O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Hujum harakatlarining taktik maqsadga muvofiqligini ta’minlashda hujumchi harakatlarining tuzilish xususiyatlari



Download 3,65 Mb.
bet55/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Hujum harakatlarining taktik maqsadga muvofiqligini ta’minlashda hujumchi harakatlarining tuzilish xususiyatlari


Hujumchilarning harakatli vazifalarini samarali hal etishning sharoitlari to‘pning zarbasi, o‘zaro ta’siridan keyingi uchish tezligi mezoni bo‘yicha aniqlanadi. Aynan shunday optimal mezon tanlanishi o‘zini oqlagan, chunki to‘pning zarbadan keyingi uchish tezligi ko‘pincha ochko yutib olish uchun hal qiluvchi bo‘ladi. Bu nafaqat kuch ishlatish, balki zarbaning boshqa turlariga ham taalluqli: qo‘lni to‘xtatib olish va to‘pni uzatish kabilarni har bir malakali voleybolchi qo‘llaydi. Shuning uchun harakatlarning maqsadga muvofiqligini ta’minlash vazifasini hal etishda harakatlar samaradorligi sharoitlarini ro‘yobga chiqarish ham katta ahamiyatga ega. Faqat aldovchi va o‘ta aniq zarbalar bundan mustasnodir, ularda aniqlikni oshirish va siljish trayektoriyasini murakkablashtirish uchun to‘pning zarbadan keyingi uchish tezligi pasaytiriladi.


Qo‘lni to‘xtatib olgan holdagi hujum zarbalari odatda ikki holatda: to‘rga yaqin joylashgan to‘pga zarba berishda va ba’zida o‘yinchining to‘pni “qo‘vib o‘tishi” (to‘p hujumchining boshidan ancha orqada qolganida) holatlarida qo‘llaniladi. Bunda hujumchi o‘yinchi bir oyoqda yoki ikki oyoqda siltanib sakrashi hech qanday ahamiyatga ega emas. Ba’zi hollarda zarbaning bunday turi sof taktik tushunchalardan kelib chiqib qo‘llaniladi. Harakatlar tuzilishi, barcha dinamik mexanizmlar xuddi kuch bilan zarba berishdagi kabi, faqat birgina farqi bor – qo‘l zarbadan so‘ng to‘xtaydi. Uning to‘xtashiga barmoqlarning faol zarba harakatlari ham yordam beradi, qo‘l to‘pdan uzoqqa suriladi.
O‘tkazishli hujum zarbalari – voleybolchilarning texnik-taktikaviy zahirasidagi o‘ta muhim o‘yin usullaridan hisoblanadi. To‘pni uzatishda (ya’ni, hujumchining yugurish chizig‘idan o‘ngga yoki chapga o‘tkazuvchi zarbalar) barmoq bilan, butun qo‘l bilan gavdani burmasdan, gavdani burish bilan o‘tkazishlar farqlanadi. Ular yordamida hujumchilar nafaqat to‘siqni chetga olishlari, balki uni maydonchaning himoyalanmagan qismiga yo‘naltirishlari mumkin.
O‘tkazishli zarbalar effekti nafaqat to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘yinchining san’atkorligi, balki zarbadan keyin to‘pning uchish tezligi mezoni bo‘yicha aniqlangan harakatli vazifalarni samarali hal etish sharoitlarining maksimal mumkin bo‘lgan sonini amalga oshirish bilan ham aniqlanadi. Gavda burulmasdan qo‘l bilan zarbalar, va ayniqsa, panja bilan zarbalar hujumchi harakatlari samaradorligi shartlarining bir qismi amalga oshmasligiga olib keladi, raqibga o‘yin vaziyatini aniqlash imkonini bermaydi. Bunday sharoitlarda to‘pning yuqori uchish tezligini ta’minlash uchun o‘yinchi, yuqorida sanab o‘tilgan, qolgan barcha samaradorlik shartlarini to‘liq darajada ro‘yobga chiqarishi zarur. O‘yinchining mahorati shunday belgilanadi.
Standart vaziyatlarda esa (raqibni taktik yutish vazifasidan boshqa) gavda va qo‘l faol harakatlarisiz, hujumchi to‘pga maksimal mumkin bo‘lgan tezlikni bera olmaydi. Bu hujumkorlikni pasaytiradi, raqib to‘siqchilari va himoyachilarining vazifasini osonlashtiradi.
O‘yinda aniq zarbalar ancha tez-tez qo‘llaniladi. Ular kuch zarbalaridan hujumchining asosiy vazifasi, to‘pni maydonchaning himoyalanmagan qismiga aniq yo‘naltirish ekanligi bilan farq qiladi. Aniqlik zarba kuchining pasayishi hisobi bilan ta’minlanadi. Aniq zarbalarning turlicha ko‘rinishlariga to‘pning zaruriy sakrashi uchun to‘siqqa zarba, chalg‘ituvchi zarbalar va kuchli aylanishli zarbalarni ko‘rsatish mumkin. To‘pning aldovchi va siylovchi zarbalari, istisno tariqasida, tik trayektoriya bo‘yicha, raqib maydonchasining bo‘sh qismiga yo‘naltiriladi. Bu holatda to‘pning uchish tezligi yuqori bo‘la olmaydi. Bunda muvaffaqiyat, ko‘p jihatdan, kutilmaganlik omili bilan belgilanadi, bunga oxirgi daqiqagacha zarbaning haqiqiy yo‘nalishi va usuli yashirin ekanligi yordam beradi. Bunga to‘p kuchsiz zarba bilan yo‘naltirilishi, aylanma harakat berilishi (to‘p to‘siqqa tegishi uchun) yoki barmoqlar egilgan holda, bir qo‘l bilan to‘pni yuqoridan uzatish, pastdan yuqoriga to‘siq orqasidagi bo‘sh zonaga, shu kabi yuqoridan pastga to‘siqlar va hujumchilar yonidan uzatishlar kiradi.
To‘siqqa hujum zarbalari to‘pning sakrab chekkaga chiqib ketishi yoki uchish yo‘lini keskin o‘zgartirishi hisobidan ochko yutish uchun qo‘llaniladi, bunday to‘p himoyachilarga qiyinchilik tug‘diradi. To‘siqning chekkalariga (yuqori, chap yoki o‘ng), shuningdek, to‘pning kerakli sakrash burchagiga ega bo‘lish zarbalaridan foydalaniladi. Tezkor o‘yinchilar to‘siq qo‘yilishidan oldinroq zarba berishlari mumkin, bunda, to‘siq qo‘yuvchilar qo‘llarini hujum qiluvchilar tomonga yo‘naltirishga ulgurmagan holatda, to‘p to‘siq qo‘yuvchi
o‘yinchilar va to‘r oralig‘iga yo‘naltiriladi. Ushbu holatda ular to‘siq bilan to‘pni o‘z maydonchalariga yo‘naltiradi va yutqazadi. Shuningdek, zich qo‘yilmagan to‘siq oralig‘ida zarbalar ham samarali bo‘ladi, himoyachilar to‘siq qo‘yuvchilarning bunday xatoliklarini hisobga olmagan bo‘ladilar. Tajribali o‘yinchilar, ba’zida, to‘siqning yuqori chekkasiga to‘p zarbasi berib, sakragan to‘pning himoyachilar tomonidan nazorat qilinishi hisobidan, qulayroq sharoitda takror hujum bilan to‘pni “yutib oladilar”.
Umumiy holatda esa, to‘pning uchish tezligi mezonlari bo‘yicha vazifalarni samarali hal etish vaifalaridan birortasining bajarilmasligi harakatlarning maqsadga muvofiqligi bilan qoplanishi zarur. Asosiy o‘yin mezoni (ochko yutish) nuqtai nazaridan, harakatlar tuzilmasining maqsadga muvofiq o‘zgartirilishi, agarda bu zarbadan so‘ng to‘pning uchish tezligi mezoni bo‘yicha samaradorlik shartlariga zarar yetkazgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa ham, foydali bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, agar bu ochko, o‘yin vaziyati, o‘yin, match g‘alabasiga olib kelsa, o‘yinchi harakatlarining samaradorligini ongli ravishda faoliyatlarining maqsadga muvofiqligini ta’minlaydi.



Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish