13. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:
Vrach nazorati fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha bioximiya, fakultativ terapiya, travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbiya, ShJT va gigienik fanlari bilan uzviy bog‘langan.
14. Mashgulot mazmuni
14.1. Nazariy kismi
Vrach pedagogik nazorat bu vrach va sportchilar murabiysi bilan birgalikda o‘tkazadigan izlanish (kuzatuv) bo‘lib, jismoniy yuklamalarni sportchi organizmiga ta'siri baholanadi, sportchilar funksional tayorligini tasavuri, sportchilarda jismoniy zo‘riqishdan keyngi noto‘liq tiklanish belgilari va toliqish yoki o‘ta charchashni aniqlanadi va o‘quv-shug‘ulanish jarayonini mukamalashtirishimiz imkonini beradi. ShPN sportdagi komleks nazoratni asosiy qismi bo‘ladi, o‘z ichiga pedagogik, tibbiy, psixologik izlanishlarni (tekshiruvlarni) oladi.
Vrach pedagogik nazoratni asaosiy vazifalari:
Jismoniy yuklamalarni shug‘ulanuvchini organizmiga ta'sirini o‘rganinish, sportchini funksional tayorligiga adekvat bo‘lishi uchun.
Jisoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchilarni sog‘lomlik xolati va shug‘ulanishni turli bosqichlarida shug‘ulanuvchi organizmni funksional tayorligini aniqlash.
O‘quv-shug‘ulanish jarayonida qo‘laniladigan shug‘ulanish vositalari va tizimlarni sportchilar tayorgarligiga mos kelishini baholash, shug‘ulanish jarayonini rejaalashtirish mukamalashtirish va uni individualashtirish aqsadida.
Og‘ir jismoniy yuklamalardan keyngi tiklanish jarayonini yaxshilashga qaratilgan pedagogik, tibbiy, psixologik vositalar va usularni baholab, tanlash.
O‘quv-shug‘ulanish mashg‘ulotlarini sharoitlarini baholash va tashkil etish.
Vrach pedagogik nazoratni tezkor, joriy, davriy tekshiruv shikilaridan tashkil topgan.
Tezkor tekshiruvda shug‘ulanish jaryonida mashqlar qilinayotgan vaqtida qoldirgan samara va erta tiklanish davrida shug‘ulanish samarasi baholanadi. ShPN tashkil etishda quydagi shakillardan foydalanamiz: a) bevosita shug‘ulanish mashg‘uloti davomida tekshiruvalr olib boriladi, ayrim mashqlardan yoki mashg‘ulotni qismlaridan so‘ng; b) mashg‘ulotlardan avval va 20-30daqiqadan so‘ng; v) Shug‘ulanish kuni ertalabki va kechki tekshiruvlar.
Joriy tekshiruvda tiklanish kechki davrida qoldirilgan shug‘ulanish samarasi baholanadi, mashg‘ulotdan bir kundan keyn. ShPN tashkil etishda quydagi shakillardan foydalanamiz: a) ertalab yig‘inlardan oldin yoki mashg‘ulotdan oldin; b) bir necha kun davomida ertalab va kechki paytda; v) ertalab mikrotsiklardan oldin.
Davriy tekshiruvda ma'lum davrdagi shug‘ulanish jarayonini kumulyativ samarasi aniqlanadi, o‘quv-shug‘ulanish jarayonini individualashtirishda va rejalashtirishda ahamiyati katta. Davriy tekshiruvlar xar 2-3oyda tashkil etilishi tavsiya qilinadi, sportchi bir kun dam olagndan so‘ng, ertalabki ovqatdan 2soat keyn.
Do'stlaringiz bilan baham: |