O‘zbyek musiqasi tarixi (I kurs ijrochilik bo‘lim talabalari uchun) Ma’ruzalar matni Toshkent–2008 Taqrizchi: s f. n., professor R. Yu. Yunusov



Download 0,51 Mb.
bet22/22
Sana22.06.2021
Hajmi0,51 Mb.
#73469
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Ўзбек мусиқаси тарихи. маъруза матн

8-mavzu: Navoiy va musiqa
Musiqa va she’riyat azal-azaldan o‘zaro uyg‘unlikda rIVojlanib kelgan. Bunga g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning ijodiy faoliyati yorqin misol bo‘ladi. Chunki bu inson kabi nazm va navoni teran anglagan alloma ko‘zatilmaydi. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir.

Buyuk mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevral Hirotning Bog‘i Davlatxona atalmish joyida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Zamondoshlari uning haqida ko‘pincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin” – din diyonat nizomi degani bo‘lib, donishmand mansabdan ekanlariga beriladigan sifat, “Mir” – amir demakdir. Alisher bolaligidanoq o‘tkir zehnliligi, bilimga chanqoqligi, she’riyatga mehr qo‘yganlig0i bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turadi. U ko‘pdan ko‘p she’rlar, ruboiylar va har xil turdagi asarlar, g‘azallar va 4 devon yozgan, ya’ni “G‘aroyibus sig‘ar” (“Yoshlik ajoyibotlari”), “Navoibush shabob” (“Yigitlik noyobliklari”), “Badolul vosat” (“O‘rta yoshlik go‘zalliklari”) va “Favoldul kibor” (“Keksalik foydalari”). “Chor devon” nomi bilan mashhur 4 devonning umumiy nomi “Xazoyin – ul maoniy” (Ma’nolar xazinasi) shular jumlasidandir. Alisher Navoiy musiqiy bilimga ham ega bo‘lib, bu borada muayyan asarlar yaratgani ma’lum.

Navoiy kabi mutafakkir nazaridan musiqa aslo chetda bo‘lishi mumkin emas. Alisher Navoiy ijodini o‘rgano‘vchilarning ko‘pchiligi bu ulug‘ zotni she’riyatdan keyin musiqa va ilmi musiqiyda tengsiz bir siymo bo‘lgan deb ta’kidlaydilar. Ba’zi musiqashunoslar, jumladan Zaynulobidin Xusayniy ishora bilan ul zotning taxalluslari Navoiy (Navo - bulbulning gul (yori)ga navo chekishi) bo‘lishligi ham musiqaga yaqinliklaridan, deb yozadilar.

Alisher Navoiy musiqa ijodiyotiga bevosita aloqadorligini XX asr olimi Abdurauf Fitrat, Navoiyning musiqa ilmi, o‘z atrofiga musiqashunoslarni to‘plab g‘amxo‘rlik qilganliklarini Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sidan misollar keltirish bilan qayd etadi. Alisher Navoiyning o‘zi ham bastakor bo‘lgan degan fikrni ilgari suradi: “Musiqaning nazariy-amaliy yoqlaridan yaxshi bilar edi. Bobur Mirzo o‘zining mashhur asarida Navoiyning asarlarini sanar ekan “yana ilmi musiqada yaxshi nimalar bog‘labtur, yaxshi “peshravlari” bordur” deb, u zamonning istilohida ashula kuylarga “naqsh”, ashulasiz kuylarga “peshrav” der ekan. Navoiyning usta bir san’atkor bo‘lganini ko‘rsatadir”.

Ma’lumki, Alisher Navoiy musiqa nazariyasi va amaliyoti masalalariga bag‘ishlab maxsus asar yaratmagan. Uning “Mahbubul qulub” asaridagi sozanda va xonandalarga bag‘ishlangan qism bundan mustasnodir.

Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida musiqaning o‘ziga xos o‘rin egallaganligi ham nufuzdir. Alloma musiqa asoslarini bolaligidan alifbo saboqlari bilan birga o‘rgana boradi. Uning ustozi Xo‘ja Yusuf Burhon o‘z davrining yirik musiqashunosi va bastakori edi. Navoiy ustozining she’rlaridai namuna keltirar ekan “Isfahon” kuyining yaratilishi tarixiga alohida to‘xtalib o‘tadi.

Navoiy zamonida bastakorlar “Amal”, “Savt”, “Naqsh”, “qavl”, “Tarona” shakllarida kuylar yaratganlar. Ma’lumki, Navoiyning o‘zi ham durustgina bastakor bo‘lgan. U ba’zi maqom yo‘llariga moslab naqsh, peshrav shakllarida musiqa asarlari yaratgan. Bundan ma’lum buladiki, Navoiy musiqa amaliyotining eng nozik tomonlarini ham chuqur bilgan.

XVI-XVII asrlar bo‘sag‘asida yashab ijod qilgan taniqli olim Darvesh Ali Changiy o‘z risolasida o‘shbu davrdagi 24 ommabop usuldan 12 tasi Mirzo Ulug‘bek, 7 tasi Xusayn Boyqaro, qolganlari esa Alisher Navoiyga mansub ekanligiga guvohlik beradi. Alisher Navoiyning “Mezonul-avzon” (“Vaznlar o‘lchovi”) risolasi she’r o‘lchovlarini asoslab beruvchi mukammal asardir. Unda musiqa nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lgan qator holatlar mavjud. Yozma manbalardan ma’lumki, musiqa va she’riyatning nazariy asoslari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Aruz ilmi esa musikaning vazn-usul qoidalari asosida yuzaga kelgan. Jumladan, Navoiyning ko‘rsatishicha, she’r vaznlari sabab, vatad va fosila – deyilgan uch xil ruknlardan tuziladi. Musiqa risolalarida ham xuddi shunday.

Navoiyning “Mezonul-avzon” (“Vaznlar o‘lchovi”) asari musiqaning boshqa amaliy masalalarini o‘rganishda ham zo‘r manbadir. U vaznlarning turlari haqida gapirar ekan, oddiy xalq qo‘shiqlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi va ularga bog‘lanuvchi she’r matnlarini keltiradi. Ularning ba’zilari aruz vazniga mos kelmaydi. Navoiy “Tuyuq”, “qo‘shiq”, nikoh to‘ylarida aytiladigan “Changi”, “Arzuvoriy”, “Turkiy” kabi ashula va qo‘shiqlar ustida so‘z yuritadi. Ularning she’r matnini ham keltiradi. Bu shuning uchun ham muhimki, maqomlar jumlasiga kirmaydigan xalq kuy va qo‘shiqlari haqida ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan. Navoiyning mazkur asari bu haqda yagona manbadir.

Darhaqiqat, Navoiy ijodidan bahramand bo‘lgan har bir kishi bu ulug‘vor hikmat olamining musiqa tarixi, nazariyasi, estetikasi, shungingdek sozlar, kuy shakllari, ijrochilik va boshqa ko‘plab sohalarga oid qomus ekaniga ishonch hosil qiladi. Afsuski, bu meros musiqa ilmi nuqtai nazaridan hali yaxshi o‘rganilmagan. Navoiyshunoslik borasidagi musiqaviy tadqiqotlar boshlang‘ich darajadan nariga o‘ta olmayapti. Navoiy asarlarining o‘zbek va rus tillaridagi nashrlarida uchraydigan musiqaga oid sharhlardan qanoatlanish qiyin. Chunki bu izohlarning aksariyati Sharq xalqlarining ko‘p asrlik musiqa an’analari tajribasidan yiroqda. Musiqa ilmida ko‘p uchraydigan Barbad kimh, Barbad laxni nimah kabi savollarga Navoiy asarlarida ko‘p ta’rifu tavsiflar topish mumkin.

Navoiy asarlarida tasodifiy ishlatilgan so‘zlarni topish qiyin. “Borbad laxni” orqali shoir gap qadimiy, ya’ni Sosoniylar davriga oid musiqaviy an’analar haqida ekanini ta’kidlaydi. Agar mavzu o‘z zamoniga oid bo‘lsa, Navoiy bu o‘rinda, deylik “parda”, “doira” kabi so‘zlarni qo‘llashi mumkin. Bunday atamalar Navoiy davridagi musiqaning nazariy va amaliy masalalari bilan bog‘liq. To‘g‘ri maqom iborasi mumtoz kuylar ifodasi sifatida ishatilmagan. Ko‘rinib turibdiki, Navoiy davrida “Ilmu advor”, “Fani musiqiy”, musiqashunoslik tarmog‘i va ko‘lamini anglatadi. Ya’ni, “Sinoat-u musiqa” (“Ilm va san’at”) hali bir-biridan ajralmagan, mushtarak tushuncha bo‘lgan. Musiqa san’ati (fani) faqat keyinchalik amaliy va nazariy tarmoqlarga ajratiladi. Amaliy qismda ijrochilik kuy yaratishga oid masalalar aks ettiriladi. Nazariy qismda esa musiqaning kichik parchasi – tovushdan tortib, butun kuygacha ilmiy ta’rif beriladi.

“Ilmu advor” esa ana shu umumiy fanning yetakchi sohasi. Sharq an’anaviy musiqasining ikki asosiy mezoni – kuy (ohang) va ratm (vazn- usul) bo‘lgan. Ularning har biri murakkab tarkibga ega. Kuy – tovush, nag‘ma (past-balandligi chegaralangan tovush), bo‘‘d (nag‘malar oralig‘i), jins (kuy jumlasi, bo‘‘dlar birikmasi), ja’m (jinslar majmuasi)dan iborat. Ushshok, Hijoz, Rost, Busalik deganda ham ana shu unsurlar tushuniladi. Ritm esa naqr (vaqt o‘lchovining eng kichik birligi bu – “az – zamoni avval” deb ham atalgan), iqo’ – ritm, vaqt o‘lchovlarining munosabati “davr” ritmik tuzilmalarning umumiy nomi “usul” davrlarning muayyan turini o‘z ichiga oladi. Ramal, Hazaj Moxuriy, Saqil, Xafif – qadimiy usullar qatoriga kiradi. Shuning uchun ham musika asari kuy va usul nomi bilan qo‘shib aytilgan: Talqini Rost, Nasri Ushshoq va xokazo.

Mantiqan tugal kuy va usul tuzilmalari musiqa risolalarida aylana shaklida keltirilib, davr (ko‘pligi-avdor) yoki jins (ko‘pligi ajnos) deb yuritilgan. “Ilmu advor”, umuman, kuy va usullar haqidagi ilmdir.

Navoiy risolalarida musiqaga oid yuzlab so‘zlar ishlatilgan. Ular faqat musiqa ilmi doirasi bilan cheklanmaydi. “Navo”, “parda”, “tor” “nag‘ma”, “doira” atamalari yana ko‘p ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun iboralardagi musiqani anglatgan ifodani bo‘rttirib ham, susaytirib ham bo‘lmaydi. Ammo, musiqaga oid shunday atamalar borki, ular chuqur ilmiy asosda izohlanmasa, asar mazmunini tushunib yetish mushkul.

Sharq she’riyatida qadimdan davom etib kelayottan sozlar mavzusini olaylik. Navoiy asarlarida rud, shohrud, barbat, ud, chang, nay, tanbur, sagona, rubob, kubiz, karnay, egri daf, nag‘ora, kus, jalojil va boshqa sozlar tilga olinadi. Navoiy asarlarining izoxlari va lug‘atlari bu jihatdan birmuncha aniqliklarga muhtoj. Masalan: rud, barbat, ud so‘zlarini olaylik, rud va barbat Navoiy zamonida ishlatilgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘k. Navoiy asarlarida ular sosoniylar davriga mansub tarixiy sozlar sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’riflarga ko‘ra rud – dastasi kalta, torli cholg‘u, barbat – o‘rdaksiyna, kalta dastali soz. Keyinchalik ud deb nom olgan soz ham, umuman shunday shaklda bo‘lgan.

Rud, barbat, ud – butunlay boshqa-boshqa cholg‘umi yoki bir toifadagi sozlarmih Bu savolga aniqroq javob berish uchun mavjud arxeologik ilmiy va adabiy ma’lumotlarni atroflicha o‘rganish lozim. Ul sozi eramizning boshlarida O‘rta Osiyodan Xitoyga, keyinchalik esa Evropaga tarqatilganligi haqida aniq dalillar mavjud. Xitoyda – pipa, Evropada – lyutnya, Ispaniyada – gitara deb nomlanganligi ham ma’lum.

Bundan tashqari, hozirgi ko‘p sozlar o‘sha paytlarda boshqacharoq ko‘rinishda bo‘lgan. Masalan, chang o‘tmishda arfasimon shaklda yasalgan, torlari esa ipakdan ishlangan. Changni yana bir kichikroq, simli turi bo‘lib, hofiz ovozini jarangdor qilishda o‘ziga xos rezonator sifatida xizmat qilgan. Bizda hozir, tayoqchalar bilan urib chalinadigan chang ilgari santur deb atalgan. O‘sha paytlarda rubob atamasi ham boshqa ma’noda ishlatilgan. Navoiy davrida, hozirgidan farqli o‘laroq, kamon bilan chalinadigan (kubizni eslatuvchi) cholg‘u asbobi bo‘lgan. Arablarda bu soz hozir ham kamon bilan chalinadi. Sozlarning qiyosiy ahamiyati esa alohida e’tiborga sazovor. Sharq mumtoz musiqasining og‘zaki an’anaga mansub bo‘lganligini inobatga olganda cholg‘ularning roli yanada yaqqolroq seziladi.

Musiqa qonun-qoidalari, birinchi navbatda, ana shu sozlar vositasida ifodalangan va nazariya bilan amaliyotni bog‘lovchi omil deb tushunilgan. Shuning uchun o‘sha davrdagi nota yozuvlari (tabulaturalar) faqat cholg‘u sozlari asosida tuzilgan. XSh asrda yaratilgan yozuv udga, XIX asr “Xorazm tanbur chizig‘i” esa tanburga moslangan.

Bo‘ndan tashqari, cholg‘ular muayyan ijrochilik an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ko‘biz – turk dostonchiligi, ud – do‘nyoviy harakterdagi ustozona musiqa, nay va rubob – ko‘proq diniy tasavvuf kuylar ramzi bo‘lib kelgan. Shashmaqomda esa tanbur

etakchi soz bo‘lib gavdalanadi. “Shashmaqomning kaliti tanburda” iborasi bejiz aytilmagan. Sozlarni o‘rganishda ularning an’analarga bog‘liq tomonlarini inobatga olmasdan ilojimiz yuq. Sozlar ramzi, ko‘pincha, shu an’analardan kelib chiqadi. Cholg‘u asboblarining majoziy ma’nolari tavsifi, ayniksa, “Lison ut-tayr” asaridan keng o‘rin olgan. Bu murakkab mavzu alohida tadqiqotni talab kiladi.

Navoiy asarlaridan Xuroson va Movaraunnahr xalqlari musiqiy merosiga oid shakl va janrlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar topish mumkin. Tarona, g‘azal, qavl, naqsh, suvora, savt, kor, amal, peshrav, rexta, miyatayn, samo, navxa, changa, qo‘shiq, tuyuk va boshqa janrlar haqida ma’lumotlar o‘z davrining musiqa muhitini tushunishda muhim omildir.

Biroq Alisher Navoiyning adabiy-badiiy, ilmiy-adabiy merosini o‘rganar ekanmiz, ko‘z oldimizda ulug‘ shoir, buyuk alloma va ulkan musiqashunos siymosi gavdalanadi. Chunki uniig ilmiy-adabiy asarlarida musiqa nazariyasi va amaliyotiga oid turli masalalar keng tarqalgan, atroflicha yoritilgan, o‘n ikki maqom tizimi davrlari, cholg‘u asboblari tasnifi o‘z ta’rifini topgan. Alisher Navoiy Abu nasr Forobiy va Abu Ali Ibn Sino ilmiy-musiqiy qarashlarini rIVojlantirib, musiqiy ilmini o‘rganishni asosan ikki qismga bo‘ladi: ilmi ta’lif (musiqiy tovushlar – nag‘malarni o‘rganuvchi fan) hamda ilmu i’qo (musiqiy ritm – musiqiy vaznlarni o‘rganuvchi fan).

Alisher Navoiy tutgan oliy maqom, musiqadagi chuqur bilim u zotga buyuk musiqiy ustozlar va iste’dodli musiqiy talabalarning talpinishiga hamda shogird tushishiga sabab bo‘ldi. Ko‘pgina musiqiy risolalar mualliflari o‘z asarlarini Navoiyning kutubxonasida va Navoiy tomonidan ta’minlangan holda yozganliklarini ta’kidlaganlar. U ko‘p mashhur musiqachilarga yo‘l ko‘rsatuvchi ustoz, homiy, rahnamo edi. Bu jihatdan Mavlono Binoiy ham unga shogirddir.

Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqiy” asari ham Navoiyning iltimosi bilan buyuk olimning keksayib qolgan vaqtida yozilgan edi. Navoiy o‘zining “Xamsatul – mutaxayyirin” asarida bu risolaning yuzaga kelishi haqida eslatib o‘tadi.

Bu asarning oxirgi boblari ritm masalalaridan bahs etadi. Jomiyning bu asarida ham musiqa va she’riyatning ritmik asosi o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligi ta’kidlab o‘tiladi.

Navoiy va Jomiyning ko‘tarib chiqqan nazariy masalalari,

ularning o‘zlari tomonidan amaliyotda ham ko‘rsatilib, tasdiqlab berilgan edi. Natijada ular she’riyat bilan musiqaning aloqalarini nazariy jihatdan mustahkamlovchi butun bir maktab yaratib berdilar. Bu maktab Navoiy zamonidan boshlab, to bizning kungacha aruzda ijod etgan shoirlar, sozanda-xonanda va bastakorlar uchun muhim maktab bo‘ldi va ularning badiiy-estetik qobiliyatini tarbiyalashda hal etuvchi ahamiyat kasb etdi.
Adabiyotlar:

O‘zbekiston xalqlari tarixi I, T., 1992.

A.Navoiy. Tanlangan asarlar. 20 jildlik.

Z.M.Bobur. Boburnoma. T., 1960.

A.Fitrat. Uzbek klassik musiqasi va uning tarixi. T., 1993.

I.Rajabov. Maqomlar. T,, 2006.

Z.Oripov. Navoiy davri musiqa risolalari haqida // Musiqa ijodiyoti masalalari II, T., 2002.

O.Ibrohimov. Hazrat Navoiy va maqom // Musiqa ijodiyoti masalalari II, T., 2002.


1. A.V.Machinskiy. K voprosu o muzыkalnom stroye drevneyegipetskix instrumentov. Sb. krujka po izucheniyu Drevnego Vostoka pri Gos. Ermitaje, №2 L., 1935g., str. 11-25.

2. STit. po rabote B.L Riftina «Iz istorii kulturnыx svyazey Sredney Azii i Kitaya» // Problemы vostokovedeniya, 1960 g., № 5, s. 131.



3. A.Navoiy. Mahbub ul qulub, 29 b.





Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish