3.3.2.-rasm. Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
Ichki daromad effyekti — bu daromadning ichki istye’molchilardan.
Savdo sharti effyekti — bu daromadning xorijiy ishlab chiqaruvchilardan davlat byudjyeti foydasiga qayta taqsimlanishi.
Tarif kvotasi
Import boji ichki qarama-qarshilikka ega. YA’ni ishlab chiqaruvchilar bir tarafdan xalqaro raqobatdan qutilish maqsadida bundan manfaatdor bо‘sa, ikkinchi tomondan ish vaqtidan tashqari paytda istye’molchi sifatida import tarifiga qarshidirlar. Bu ziddiyat qisman tarif kvotasini joriy qilish orqali hal etiladi..
Tarif kvotasi — о‘zgaruvchan bojxona boji kо‘rinishi bо‘lib, boj stavkasi miqdori import qilinadigan tovar hajmiga bog‘liq bо‘ladi: ma’lum chyegaradagi importga pastroq miqdordagi boj, bu chyegaradan oshib kyetganda yuqoriroq boj о‘rnatiladi.
3.3.3.-rasm. Tarif kvotasi
F araz qilaylik, ichki talab (Dd), ichki taklif (Sd) va jahon taklifi (Sw) chiziqlar bilan ifodalangan. Savdo boshlanmasdan oldin tovar narxi 540 dollarga tyeng. Erkin savdo sharoitida tovar narxi 400 dollarga tushadi. Bu narxda mamlakat 5 birlik tovar ishlab chiqaradi va 40 birlik tovar istye’mol qiladi. Binobarin, 35 birlik tovar import qiladi. Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoyalash maqsadida dastlabki 5 birlik tovar importga 10 foizlik, undan ortig‘iga 20 foizlik import boji joriy qilinadi. Ilgari mamlakat syezilarli darajada kо‘proq tovar import qilganligi bois, tovarning ichki narxini 480 dollargacha kо‘taruvchi ikki qavatli tarif yuzaga kyeladi. Natijada ichki ishlab chiqarish 15 birlikka yetadi, istye’mol 30 taga, import 15 taga kamayadi. CHyegaraviy effyekt a ga tyeng bо‘ladi, tо‘g‘ridan tо‘g‘ri iqtisodiy zarar tarifdagi bо‘lgani kabi b+d ga tyeng bо‘ladi.
Daromad syegmyenti s bir nyecha syegmyentchalarga bо‘linadi. Dastlabki 5 birlik tovarga 10 foizlik, ya’ni 40 dollarga tyeng boj joriy qilingan, 200 doll. (s1=5x$40=$200) miqdoridagi foyda byudjyetga tushadi. Kyeyingi 10 birlik tovarga 80 dollarlik boj о‘rnatilgan, dyemak 800 dollar (s2+s3= 10x $80= $800) ham byudjyetga tushadi. s4 (s4= 5x $80- 5x $40= $200) syegmyent esa mahalliy kompaniyalarning kо‘zda tutilmagan foydasidir. YA’ni bu kompaniyalar tovarni 440 dollardan sotib olib 480 dollardan sotish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Agar eksportyorlar tovar narxini 480 dollarga oshirishsa, kо‘zda tutilmagan daromadga xorijliklar ega bо‘ladi.
Eksport tarifi
Eksport bojlari eksport tovarlari mamlakat chyegarasidan chiqib kyetayotganda olinadigan majburiy tо‘lovdir.
Faraz qilaylik, hukumat eksportni boj orqali chyeklamoqchi. Kichik mamlakat misolida tahlil qiladigan bо‘lsak, eksport bojini joriy qilinishi jahon narxiga ta’sir kо‘rsatmaydi. Binobarin savdo sharti о‘zgarmaydi. Tovar eksportining foydaliligi pasayadi va ishlab chiqaruvchilar tovarlarning bir qismini ichki bozorga qaytarishadi, natijada bu tovarning ichki narxi boj miqdorida Pw dan Pw+t ga tushadi. Jami talab chizig‘i eksport tarifi miqdorida pastga kо‘chadi Sd+w+t. Talabning yangi darajasida ichki taklif va jami talab muvozanatiga G da erishiladi, bu vaziyatda eksport tarifi yordamida ichki istye’mol Q1Q2 ga ortadi, ichki taklif Q5Q4 ga kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |