qligidan qat'iy nazar;
- signalchi uzatayotgan "Tok qabul qilgichni tushir" yo’l signali qabul qilinganda;
- yo’lda turgan odamlarga yaqinlashganda va DATK boshqaruvi raisi buyruqlarida
ko’rsatilgan boshqa hollarda.
Poezdning tuman, qor bo’roni va ko’rinishni susaytiruvchi boshqa noqulay sharoitlarda
harakatlanganida xabarlovchi signal bir necha marta takrorlanadi.
Poezd qabul qilinishi tufayli manyovrlarni poezd tuzuvchilar, signalchilar va strelka posti
navbatchilari xabarlovchi signal bo’yicha o’z uchastkalarida qabul qilinuvchi poezd harakati
xavfsizligi ta'minlanganligini tekshirish va unga ishonch hosil qilishi shart.
94. Hushyorlik signali lokomotiv (motorvagon poezd), maxsus o’zi yurar harakat
tarkibining bitta qisqa va bitta uzun hushtagi orqali uzatiladi va dam-badam takrorlanadi:
- qizil chiroqli, shartli-ruxsat etuvchi signalli o’tish svetoforiga yaqinlashganda va
keyinchalik blok-uchastka bo’ylab harakatlanganda;
- oq-oy chiroqli taklif etuvchi signalli kirish svetoforiga yaqinlashganda va poezdni
stansiyaga kirish signalining taqiqlovchi ko’rsatkichida yoki asosiy chiroqlarining o’chiq
holatida qabul qilinishining boshqa hollarida;
- poezdni teskari yo’l bo’ylab (bu yo’lda kirish signalining yo’qligida) qabul qilinishida.
Bu signal poezdning stansiya bo’g’izi bo’ylab harakatlanishi mobaynida ham berilishi kerak.
95. Poezdlarning ikki yo’lli uchastkalarining peregonlarida uchrashganida bitta uzun
hushtak orqali xabarlash signallari uzatiladi: birinchichsi - qarama-qarshi poezdga
yaqinlashganda, ikkinchisi - qarama-qarshi poezdning oxiriga yaqinlashganda.
96. Poezdning yaqinlashishi xaqida tovushli signallar quyidagilar tomonidan uzatiladi:
peregonda - temir yo’llar va sun'iy inshootlar ko’ruvchilari, o’tish joylari navbatchilari, yo’l
ishlari va kontakt tarmog’i bo’yicha ishlar rahbarlari, yo’ldan olinuvchi ta'mirlash moslamalari
va yo’l vagonchalarini kuzatuvchi ishchilar; stansiyada - signalchilar va kirish strelka post
navbatchilari. Toq yo’nalish poezdining yaqinlashishi xaqida xabar bitta, juft yo’nalish
poezdining esa ikkita uzun tovushli signal orqali uzatiladi.
Signalchilar va kirish strelka postlari navbatchilari poezd jo’natilish signalini eshitgach,
bitta uzun tovushli signal beradilar.
97. DATK boshqaruvi raisi belgilagan ro’yxat bo’yicha yirik shaharlar va aholi punktlari,
nazorat joylarda joylashgan stansiyalar va peregonlarda lokomotivlar (motorvagon poezdlar),
maxsus o’zi yurar harakat tarkibi tomonidan uzatiladigan tovushli signallar, lokomotivlarning
poezdlarda turtki tartibida harakatlanganda, odamlar yoki to’siqlarni bosib ketish xavfi
tug’ilganda hamda hushyorlik va xavf (trevoga) signallarini uzatish hollaridan tashqari
vaziyatlarda past tovushda uzatilishi kerak.
Ushbu stansiyalarda poezdlarning jo’natilishida, avtotormozlarni sinashda va depo
yo’llari bo’ylab harakatlanganda lokomotiv (motorvagon poezd), maxsus o’ziyurar harakat
tarkibi hushtagi orqali signallar uzatilmaydi. Bunday stansiyalarda yo’lovchilarni poezdlar
jo’nash xaqida ogohlantirish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o’rnatiladi.