O’zdavtemiryo’lnazorat o’zbekiston respublikasi


POEZDLAR HARAKATI UCHUN TO’SIQ JOYLARNI VA



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/87
Sana20.09.2021
Hajmi1,97 Mb.
#180556
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
Bog'liq
ISI uz

 

POEZDLAR HARAKATI UCHUN TO’SIQ JOYLARNI VA 

ISHLAR OLIB BORILAYOTGAN JOYLARNI 

STANSIYALARDA TO’SISH 

 

39.  Poezdlar  harakati  uchun  stansiya  yo’llari  va  strelkali  o’tkazgichlardagi  har  qanday 

to’siq  poezd  (manyovr  tarkibi)  kutilayotgani  yoki  kutilmayotganidan  qat'iy  nazar  to’xtash 

signallari bilan to’silishi kerak.  

Stansiyaning  yo’llarida  ishlar  olib  borilayotgan  yoki  to’siq  joylarni  to’xtash  signallari 

bilan to’sganda, bu joyga yo’nalgan strelkali o’tkazgichlar shunday holatda o’rnatiladiki, ularga 

harakat  tarkibi  kira  olmasin  hamda  burilmaydigan  qilib  mix  qoziqlar  bilan  mahkamlanadi  yoki 

qulflanadi.  

To’siq yoki ishlar olib borilayotgan joyni to’sish uchun ko’chma qizil signal yo’l o’qiga 

o’rnatiladi (rasm 3.11, a).  

Agar biror sababga ko’ra strelkali o’tkazgichning ostryaklari to’siq bor joyga yoki ishlar 

olib  borilayotgan  joy  tarafiga  yo’naltirilgan  bo’lsa  va  bu  yo’lni  ajratishning  iloji  bo’lmasa,  u 

holda  bunday  joy  ikkala  tarafdan  ishlar  olib  boriladigan  yoki  to’siqli  joy  chegarasidan  50  m 

masofada o’rnatiluvchi ko’chma qizil signallar bilan to’siladi (rasm 3.11, b). Bu  holda strelkali 

o’tkazgichning ostryaklari to’siq yoki ishlar olib borilayotgan joydan 50 m dan yaqin masofada 

joylashgan  bo’lsa,  har  bir  strelkali  o’tkazgich  ostryaklari  o’rtasiga  ko’chma  qizil  signal 

o’rnatiladi (rasm 3.11, v).  



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Strelkali o’tkazgichda to’siq yoki ishlar olib boriladigan joy qizil ko’chma signallar bilan 

to’silganda  signallar  quyidagicha  o’rnatiladi:  krestovina  tarafidan  -  chegaraviy  ustuncha 

qarshisida  har  bir  qo’shilayotgan  yo’llarning  o’q  chizig’iga;  qarama-qarshi  tomondan  - 

ostryakdan 50 m masofada (rasm 3.12, a).  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Agar to’silishi kerak bo’lgan strelkali o’tkazgich yonida yana boshqa strelkali o’tkazgich 

joylashgan bo’lsa va uni to’siq bor strelkali o’tkazgichga harakat tarkibi chiqa olmaydigan qilib 

o’rnatish  mumkin  bo’lsa,  bunday  strelka  shu  holatda  qulflanadi  yoki  mixlanadi.  Bunday 

vaziyatda,  mazkur  izolyatsiyalovchi  strelkali  o’tkazgich  tarafdan  ko’chma  qizil  signal 

o’rnatilmaydi (rasm 3.12, b). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Strelkali  o’tkazgichni  ko’rsatilgan  yo’nalishga  o’rnatish  mumkin  bo’lmasa,  bunday 

vaziyatda to’siq  yoki ishlar olib borilayotgan joydan shu strelkali  o’tkazgich yo’nalishida 50 m 

masofaga ko’chma qizil signal o’rnatiladi (rasm 3.12, a).  

Agar  to’siq  yoki  ishlar  olib  borilayotgan  joylar  kirish  strelkali  o’tkazgichda  joylashgan 

bo’lsa,  peregon  tarafidan  bu  joy  yopiq  kirish  signali  bilan  to’siladi,  stansiya  tomonidan  esa 




chegaraviy  ustunchaning  qarshisida  har  bir  qo’shiluvchi  yo’lning  o’q  chizig’iga  ko’chma  qizil 

signallar o’rnatiladi (rasm 3.12, v).  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Agar  to’siq  yoki  ishlar  olib  borilayotgan  joy  kirish  strelkali  o’tkazgich  bilan  kirish 

signalining oraliqida bo’lsa, peregon tarafdan  yopiq kirish signali bilan, stansiya tarafidan esa  - 

kirish  strelkali  o’tkazgich  osryaklarining  o’rtasiga  ko’chma  qizil  signal  o’rnatib  to’siladi  (rasm 

3.12, g).  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Strelkali  post  navbatchisi,  strelkali  o’tkazgichda  to’siq  joyni  payqagan  bo’lsa,  zudlik 

bilan bitta ko’chma qizil signalni to’siq joyida (ta'mirlash ishlarini boshlashdan oldin) o’rnatishi 

va bu xaqda stansiya navbatchisiga xabar berishi kerak.  

 

40. Stansiyaning asosiy yo’llarida joylashgan tezlikni cheklash kerak bo’lgan joy, tezlikni 

cheklash ko’chma signallari hamda "Xavfli joy boshi" va "Xavfli joy oxiri" signal belgilari bilan 

3.13 va 3.14 rasmlarda ko’rsatilgan tartibda to’siladi.  

Agar  tezlikni  cheklash  kerak  bo’lgan  joy  stansiyaning  qolgan  boshqa  yo’llarida 

joylashgan  bo’lsa,  u  faqat  tezlikni  cheklovchi  ko’chma  signal  bilan  to’siladi.  Bu  signallarni 

o’rnatish tartibi 3.15 rasmda ko’rsatilgan.    

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 




Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish