Hujumchilarni
himoyalashning
(straxovka)
indivividual
taktikasi.
Bu quyidagi vazifalarni hal etishdan vujudga keladi:
1.
Guruhli va jamoaviy o‘zaro harakatlar doirasida himoyalash
(straxovka) uchun raqibning hujum qilish joyini aniqlash va o‘yinchining
dastlabki turish holatiga chiqishi.
2.
To‘pning eng ehtimoliy sakrash yo‘nalishini oldindan topa bilish.
Bunda raqibning to‘siq qo‘yish xususiyatlari, hujumchi xususiyatlari va
aniq zarbaning xarakterini hisobga olish zarurdir. Ushbu vazifaning
ishonchli hal etilishi himoyalovchiga (straxovka) “o‘z to‘pini”
aniqlashga va uni o‘ynash zonasiga o‘z vaqtiga siljishga yordam beradi.
3.
To‘pga tomon harakatlanishning samarali usulini tanlash.
4.
To‘pni bog‘lovchiga yoki birdaniga zarba uchun hujumchiga
yetkazish zaruriyati ta’minlashni hisobga olgan holda to‘pni
qaytarishning eng samarali usulini tanlash.
333
Do'stlaringiz bilan baham: |