O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet53/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Hujum texnikasi




Hujum qilish zarbalari. Voleybol o‘yinida o‘yinchilarning hujum qiluvchi zarbalari muhim o‘rin egallaydi. Ularni qo‘llash samaradorligi zamonaviy voleybolda jamoa o‘yini muvaffaqiyatini belgilaydi.
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul hisoblanadi. Bu harakatlar to‘rning yuqori qismidan balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi juda pastdir.
Hujum zarbalari yo‘nalishiga ko‘ra quyidagicha farqlanadi: to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha (bunda zarba berilgan to‘p yo‘nalishi hujumchining yugurib kelish yo‘nalishiga mos tushadi) va yo‘nalishni o‘zgartirib (bunda zarba berilgan to‘p yo‘nalishi hujumning yugurib kelish yo‘nalishiga mos tushmaydi). To‘pning uchish tezligiga qarab hujum zarbalari quyidagicha farqlanadi: zarba beruvchi qo‘lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish bilan kuchli (tezkor), kaftli (tezlanishli) va aldamchi (sekin). Hujum zarbasini to‘g‘ri (to‘rga to‘g‘ri turgan holda) va yon tomon bilan (to‘rga nisbatan) bajarish mumkin.
To‘g‘ri hujum zarbasi berish 4 fazada bajariladi: yugurib kelish; sakrash; to‘pga zarba berish; qo‘nish (13-rasm). O‘z navbatida, bu fazalar ham bir qancha mikrofazalarga bo‘linadi. Yugurib kelish fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq sakrashga erishish va to‘pning uchish tezligi, yo‘nalishini to‘g‘ri aniqlash.


  1. rasm.

Sakrash fazasida hujumchi tovondan oyoq uchiga tomon katta qadam tashlab harakat qiladi, oxirgi qadamda oyoqlar juftlanadi, qo‘llar orqa tomonga harakatlantiriladi. Oyoqlar tizza qismida, gavda esa tos-son bo‘g‘imida bukiladi. Keyin esa qo‘llar oldinga-yuqoriga silkitiladi, oyoqlar tayanchdan uziladi, gavda oldinga biroz egilib, vertikal holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qo‘lning kafti bosh orqasiga o‘tib ketmasligiga va tirsak yelkadan biroz yuqorida bo‘lishiga e’tibor berish lozim.


Zarba berish fazasida – o‘ng (yoki chap) qo‘l tirsak bo‘g‘imida to‘g‘rilanib, yuqoriga-oldinga cho‘ziladi. Zarba qorin, ko‘krak, qo‘l mushaklarining ketma-ket va keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda zarba beruvchi qo‘l kafti to‘pning orqa-yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi taktik vazifani hal qilish bilan belgilanadi. Boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning o‘z vaqtida berilganligiga va yo‘nalishiga e’tibor qaratish zarur. Qo‘nishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda tayanch-harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o‘yin harakatlarini bajarishga qulay sharoit yaratiladi.
Harakatli vazifalarni samarali hal etishning asosiy sharoitlarini aniqlash uchun, voleybolda hujum qiluvchi zarbalarni bajarishda, avvalo yugurib kelib to‘g‘ridan hujum zarbasi berilishini o‘rganamiz. Optimallik mezoni sifatida to‘pning birgalikda urilishidan keyingi uchish tezligini olamiz. Aynan to‘pning yuqoriroqqa ko‘tarilishi va zarba kuchi ko‘p jihatdan hujumning muvaffaqiyatini belgilaydi. Ushbu holatda
samaradorlik sharoitlarini aniqlash, zarbalarni bajarishda hujumchini uch asosiy vazifalarini hal etishning ratsional yo‘llarini izlashdan iborat bo‘lishi lozim:

  1. Tananing zarba beruvchi qismlariga mumkin qadar ko‘p miqdorda kinetik energiya ajralib chiqadi.

  2. Mumkin qadar ko‘p miqdordagi kinetik energiya zarba beruvchidan to‘pga uzatilishini ta’minlash.

  3. Zarba berish vaqtida o‘zaro hamkorlikdagi gavdalarga mumkin qadar ko‘p miqdorda kinetik energiya jamlash.

Birinchi vazifa – tananing uchuvchi qismlariga mumkin qadar ko‘p miqdorda kinetik energiya berilishini aniqlab olish.
Rivojlantirilayotgan konsepsiyaga muvofiq odamning tayanch- harakat apparati energiyani jamlashga qobiliyatli bo‘lgan yuqori chiziqli avtotebranishli tizim sifatida talqin etiladi. Tirik mavjudotlar tebranuvchi xarakterdagi harakatdan foydalanadilar. Bu nafaqat davriy takrorlanuvchi, balki nodavriy tebranishlarga ham xos, ular murakkablashtirilgan yoki uzilishli davriylikda amalga oshiriladi (siltanish – zarba, kuchanish – itarib yuborish va b.).
Shu nuqtai nazardan, tananing qismlari, fizik mayatnik tizimi kabi ifodalanadi. Uruvchining kinetik energiyasi, oddiy holatda bir bo‘g‘inli fizik mayatnik kabi bo‘ladi, miqdoriy jihatdan burchak tezligi kvadratiga inersiyaning yarmiga teng bo‘ladi:
(2)
Bunda zarba beruvchining kinetik energiyasi kattaligi (Evr) uning inersiya momentiga (J) va burchak tezligi kvadratiga proporsionaldir. Shu tarzda uruvchi energiyasini oshirish vazifasi uning eng katta tezlikda tezlanish olishi va inersiya momentining ko‘payishiga teng bo‘lib chiqadi. Aylanayotgan jismning inersiya momenti quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
J=Ʃmi•gi2 (3)
Mayatnikning inersiya momentini ikki yo‘l bilan oshirish mumkin:

  1. Zarba beruvchining massasini oshirish.

  2. Uning aylanish radiusini oshirish.

Boshqacha aytganda, zarba beruvchi og‘irroq va uzunroq bo‘lishi lozim. Ta’kidlash joizki, zarba beruvchining massasini uning aylanish o‘qiga nisbatan kamaytirish, o‘zgarmas radiusga massani oshirishdan ko‘ra foydali, ya’ni ikkinchi yo‘l birinchisidan ko‘ra, inersiya momenti kattaligining radius uzunligiga bog‘liqligining kvadratliligi sababli
foydalidir. Masalan, harakatning o‘zgarmas burchak tezligida zarba beruvchi radiusni 2 marta oshirish, uning inersiya momentining 4 marta oshishiga olib keladi, ya’ni (3) formula bo‘yicha kvadratlanadi. Qayd etilgan xususiyatlardan, voleybolchi hujum qiluvchi zarbasini harakat tuzilishini tashkil etishda foydalanishi mumkin, buning uchun quyidagilar zarur:

  1. Siltanishdan keyingi zarba berish jarayonida to‘g‘rilangan qo‘l bilan, yelka ko‘tarilgan holatda zarba berish zarur.

  2. Voleybolchini zarba beruvchi mayatnigining aylanish o‘qini mumkin qadar pastga tushirish lozim (bu zarba beruvchining aylanish radiusi va massasini ko‘paytiradi), agar zarba harakatida, egilish hisobidan, gavda ham qatnashsa, hujumchi, xuddi yig‘ma pichoq kabi “yig‘ilsa” yuz beradi va uning to‘g‘ri o‘qi atrofida aylanma harakatlar bo‘lganda amalga oshadi.

Biroq bu zarba beruvchining burchak harakat tezligining pasayishiga olib kelmasligi kerak, bu uning energiyasi kamayishiga olib keladi. Shunday bo‘ladiki, o‘yinchi gavda bilan zarba berishga berilib ketib, yelka qismida qo‘llar harakatini unutib qo‘yadi.
Endi zarba beruvchining burchak tezligini oshirish (ω) imkoniyatlarini qarab chiqamiz. Bu zarba beruvchining inersiya momentini oshirishdan ko‘ra foydaliroq, ya’ni energiyani ifodalovchi burchak tezligi (g) kvadratga kiradi. Masalan, mayatnikning doimiy tezligida inersiya momentining 2 marta oshirilishi zarba beruvchining energiyasi ham 2 marta o‘sishiga olib keladi, mayatnikning tezligini dastlabki tezlikdan 2 marta oshirilganda esa, uning energiyasi 4 marta oshadi.
Mayatnikka tezlik berish uchun uning tezlanishi (A) bo‘yicha ishlarni bajarish lozim. Amalga oshiriluvchi ishlar miqdori bir bo‘g‘inli zarba beruvchi mayatnikni tezlashtirishda quyidagicha ifodalanadi:
A=φ •Mz (4)
bunda φ – zarba beruvchining burchak joylashuvlari kattaligi yoki tezlanishdagi burilish burchagi (boshqacha aytganda, zarba beruvchining tezlanish yo‘li), Mz – jismga (mayatnikka) kuchning aylanma ta’siri o‘lchovi sifatidagi kuch momenti, modul kuchi (F)ning uning yelkasiga

  1. ta’siri bilan aniqlanadi. Bunda ish miqdori (A) tezlanish jarayonida zarba beruvchining beriluvchi energiya kattaligiga (Evr) ekvivalent (teng) bo‘ladi.

Keltirilgan ifodadan kelib chiqadiki, mayatnik – zarba beruvchini tezlashtirish bo‘yicha ishlar miqdorini ko‘paytirishni (demak, uning
energiyasini ham oshirish) ikki usulda amalga oshirish mumkin (doimo kuch qo‘yilgan yelkada):

    1. zarba beruvchining tezlanish yo‘li burilish burchagini (φ) oshirish;

    2. zarba beruvchiga ta’sir etuvchi kuchni oshirish. Zarba beruvchining burchak harakatlari (φ) yo‘lining oshib borishiga quyidagilar yordam beradi;

    3. keng (katta amplitudali) quloch yozish;

    4. hujum zarbasini bajarish uchun aniq joy va vaqtida to‘p tagidan chiqish (xatoliklar istisnosi: “to‘pning qochib ketishi” va hujumchining o‘z vaqtida chiqa olmasligi);

    5. oldinda hujumchi turganda, maksimal mumkin bo‘lgan balandlikdan ozgina pastroqda to‘p bilan ishlash imkonni beruvchi baland sakrash. To‘rga yaqin joyda, zarba nuqtasini ko‘chirish hisobidan, hujum qiluvchi o‘yinchida, bir xildagi hujum burchagida, to‘rning yuqorigi arqonlari orqali to‘pni qayta yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ladi (13-rasm).




    1. rasm

Biroq, to‘pni eng yuqori nuqtada ishlash, bunga hujumchi sakrash holatida yetishi mumkinligidan, zarba beruvchining tezlanish yo‘lini cheksiz oshirib borish mumkin emas. Zarbaning real sharoitlarida, hujum qiluvchi o‘yinchining barcha tana a’zolarining tezlanish yo‘li unchalik bo‘lmaganda, uning yuqori tezligiga erishish uchun ta’sir kuchini


oshirish zarur. Endi muskullarning yuqori kuch xarakteristikasiga qo‘yiladigan talablar kelib chiqadi. Umumiy ko‘rinishda mushakning kuch xarakteristikasi kiritilayotgan energiyaning maydon kattaligi va zichligi, shuningdek, kuch qo‘yilishi yelkasini ko‘paytirish maqsadida uning mos o‘zgarishlari imkoniyati bilan aniqlanadi. Quyidagi sabablarga ko‘ra, A holatdagiga qaraganda, B holatda to‘p bilan ishlash qulayroqdir:

  • zarba beruvchining tezlanish yo‘li A-B masofaga oshadi;

  • bir xil hujum burchagida, to‘rning yuqori qismida, ancha katta balandlikdan to‘pni to‘r ustidan maydonchaga yo‘naltirish mumkin;

  • hujumchida to‘siqni yaxshiroq ko‘rish imkoni paydo bo‘ladi, chunki to‘p oldinda bo‘ladi, shu sababli, A holatdagi kabi boshni yuqoriga ko‘tarish kerak emas.

Hujum qilish zarbasini bajarishda, ushbu vazifa, kamida, uch yo‘nalishda hal etilishi mumkin:

  1. harakatlarda yelka muskullari kuchidan foydalanish, ularning harakat birliklarini parallel birlashtirish katta fiziologik quvvatga olib keladi. Bunday birlashtirish usulida muskullardagi dinamik samara har bir mikrodvigatel (muskul tolasi) samaradorligi yig‘indisiga teng bo‘ladi;

  2. ishda eng ko‘p harakatli birliklarning “birgalikda” qo‘shilishini ta’minlovchi muskullarni boshqarishning samarali tizimini qo‘llash. Bunda so‘z, “avtogen to‘xtash” va bo‘yin tomir refleksi haqida boradi. Keyingisining mohiyati shundan iboratki, boshni birdaniga oldinga engashtirish qorinning ishlayotgan muskullari harakatini oshiradi va bu bilan ancha kuchli boshlang‘ich siltanishni ta’minlaydi;

  3. mashq jarayonida o‘yinchining muskullari kuch xarakteristikasi darajasini oshirish, “kuch” mashqlarini bajarishda organizmning o‘z qobiliyatlaridan foydalanish.

