O‘zbyek musiqasi tarixi (I kurs ijrochilik bo‘lim talabalari uchun) Ma’ruzalar matni Toshkent–2008 Taqrizchi: s f. n., professor R. Yu. Yunusov


Zaynulobidin al-Xusayniy va uning “qonun” asari



Download 0,51 Mb.
bet21/22
Sana22.06.2021
Hajmi0,51 Mb.
#73469
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Ўзбек мусиқаси тарихи. маъруза матн

Zaynulobidin al-Xusayniy va uning “qonun” asari
Mashhur bastakor Zaynulobidin bin Muhammad bin Mahmud al-Xusayniyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar juda kam saqlangan bo‘lib, uning Hirotda tug‘ilganligi keyinchalik Sulton Husayn saroyida va Samarqandda yashaganligi haqida Navoiy («Majolisun-nafois»), Xondamir («Xulosatul axvor») va Vosifiylar («Badoye-ul-vaqoye») ma’lumot berishadi. Xusayniy Navoyi asos solgan Ixlosiya madrasasida ta’lim olganligi va yuksak san’at soxibi ekanligi haqida Navoyining «Majolisun-nafois» asarida

ayrim ma’lumotlar keltiriladi. Umrining oxirlarida O‘rta Osiyo Shayboniylar hokimiyati qo‘liga o‘tgandan so‘ng Xusayniy Boburiylar bilan birga Afg‘onistonga ketadi. Va 1520 yillarda qandahor shahrida vafot etadi (tavalludi taxminan 1463 vafoti taxminan 1519).

Xusayliyning “qonun” asari Navoiy buyurtmasi asosida yozilgan bo‘lib, bu haqda muallifning o‘zi muqaddimada, Navoiyga bag‘ishlangan qasidada eslatib o‘tadi (asar fors-tojik tilida yozilgan).

Asar mukaddima va 21 ta bobdan iborat. Muallif asar 24 bobdan iborat ekanligi xaqida mukaddimada yozib o‘tgan. Ammo manbaning yagona Toshkent nusxasida asarning 21 bobigina saqlanib qolingan bo‘lib, oxirgi uch bobi yo‘qolgan bo‘lsa kerak.

Manbada nag‘ma, bo‘‘d, jam’, lahn kabi musiqiy tushunchalarga ta’rif berilgan.

Xusayniyning risolasi Urmaviyning “Kitabul-advor” va Sheroziyning “Durratud-toj” asarlariga asoslangan bo‘lib, aksariyat hollarda ularning mazmunini kayta bayon etadi. Asarda temuriylar davrida mashhur bo‘lgan 12 maqom tizimi kuyidagi tartibda keltirilgan: Ushshok, Navo, Busalik, Rost, Xusayniy, Hijoziy, Rohaviy, Zangula, Iroq, Isfaxon, Zirafkand, Buzrug.

Manbaning 16-bobi “Dar bayoni dutor” deb nomlanadi va dutor haqida ilk ma’lumotlar keltiriladi.

Xusayniyning “qonuni” Jomiyning risolasida keltirilgan masalalarni kengroq yoritadi hamda ba’zi yangi masalalar ustida to‘xtab o‘tadi. Intervallar va ularning o‘zaro nisbatlari, intervallarni bir-biriga qo‘shish, ayirish, taqsimlash, jam’larning to‘liq ro‘yxati, maqomlar masalalari shular jumlasidandir. Asar muallifning mustaqil izlanishlari va mulohazalarining mahsuli bo‘lib, Xusayniy musiqaning ilmiy va amaliy masalalarini chuqur egallagan yirik olim, bastakor va mohir sozanda bo‘lganini tasdiqlaydi.

“qonun” asari Jomiyning “Risolai musiqiy”si qatori XV asrda mashhur bo‘lgan maqomlarni o‘rganishda yagona manba bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar:

O‘zbekiston xalqlari tarixi. T., 1992.

B. Axmedov, R.Mu’minova, G.Pugachenkova. Amir Temur. T., 1999.

Kamoliddin Binoiyning “Risola dar musika” Tehron shamsiy-xijriy.

A.Navoiy. “Majolisun-nafois” T., 1966, 12-jild.

A.Navoiy. “Xamsat ul-mutahayyirin”. T., 2004.

Z.M.Bobur. “Boburnoma” T., 1960.

Hofiz Tanish al-Buxoriy. “Sharafnomai Isoqiy”, M., 1989.

8. Muhammad Solih. “Shayboniynoma”, T., 1963.

9. I.Rajabov. “O muzike Samarkanda” // Iz istorii iskusstva Velikogo goroda, T., 1972.

10. S.Agayeva. “Iz istorii muzikal’noy kul’turi Azerbaydjana” (A.Maragi) // Muzika narodov Azii i Afriki, vip. III, M., 1980.

11. I.Rajabov. Noyob musika manbai // Jurnal. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar, 1962, № 10.

12. I.Rajabov. Maqomlar. T., 2006.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish