Safiuddin Urmaviyning musiqiy-nazariy merosi
Safiuddin Abdulmo‘min bin Yusuf bin Faxir al-Urmaviy al-Bag‘dodiy o‘rta asrlar musulmon sharqi xalqlarining buyuk musiqashunos olimi va bastakori edi. U Sharq musiqa ilmining, Forobiy va Ibn Sinodan keyingi eng yirik namoyondasi hisoblanadi. Safiuddin Abdulmo‘min Urmaviy buyuk Forobiy kabi musiqa ilmi va amaliyotida barobariga zabardast bo‘lgan. U 1216 yil Bag‘dod shahrida devon kotibi oilasida tavallud topdi. Uning otasi Abbosiy xalifa Mustasin Billoh saroyida xizmat qilib, asli Eronning Urmiya shahridan edi. Shu bois Safiuddin ham yoshligidan saroy muhitida tarbiya topib, o‘z davrining barcha bilim sohalari, ayniqsa musika va she’riyat sohasida yuqori bilimlarga ega bo‘ldi. Safiuddin Urmaviy 19 yoshligida mohir ijrochi, hofiz va mashhur bastakor bo‘lib tanilgan. Safiuddin Urmaviyning musiqiy iste’dodi, bilim va mahorati haqida o‘z davrida va keyingi zamonlarda ko‘plab rIVoyatlar paydo bo‘lgan. Safiuddin boshqa ilmlarda, xususan, aniq fanlar, she’riyat borasida ham katta shuhrat qozongan. Zamonasining yirik matematigi Nasriddin Tusiy asarlari Safiuddin ijodiga zo‘r ta’sir ko‘rsatgan va uning musiqaviy qarashlarida ratsionalistik g‘oyalarning yuksakka ko‘tarilishiga olib kelgan.
1258 yili Bag‘dodni mo‘g‘ullar egallagandan so‘ng, Urmaviy Xulaguxon saroyida saroy musiqachisi sifatida keyinchalik esa buyuk vazir Alouddin Atoulmulk al-Juvayniy, so‘ng uning ukasi
Shamsiddin Atoulmulk xonadonlarida xizmat qiladi. Uning «Kitobul-advor» («Musiqa va ritm doiralari kitobi»), «Risalatush-Sharafiya» («Sharafli risola») asarlari Shamsiddin Atoulmulkning o‘g‘li Sharafiddinga bag‘ishlab yozilgan. Bu ikki asar Urmaviyning musiqaga oid eng mashhur asarlaridir.
U o‘zidan oldin o‘tgan olimlar Forobiy, Ibn Sino meroslarini ijodiy o‘zlashtirib, musiqa ilmini yangi pog‘onaga ko‘targan.
«Kitabul advor» vazir al-Juvayniy buyurtmasi asosida yozilgan bo‘lib, uning eng qadimiy nusxasi 1236 yili ko‘chirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda Turkiyada saqlanmoqda. Yana bir nusxasi 1466 yil Hirotda Navoiy butortmasi asosida ko‘chirilgan; Ayni vaqtda u Toshkentda UzFAShI kutubxonasida inv. № 2795 raqami ostida saqlanmoqda. Asar qisqacha muqaddima va 15 fasldan iborat. Muqaddimada Urmaviy kitobning yozilish tarixi, uning maqsad va vazifalari haqida gapiradi.
1-fasl musiqiy tovushning vujudga kelishi, nag‘ma ta’rifi va uning pastu-baland sabablari masalalariga bag‘ishlangan.
«Kitobul-advor»dan keyin bitilgan deyarli barcha risolalar uning tuzilishi va mazmuniga asoslanadi.
Urmaviyning ilmu ta’lif borasidagi qarashlari Sharq musiqasida xozirgacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Bu ta’limotning xususiyati nimadah Agar Forobiy va Ibn Sino musiqaning parda tuzilish tizimini empirik asosda (ya’ni tajribaga tayanib) tuzgan bo‘lsalar, Urmaviy bu jihatdan mafkuriy g‘oyalarni oldinga suradi. U Forobiy va Ibn Sino tovushqatorlari asosida katta-kichikligi turlicha bo‘lgan pardalar yotsa, Urmaviy ularni bir xilda teng taqsimlashni joriy qiladi. Oldingi nazariyaga ko‘ra, jins pardalari turlicha bo‘lganligi sababli, ularning faqat mos keladiganlarigina o‘zaro ulash mumkin bo‘lgan. Safiuddin tizimida jins iitervallar yagona negizdan hosil bo‘lganligi uchun ularning barchasini bir-biriga qo‘shish imkoniyati tug‘iladi va shu tufayli jinslardan hosil bo‘ladigan ja’mlar doirasi nihoyatda kengayadi.
Safiuddin Urmaviy tovushqatorida, oldindan ma’lum bulgan I baqiya (nisbati 243/256) intervali asos qilib olinadi. Jinsning butun pardalari (mutlaq-sabboba va sabboba-binsir oralari) uning yordamida bo‘linadi. Har bir butun pardadan ikki baqiya va kichik qoldiq – fazla intervali xosil bo‘ladi.
Muxim tomoni shundaki, fazla mustaqil parda sifatida
qo‘llanilmaydi, balki boshqa intervallarning tarkibiga qo‘shilib, ularning moxiyatini o‘zgartiradi. Fazlaning ahamiyatini ma’lum darajada rus alifbosining yumshatish va ayirish belgilariga qiyos qilish mumkin. Bu belgilarning mustaqil fonetik ahamiyati bo‘lmasa ham, boshqa harflarga qo‘shilib, so‘z mazmunini tubdan o‘zgartiradi. Fazla yordamida butun va yarim pardalarning katta va kichik variantlari hosil bo‘ladi. Baqiyayi sig‘ar, Baqiyayi kubar, Mujannab, Taniniy 90 tsent 114 tsent 180 tsent 204 tsent kabi.
Shunday qilib, xilma-xil pardalarning o‘rniga, ularni teng bo‘lingan variantlari ishlatiladi. Ushbu intervallarning turli tartibda joylashuvidan Safiuddin Urmaviy to‘rt pog‘onalik jinslarning 7, besh pog‘onalik jinslarning 13 turini hosil qiladi.
Urmaviy birinchi bo‘lib, 17 pardali ud cholg‘usining tovushqatorini tartibga keltirdi. Yuqorida qayd qilinganidek, Safiuddin tizimida barcha jinslar o‘zaro ulanishi mumkin. Demak, nazariy jihatdan jamlarning soni 91-ta bo‘ladi (bu raqam to‘rt pog‘onali va besh pog‘onali jinslarning ko‘paytiruvidan kelib chiqadi 7x13 x 91). Lekin bulariing hammasi ham amalda ishlatiladigan jam’lar emas. Amalda ishlatiladiganlari esa o‘zining ohangdorligiga qarab turlarga bo‘linadi. Jam’lar mutanosibligi esa undagi sof intervallarning miqdoriga qarab belgilanadi. Agar jam’dagi sof intervallar (oktava, kvinta, kvarta) yig‘indisi bosqichlar soniga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa, bu toifa-maqomlar deb yuritiladi. Shu tariqa 91 jamning 12-tasi maqomlar kategoriyasiga kiradi. Musiqa ilmida jam’larning eng oliy navlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Maqom iborasi birinchi bo‘lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan. Sharq musiqasida keng tarqalgan «O‘n maqom tizimi» ham ana shundan boshlanadi. Olim quyidagi parda maqomlarni tasnif etgan: Ushshoq, Navo, Busalik, Rost, Iroq, Isfaxon, Zirafkand, Buzurg, Zangula, Rohaviy, Husayniy, Hijoz. Bularga qo‘shimcha 6-ta ovoza mavjud bo‘lgan: guvosht, gardaniya, salmak, navro‘z, moh, shahnoz (ovozalar yukoridagi maqom-advorning ma’lum bir bo‘lagidir). Keyinchalik atoqli tojik mutafakkiri Abdurahmon Jomiy (XV asr) 12 maqomni ustozona mumtoz musiqaning eng qadimiy yullari deb biladi.
Urmaviyning iqo’ ta’limoti o‘z davri musiqa amaliyotining ritmik tizimiga asoslanadi. U barcha usullarni 6 xil davrlarga ajratadi: saqili avval, saqilus-soniy, hafifus-soniy, ramal, xafifur-ramal, xazaj.
O‘n yetti pog‘onali tovushqator xususida zamonamiz musiqashunoslari orasida turli baxslar haligacha davom etib kelmoqda. Ayrimlar Sharq musiqasi, jumladan, o‘zbek musiqasining xususiyatlarini faqat shu o‘n etgi pog‘onali tovushqator aks ettirishi mumkin va uning nazariy asoslari ham shunga tayanib, ochib berilishi lozim deb tushunganlar.
Shunday qilib, Safiuddin Urmaviyning musiqaga bag‘ishlangan risolalari Sharq xalqlari, shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati, xususan maqomlar tarixida alohida boskichni tashkil etadi. Olimning xizmatlari yana shundan iboratki, u o‘zining o‘tmishdoshlari mulohazalariga tanqidiy qaradi, shu bilan birga Sharq musika nazariyasini yangiliklar bilan boyitdi, unga aniqliklar kiritdi hamda musiqa madaniyati taraqqiyotiga bebaho ulush ko‘shdi. Bu narsa, Urmaviydan keyinroq yashab ijod etgan ulkan qomuschi olim Mahmud Shsroziyning asarida ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |