8.3.
Neft emulsiyalarini parchalash uchun ishlatiladigan deemulgatorlar.
Neft emulsiyalarini hosil bo`lishini oldini olish va hosil bo`lgan neft emulsiyalarini parchalash
uchun deemulgatorlar – sirt faol moddalar ishlatiladi. Deemulgatorlarning vazifasi suv tomchilarining
yuzasidagi emulgatorlarni, ya„ni neft va qatlam suvi tarkibidagi tabiiy sirt faol moddalarni (asfalten,
naften, qatron (smola), parafin) siqib chiqarishdir.
Deemulgatorlarning samaradorligi deganda deemulgatorlarning sarfi, tayyorlangan neftning
sifati (uning tarkibidagi xlor tuzlarining, suvning va mexanik aralashmalarning qoldig`i), eng past
harorati va neftni tindirish vaqti nazarda tutiladi.
Deemulgatorlarning samaradorligi ma„lum bir konning suvsiz neftidan va qatlam suvidan
tayyorlangan, hamda bir xil muddatda tindirilgan emulsiya namunalarida sinaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |