O‘zbyek musiqasi tarixi (I kurs ijrochilik bo‘lim talabalari uchun) Ma’ruzalar matni Toshkent–2008 Taqrizchi: s f. n., professor R. Yu. Yunusov


Mavlono Jomiy va uning musiqiy-nazariy merosi



Download 0,51 Mb.
bet19/22
Sana22.06.2021
Hajmi0,51 Mb.
#73469
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Ўзбек мусиқаси тарихи. маъруза матн

Mavlono Jomiy va uning musiqiy-nazariy merosi
Temuriylar zamonida yashab ijod etgan yana bir yirik musiqashunos, olim va shoir Mavlono Nuriddin Abdurahmon bin Ahmad al-Jomiy (1414-1492) Nishopur yaqinidagi Jom qishlog‘ida dunyoga kelib, Hirot shahrida ta’lim oladi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi.

Uning ko‘p qirrali ijodiy faoliyati adabiyot, fan va san’at sohalarida barakali bo‘ldi. Alloma juda ko‘p ilmiy va adabiy harakterdagi kitob va risolalar muallifidir. Xususan, musiqa nazariyasi masalalariga bag‘ishlangan «Risolayi musiqiy» («Musiqa risolasi») ayniqsa maqomlarni o‘rganish borasida diqkatga sazovordir. Asar «Ilmi ta’lif», «Ilmi-iqo’» nomli ikki qismdan iborat. Asarning birinchi bo‘limida an’anaviy ravishda musiqaning kelib chiqishi, «musiqa» so‘zining mazmuni, san’atlarning burchi kabi muammolar yoritiladi. Jomiyning fikriga ko‘ra, musiqaning tarkibiy qismlarini o‘rganish «yanada go‘zal va nafis san’at» yaratish uchun kerakdir. Muallif o‘z fikrlarini o‘rtaga tashlar ekan, oldingi davrlar musiqa ilmi (Abu Nasr Forobiy) hamda o‘z zamondoshlari tajribasiga tayanadi.

Risolaning ikkinchi qismida o‘sha davr mutaxassislari orasida keng tarqalgan usullar batafsil yoritilgan. Risolada 20-dan ortiq usullar haqida ma’lumot bor. Jomiyning yangi usullar yaratishda «chegara yo‘qlig», «ixtiyor etgan kishi Yangi usul yarata olishi» haqidagi fikrlari ayniqsa qiziqarlidir. Ayni vaqtda Abdurahmon Jomiy zo‘r sozanda va bastakor ham bo‘lgan. Abdurauf Fitratning «O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi» asarida ta’kidlanganidek, Jomiy o‘z zamonasida mashhur bo‘lgan «Naqshi Mullo» nomli asari muallifidir.

Yuqorida qayd etilganidek, Abdurahmon Jomiyning «Risolayi musiqiy» asari Navoiyning iltimosi bilan buyuk olimning keksayib qolgan chog‘larida yozilgan edi. Navoiy o‘zining «Hamsatul-mutaxayyirin» asarida bu risolaning yuzaga kelishi haqida eslatib o‘tadi.

Navoiyning yozishicha, ustod Qulmuhammad Udiy yoshligidan musiqaga havas qo‘ygan va ajoyib kuylar yaratgan edi. Keyinchalik u juda mashhur san’atkor bo‘lib yetishadi. Buyuk Navoiy shoir va san’atkorlar homiysi sifatida unga musiqa nazariyasidan ham ma’lumot berishni lozim topadi va bir necha olimlarga musiqa risolasi yozishni tavsiya etadi. Mavjud risolalar juda murakkab bo‘lib, ommabop emas edi. Shuning uchun musiqa nazariyachilaridan mavlono Alishoh, («Aslul-vasl» nomli asar muallifi), Amir Murtoz, Xo‘ja Shahobiddin, Abdulla Marvarid kabilar musiqaga doir risolalar yozadilar. Navoiyga bularning hech biri ma’qul bo‘lmaydi. Oqibatda Navoiyning iltimosi bilan Abdurahmon Jomiyning «Risolaiy musikiy» asari yuzaga keladi.

Ye’tirof etish kerakki, allomaning bu asari o‘sha zamonda yaratilgan va bizgacha yetib kelmagan boshqa musiqa risolalari mazmunini ko‘rsatib beruvchi asar namunasi bo‘lib ham xizmat qiladi.




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish