Joylashishda xatoga yo‘l qo‘yish:
To‘p kiritilayotgan vaqtda biror o‘yinchi noto‘g‘ri joylashgan bo‘lsa,
joylashish xato deb topiladi. To‘p kiritayotgan o‘yinchining xatosi
joylashish xatosidan ustun turadi. To‘pni o‘yinga kiritgandan so‘ng to‘p
xatolikka uchrasa (to‘rga tegib qarshi maydonga o‘tmasa, maydon
chegarasidan chiqib ketsa), bu holda joylashish xatosi hisobga olinadi.
Joylashish xatosi quyidagi oqibatlarga olib keladi:
Jamoa to‘p kiritishdan mahrum bo‘ladi.
O‘yinchilar o‘zlarining to‘g‘ri joylashishini tiklaydilar.
Joy almashish.
To‘p kiritish tartibi va o‘yinchilarning to‘g‘ri joylashishi bilan
belgilanadigan hamda nazorat qilinadigan joy almashish tartibi
Do'stlaringiz bilan baham: |