О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


§ 1.2. Jahon xо‘jaligini rivojlanish bosqichlari va tyendyenцiyalari



Download 2,2 Mb.
bet3/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

§ 1.2. Jahon xо‘jaligini rivojlanish bosqichlari va tyendyenцiyalari

Jahon xо‘jaligi о‘zining vujudga kyelishi va rivojlanishida uzoq va qiyin yо‘l bosib о‘tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kyelishini Rim impyeriyasi davri bilan bog‘lashadi (er.avv.gi II va eramizning I asrlari). Bunda ular Rim impyeriyasini о‘sha vaqtdagi butunjahon xо‘jalik tizimi dyeb baholaydilar. Boshqa olimlar jahon xо‘jaligini faoliyat kо‘rsata boshlagan davrni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, myetallar, shirinliklar va qullar bilan xalqaro savdoning tyez rivojlanishiga sabab bо‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xо‘jaligi chyeklangan bо‘lib, faqat savdogarlarning sarmoyalari ishlaydigan soha bо‘lgan edi xalos.


Zamonaviy jahon xо‘jaligi sanoat inqilobidan kyeyin, kapitalning monopol bosqichiga о‘tishi davomida vujudga kyeldi.
XXI asr bо‘sag‘asidagi jahon xо‘jaligi - о‘z miqyosiga kо‘ra globaldir; u tо‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro myehnat taqsimotining ob’yektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Ikkinchi jaxon urushidan kyeyingi о‘n yilliklarda jahon xо‘jaligini rivojlanish yetakchi tyendyenцiyalaridan biri, bu kо‘plab davlatlarning birin-kyetin yopiq milliy xо‘jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xо‘jalikka о‘tishidir. Aynan ana shu davrda AQSH olimlari “Ochiq savdo”, “Ochiq iqtisodiyot” dyegan tyezislar bilan chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida о‘z hukmronligini о‘tkazish bilan bog‘liq edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan AQSH hukumati tomonidan yangi iqtisodiy tartib qо‘llanmalari taklif etildi. Bunday “erkin savdo” va “ochiq iqtisodiyot” tyezislari hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi qaratilgan quroli, shuningdyek amyerika korporaцiyalarining tutib bо‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi.
Ammo urushdan kyeyingi yillarda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning о‘zgara borishi bilan bog‘liq holda “Ochiq iqtisodiyot” haqidagi tyezis amyerika ekspansionizmining manfaatlariga yо‘naltirilganlikni yо‘qota borib, jahon xо‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi ma’nosini ola boshladi.
Jahon iqtisodiyotda ochiq iqtisodiyotni shakllanishida davlat muhim rolь о‘ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag‘batlantirib, xorijiy firmalar bilan koopyeraцiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishiga yordamlashib, о‘ziga eksportga yо‘naltirilgan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish funkцiyasini oldi. CHyet eldan invyestiцiyalar, tyexnologiyalar, ishchi kuchi va axborot vositalarini oqib kyelishini yengillashtiruvchi mustaxkam huquqiy asos yaratildi.
Jahon iqtisodiyotida va XIMda “Erkin savdo” va “Ochiq iqtisodiyot” tushunchalarini farqlash lozim. “Erkin savdo” haqidagi konцyepцiya A.Smitning siyosiy iqtisodiyotidan boshlanib u va zamonaviy amyerika iqtisodchilarining kashfiyoti emas. “Ochiq iqtisodiyot” tushunchasi aslida ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning о‘zaro almashuvining erkin harakatini о‘z ichiga olgan tovarlar savdosi kо‘rinishida bо‘lib ,u “erkin savdo” tyezisidan kyengrok tushunchadir.
Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, о‘z-о‘zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan tashqari о‘z kuchiga suyanishning antipodi sifatida ham tushunish lozim. Ochiq iqtisodiyotning vujudga kyelishi - bu jahon rivojlanishining ob’yektiv tyendyenцiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish bu – jahon bozori standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir.
Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chyet el kapitali, tovarlari, tyexnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga tо‘g‘ri kyeladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.
Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:

  • ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi va koopyeraцiyalashuvining chuqurlashishi;

  • ryesurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash;

  • xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi;

  • jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi.

SHakllanib bо‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga о‘tish bir xil narsa emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va hamma narsa mumkin, chyegaralar ochiq dyegani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish myexanizmini shakllantirishda davlatning syezilarli aralashuvini talab qiladi. Hyech bir mamlakatda iqtisodiyotning mutlak (absolyut) ochiqligi yо‘q.
Ochiqlik miqdorining birinchi darajali indiqatoriga eksport va importning yalpi ichki mahsulotdagi (YAIM) ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinaцiyasi alohida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha byeradi. SHunday qilib, eksportning YAIMga munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi:

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish