§ 1.4. Xalqaro myehnat taqsimoti va unga ta’sir etuvchi omillar
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati, ma’nosini kо‘rsatuvchi asosiy kо‘rsatkichlardan biri xalqaro myehnat taqsimotidir. Dunyoning barcha mamlakatlari u yoki bu jihatdan xalqaro myehnat taqsimotiga (XMT) qо‘shilgan. Uning chuqurlashuvi ilmiy-tyexnika inqilobining (ITI)ning ta’siri ostida bо‘lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kyelib chiqadi.
Xalqaro myehnat taqsimotida ishtirok etish davlatlarga qо‘shimcha iqtisodiy samara byerib, о‘z extiyojlarini eng kam harajatlar bilan tо‘liqroq qondirish imkonini byeradi.
Myehnat taqsimoti – bu tarixan byelgilangan ijtimoiy myehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan diffyeryenцiaцiyasi natijasida kyelib chiqadi.
Myehnat taqsimoti turli shakllarda namoyon bо‘ladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kursida xalqaro myehnat taqsimoti о‘rganiladi.
Xalqaro myehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining myehnat faoliyatini turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning koopyeraцiyalashuvida, о‘zaro hamkorligida namoyon bо‘ladi. Myehnat taqsimotini faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki, jahon miqyosida myehnatni birlashtirish yо‘li sifatida ham kо‘rish mumkin.
Xalqaro myehnat taqsimoti davlatlar о‘rtasida myehnatning ijtimoiy-xududiy taqsimotining darajasi hisoblanadi. U alohida bir davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi.
Jahon xо‘jaligini rivojlantirish uchun birinchi navbatda ishlab chiqarishda myehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda samaradorlikni kо‘tarish, shuningdyek ishlab chiqarishda harajatlarni kamaytirishga intilish zarur. Xalqaro myehnat taqsimotini rivojlanishi jarayonida asosiy narsa, bu shu jarayonning har bir ishtirokchisi о‘zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda qidirishi va topishidir.
Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro myehnat taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi – birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan, arzonroq bо‘lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kyechgan holda ichki harajatlarni kamaytirish imkonini byeradi.
Jahon xо‘jaligini tizim sifatida kо‘rib chiqqanda XMTni bu tizimni tashkil qilgan birlashtiruvchi asos dyeb kо‘rish mumkin.
Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarishi kо‘p holatlarda tashqi istye’molchilarga, ichki talab esa importga yо‘nalgan bо‘ladi dyeb taxmin qilinsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa ichki bozorning nisbatan tyez, lyekin ekstyensiv kyengayishi taxmin qilinmoqda.
Xullas, XX-XXI asrlar bо‘sag‘asida jahonda misli kо‘rilmagan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlar rо‘y byergan bо‘lib, ular albatta xalqaro myehnat taqsimotini rivojlanishiga о‘zining syezilarli ta’sirini kо‘rsatgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |