O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 4,44 Mb.
bet4/191
Sana31.12.2021
Hajmi4,44 Mb.
#204725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
cbb0552b51750df771d8daf3745c1ae6993d12bf

Boshqaruv omillari:


  • menejment darajasi;

  • aksionerlar va menejerlar o‘zaro munosabatlari xarakteri.

Elektron tijoratning rivojlanishi umumjahon iqtisodining rivojlanishiga quyidagi sabablarga ko‘ra ta’sir ko‘rsatadi:

  • yagona axborot maydonini hosil qilish jarayonini jadallashtirish;

  • jahon bozorida barcha insonlarning amaldagi o‘zaro axborot almashinuvi mexanizmi yaratish;

  • markazlashmagan mahsulotlar, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi bozorlarni rivojlantirish;

  • elektron to‘lov tizimidan foydalanish orqali pul vositalari aylanuvini amalga oshirish;

  • olib-sotarlik hajmi kamayadi, ishlab chiqarish sohasiga sarmoyalarning kiritilishini kengaytirish;

  • yangi turdagi servis xizmatlarini yaratish;

  • mahsulot va xizmat bozorida ochiq raqobat uchun sharoit yaratish;

  • elektron tijorat bozorlarida yangi turdagi mahsulot va xizmat harakatlarini jonlantirish, xaridor uchun qulay shakldagi xizmat amalga oshirishdan iborat.

Internet global tarmog‘ining paydo bo‘lishi bilan elektron tijorat ham barcha turdagi firmalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Avvallari, elektron axborot almashinuvi bilan shug‘ullanish imkoniyati faqatgina yirik kompaniyalarda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib bu narsa oddiy holatga aylanib qoldi. Elektron tijorat nafaqat onlayn-tranzaksiyalarni, balki onlayn-marketing, hamkorlar va ta’minotchilar bilan onlayn-aloqada bo‘lish, elektron hujjat almashinuvi va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi.

Bu soha– biznes yuritishning eng zamonaviy usuli bo‘lib, firmalarga, ulgurji savdogarlarga qo‘shimcha buyurtmachilarni jalb qilish hisobiga daromadlarni oshirish, xarajatlarni qisqartirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularni yakuniy iste’molchiga yetkazish sur’atini tezlashtirish imk onini beradi.



    1. asrning so‘nggi o‘n yilligida “raqamli iqtisodiyot” degan tushuncha paydo bo‘ldi. Raqamli iqtisodiyot – bu, raqamli texnologiyalarga asoslangan bo‘lib odatda, uni internet-iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot, yangi iqtisodiyot yoki veb -iqtisodiyot deb ham atashadi.

Internet-iqtisodiyot o‘zining an’anaviy turidan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi: kommunikatsiya, bozor tuzilishi, narx va shu kabilar. Hayotimizga internetiqtisodiyotning kirib kelishi natijasida kompaniyalar o‘z mahsulotlarini nafaqat mahalliy yoki mamlakat ichidagi xaridorlarga, balki butun dunyo bo‘ylab taqdim qilishi mumkin bo‘lib qoldi. Bugungi kunda elektron iqtisodiyot faqatgina elektron savdo bilan cheklanib qolmay, balki hayotimizning barcha jabhalarini-

sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank ishi va boshqalarni ham o‘z ichiga qamrab olmoqda.

Elektron biznes yoki internet-biznes - bu, yangi paydo bo‘lgan biznes-model bo‘lib, unda biznesga oid ma’lumotlarni almashish hamda tijoratga oid tranzaksiyalar axborot tizimlari yordamida avtomatlashtiriladi. Bunda, ma’lumotlarni o‘tkazish hamda veb-servislarni taqdim qilish uchun internet-texnologiyalardan keng foydalaniladi. Ushbu atama ilk marta 1996-yilda IBM korporatsiyasining sobiq bosh direktori Lui Gerstner tomonidan ishlatilgan.

Sodda qilib aytganda, elektron biznes – bu, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositasida amalga oshiriladigan biznesdir. Elektron tijorat ham elektron biznesning bir bo‘lagi bo‘lib, unda tovar va xizmatlar kompaniyalar, iste’molchilar o‘rtasida ayirboshlanadi. Shuning uchun ham u elektron biznesning eng muhim, ajralmas qismi sanaladi. Elektron tijorat, odatda, o‘zida elektron biznes yuritishning savdo-sotiqqa oid sohasini aks ettiradi. Bundan tashqari, u biznes tranzaksiyalarining moliyalashtirish hamda to‘lovni amalga oshirish kabi bosqichlarini ham ifodalaydi.

Jadal o’zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar raqobatdoshligi, ko’p jihatdan, axborot tizimlarining qulayligi, aloqa va ma’lumot uzatish imkoniyatlariga asoslanayotgani hech kimga sir emas. Binobarin, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu masofani qisqartirish, vaqtni tejash hamda ish samaradorligini oshirishda ayni muddaodir. Xususan, bugungi kunda bank xizmatlari, elektron to’lovlarning yangi turlari hayotga tatbiq etilayapti, to’lov amaliyoti soddalashtirilayotir. Bularning barchasi, jumladan, axborot texnologiyalari taraqqiyotining hozirgi bosqichi sohaga oid huquqiy poydevorni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ko’rib chiqilayotganining boisi ham shunda.

Jahon hamjamiyatining ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo’lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o’sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi.

Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi yotadi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va

tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina sodir bo’ladi.

“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga oladi. O’z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo’linadi:


  • Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C);

  • Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B);

  • Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Misol; sifatida

– virtual auksion www.Ebay.com ni keltirish mumkin.
Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali iste’molchibilan ochiq munosabat o’rnatish, mahsulot va xizmatlar to’g’risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning alternativ yo’llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do’konlar ochish va yaratish imkoni beradi.

O’zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.

Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o’ynashi lozim; Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo’yilishiga yo’l qo’yilmaslik lozim;• Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo’llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin;• Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o’ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;• Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat chegaralariga bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi lozim.

Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish”

tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.


Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish