Himoyachilarning tayyor holatda turishi. Har qanday himoya harakatlari asosiy turish holatida yoki turish holatidan kelib chiqib bajariladi, ushbu holatlarda bu himoyachining start holati hisoblanadi (20-rasm).
Tayyorlik holatida turish himoyalanuvchi o‘yinchining vazifalari bilan belgilovchi xususiyatlarga ega. Avvalo, himoyachi o‘z vaqtida to‘p ostiga o‘tish uchun tez start olishi lozim. Harakatlanishlar haqidagi tegishli bo‘limda shunday xulosaga kelgan edikki, buni yaxshisi bukilgan oyoqlarda pastroq va keng turish holatida bajargan ma’qul, bunda birinchi qadamdagi gorizontal tashkil etuvchi kuch ancha yuqori bo‘ladi. Yengil atletikada ham shunday qonuniyat mavjud: masofa qanchalik qisqa va harakatlanish tezligi yuqori bo‘lsa, yuguruvchilar shunchalik past start holatini egallaydilar.
Harakatni tez boshlashning shartlaridan yana biri: tovonlar dastlabki holatga chizig‘ bo‘ylab joylashgan bo‘lishi lozim. Bunda perpendikulyar (ko‘ndalang) yo‘nalishda tez harakatlanish g‘oyat qiyin bo‘ladi. Shunga qaramasdan, juda ko‘pchilik holatlarda himoyachida faqatgina uchta oldinga, o‘ngga va chap yo‘nalishlarga burilish imkoni bo‘ladi. Agar dastlabki holatda himoyachining tovonlari frontal tekislikda joylashgan bo‘lsa, unda old tomonga start qiyinlashadi, saggital (bir oyoq oldinda, boshqasi orqada) holatida esa, tomonlarga harakat boshlash uchun, avvalo old tomonga muvozanatni yo‘qotish, keyin to‘p tomonga qadam tashlashni bajarish kerak.
Harakatni boshlashda muvozanatni yo‘qotish holati himoyachini o‘z joyida ancha ushlab qoladi. To‘pni qabul qilishdagi qiyinchiliklarga bog‘liq holda, frontal turish holatidagi himoyachilarning old tomonga yiqilishlari yuqori bo‘ladi. Asosiy turish holatidagi ko‘pchilik himoyachilar ichki sezgi asosida tananing umumiy og‘irlik markazi
proyeksiyasini tayanchning oldingi chegarasiga siljitadilar, biroq bu ham harakatni tez boshlash uchun yetarli bo‘lmaydi.
Buning yechimi juda oddiy. Agar start harakatlarining mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari uchtagina bo‘lsa, bunda himoyachining old tomonga muvozanatni yo‘qotish bevosita bo‘ladi (biroq oldinga harakatlanish bilan emas), bu tananing umumiy og‘irlik markazini muvozanatdan chiqarishning uzoq davom etuvchi bosqichini “bartaraf” etadi, “zarbadan qabulgacha” vaqt oralig‘ini qisqartiradi. Shu tarzda, himoyachining o‘z joyida ancha ushlanib qolishi – harakatlanish tomoniga muvozanatni yo‘qotish zarba berishga qadar bajariladi. Oldinga haddan tashqari ko‘p egilishdan va qadam tashlab qo‘yishdan saqlanish zarur, bu yon tomonlarga harakatlanishni qiyinlashtiradi yoki cheklab qo‘yadi.
To‘p ostiga o‘z vaqtida chiqishni uzil-kesil ta’minlashga hujum yo‘nalishini oldindan ko‘ra bilish asosida harakatlanishni ertaroq (hujumchi to‘pga zarba bergungacha) boshlash yordam beradi. Oldindan ko‘ra bilish o‘yin vaziyati tahlili natijalari va hujumchining zarba harakatlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunda muvaffaqiyatni o‘yinchining individual taktikasi belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |