Himoya texnikasi Zamonaviy voleybolda himoyada o‘ynash tasnifi
Bugungi kunda voleybol o‘yinchilarining himoya harakatlari o‘yinning shunday elementi hisoblanadiki, ayniqsa, bu sohada orqada qolish sezilarli bo‘lib, hujum himoyadan ustunlik qiladi. Buni isbotlash va muammoni hal etishdagi birinchi qadam sifatida o‘yin qoidalaridagi o‘zgarishlarni ko‘rsatish mumkin. Ularga ko‘ra, jamoaning o‘yinini kuchaytirish uchun keyingi qatorda libero voleybolchilar paydo bo‘lishdi.
Ta’kidlash joizki, libero deyarli butun o‘yin davomida maydonchada bo‘ladi va jamoaning himoya tarkiblarini kuchaytiradi, bu bilan bir vaqtning o‘zida, maydonda samarali himoyalanishni bilmaydigan bir yoki ikkita kuchli hujumchiga faqat hujum zonasida o‘ynash imkoniyatini yaratib beradi. Bu jamoaning hujum salohiyatini oshiradi. Shu tarzda, xulosa qilish mumkinki, hujumkorlikning himoyalanishdan ustun qo‘yilishi muammosini bunday usul bilan to‘liq hal etib bo‘lmaydi. Hujumning himoyadan ustunligi quyidagi vaziyatlar bilan yuzaga chiqqan. Himoyada o‘ynashda texnik-taktik vazifalarni samarali hal
etishning asosiy shartlaridan muhumligi mohiyatiga ko‘ra qaralganda, himoyachilar tomonidan to‘liq darajada faqat bittasi – hujumchining zarbasini qaytarish uchun joy tanlashda foydalaniladi. Himoyachilarning bir qismi qo‘llarning bo‘shashuvchi harakati bilan to‘pning uchish tezligini biroz “aniq” zarbasidagina uning yetib borishini ta’minlaydi.
Odatda, hujumning ehtimoliy yo‘nalishini hisoblab va to‘p bilan uchrashish joyiga oldindan joylashgan holda, himoyachi zarbadan oldin turish holatiga o‘tadi, qo‘llarni hujumni qaytarish uchun tayyorlaydi va “siqilgan” holatda turadi. Hujumchining zarbasi qanchalik kuchli bo‘lsa, himoyachi ham shunchalik tayyorlanadi; kuchsizroq hujum zarbasi bajarilgan hollarida yengil harakatlar bilan “tashlanadi”, himoyalanuvchi o‘yinchi ham ba’zida uchib borayotgan to‘p ostida ayrim siljishlarga qodir bo‘ladi.
Zarba oldidan himoyachilarning “sakrashlari” kuchli zarbadan so‘ng uchayotgan to‘p ostidan harakatlanishlarini mutlaqo to‘sib qo‘yadi. Bu to‘p yo‘nalishini hujumchining harakatlariga aniq baho berish bilan birgalikda himoyadagi o‘yinni qandaydir lotoreyaga aylantirib qo‘yadi. Himoyada faqat joy tanlash hisobidan himoyachilarni muvaffaqiyati o‘ynash usuli asosan aksariyat hujumlarni himoyachi egallagan joyga urulishi yoki urulmasligiga bo‘g‘liq. Agarda to‘p zarbadan keyin yon tomondan uchib o‘tib ketsa, barqaror va “siqilgan” holda turgan himoyachi, faqat unga qo‘lini cho‘zishga ulguradi, zarba bo‘lgan joyga ko‘krak bilan buriladi, bu bilan himoyachi platformaning mo‘ljal olishi ham o‘zgaradi. Bunday variantda to‘pning o‘zaro harakati platformaga salgina tegib, tashqariga uchib ketadi. Ushbu aytilgan xatolik mamlakat terma jamoalari o‘yinchilariga ham taalluqlidir.
Himoyada o‘ynash kamchiliklariga, shuningdek, himoyachilar qo‘llayotgan turish holatining ma’qul emasligi va qaytaruvchi platformaning joylashuvidagi mo‘ljalini o‘zgartirmasdan samarali va tez siljita olmaslik kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Negadir keyingi vaqtlarda bukchayib turish va tirsakdan bukilgan qo‘llarni pastda tutish ko‘paymoqda. Bunday turish holatida qaytarish uchun qo‘lning har qanday to‘g‘ri holati to‘p bilan platformaning o‘zaro to‘qnashuv zarbasiga qo‘shilib ketadi, bu kuchli zarbalarni qabul qilish aniqligini sezilarli darajada pasaytiradi.
Himoyachi platformani o‘zgartira olmaslik, avvalo, erkaklar jamoalarida uchraydi, biroq ayollar jamoalaridagi himoyachilarda ham tezlik bilan uchib kelayotgan to‘pni qabul qilishda anchagina muammolar mavjud. Ular himoyachi platformani tashkil etuvchi
qo‘llarni, kuchli zarbalar vaqtida faqatgina “tizzadan tizzagacha” silkitishlari va bunda ularga tomon ancha ishonch bilan qabul qilishlari mumkin.
Erkak himoyachilar tomonidan unchalik murakkab bo‘lmagan to‘plarni olish uchun ham, oldinga yiqilib ko‘krak bilan sirpanishdan keng foydalanish holatlari ham vaziyatni chuqurlashtiradi. Bunday qabul qilish usulida, amalda himoyachi platformani “yuqotadi”, chunki himoyachi to‘pga faqat qo‘li bilan intiladi, uni tayanch maydoni tashqarisiga chiqaradi. To‘p kichik maydon – barmoqlarning tashqari tomoni bilangina qaytariladi, bu ikki qo‘llab to‘pni qabul qilingandagidan ko‘ra uning yetkazilishi aniqligini pasaytiradi. Shu tarzda, himoyada o‘ynashning eng samarasiz usuli qo‘llanilgan bo‘ladi.
Erkaklar jamoasi a’zolari yiqilishning bunday turini qolgan barcha usullar jumladan: tizzada sirpanish bilan to‘pni qabul qilish, yonboshga yiqilib, umbaloq oshib qabul qilishdan ustun qo‘yishadi. Voleybolchilarning kamchiligi tizzani himoyalovchi vositadan foydalanadilar, usiz esa tizzada sirpanishni bajarish imkonsiz va yonboshga harakatsiz yiqilish qiyin bo‘ladi, ko‘krak bilan yiqilishni esa tizzalarni himoyalovchi vositalarisiz ham bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |