Rasm 5.12
65. "Tormozlash boshi" (rasm 5.13, a) va "Tormozlash oxiri" (rasm 5.13, b) doimiy
signal belgilari lokomotiv mashinistiga harakatlanish mobaynida avtotormozlar ishini tekshirish
joylarini ko’rsatadi.
Bunday signal belgilarini joylashtirish tartibi komissiya tomonidan aniqlanadi va DATK
boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Rasm 5.13
66. "Tok qabul qilgichni tushir" signal ko’rsatkichlardan foydalangan holatda uning
oldidan nur qaytargichli "Diqqat! Tok ajratgich" doimiy signal belgisi o’rnatiladi (rasm 5.14,
a).
Nur qaytargichli "Tok qabul qilgichni ko’tar" doimiy signal belgisi harakat yo’nalishi
bo’ylab tok ajratgichdan so’ng o’rnatiladi (rasm 5.14, b).
Do'stlaringiz bilan baham: |