Quvvatlovchi energiya oqimini kinematik o‘zgartirishni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin:

  1. O‘zgaruvchan uzatish munosabatlari ta’siridan foydalanish hisobidan.

  2. Ketma-ket tarmoqlangan qon tomirlar ta’siri hisobidan.



    1. rasm

Agar butun uzunlik davomida arqonni o‘zgarmas tezlikda tortishga muskulning kuchi yetsa, unda vertikaldan o‘tish vaqtida (b nuqtaga to‘g‘ri keladi) to‘pning tezligi (ideal sharoitlarda qarshilik bo‘lmasligidan) cheksiz o‘sib boradi. Bu aloqadorlikning yoki kuch qo‘yishning qat’iy sxemasi deb ataladi. Texnikada uni o‘sib boruvchi qat’iylik tizimi deb ataladi.


Bu borada tolalari patsimon joylashgan muskullar (15-rasm) qulay tuzilishga ega. Katta fiziologik ko‘ndalanglikka ega bo‘lgan holda, katta miqdordagi elementar muskulni – qisqaruvchan muskul tolalarining parallel birlashuvi oqibatida, patsimon muskullar yuqori kuchlanishli qisqarishga ega bo‘ladi. Bunday muskullar yuqori tezliklar tartibida kuchni namoyon qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi, bu muskul tolalari dinamik ta’sirning “qat’iy” sxemasi bilan ta’minlanadi.



    1. rasm

Alohida ishlovchi tolalarning muskullar qisqarishi boshida va oxiridagi holatlari 15-rasmda A va B holatlar bilan belgilangan. Qiyaburchakli yelka muskullarining ushbu g‘aroyib xususiyatlari tezlik-


kuch xarakteridagi harakatlarda ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi.
Tezkor harakatlarning mexanik samarasi ancha yuqori darajada, harakat davomida almashinib turuvchi bo‘g‘inlarga qo‘yiladigan kuch burchaklarining geometrik nisbati bilan aniqlanadi. Ushbu o‘zgarishlarning xarakteri kuch ta’siri sxemasini belgilovchi suyaklarga nisbatan muskullarning biriktirilgan joyiga bog‘liq bo‘ladi (16-rasmga qarang).
Harakat jarayonida, bo‘g‘in birikmalari tizimida muskullarning joylashuviga bog‘liq holda, kuch qo‘yilishi yelkasining noproporsional o‘zgarish darajasi mayatnikning bir xil og‘ish burchagida turlicha bo‘ladi. Masalan, aloqadorlikning “qat’iy” sxemasi bo‘yicha muskullar biriktirilgan mayatnik uchun (o‘sib boruvchi qat’iylik bilan) harakat jarayonida, amplitudaning bir xil kattalikda oshib borishi, kuch qo‘yilish yelkasining noproporsional, nisbatan uzayib boruvchi o‘sishini keltirib chiqaradi.





    1. rasm

Bu zarba beruvchining tezda tezlanishi va o‘zaro ta’sirlashuvchi elementlar tezliklarining yuqori farqlarini quvvatlash imkoniyatini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, muskullardan mayatnikka uzatiluvchi energiya miqdori ham ko‘payadi. Aslida esa, agar muskullarning “tezkor kuchni” (u ham, har qanday dvigatel kabi o‘zining Vmax va Fmax lariga ega) rivojlantirish qobiliyatlarining cheklanganligini hisobga olinsa, unda jismni samarali tezlashtirish uchun hal qiluvchi kuch qo‘yish yelkasining maqsadga muvofiq o‘zgartirilishi hisoblanadi. Masalan, harakatning chekka nuqtasi M ga kuch qo‘yilishi yelkasi Lm eng katta,


mayatnikning joriy tezligi esa nolga teng bo‘ladi (Vk=0). Tezliklar farqining o‘sib borishi (Vmax-Vx) oqibatida tezlantirilayotgan mayatnikka ko‘proq kuch qo‘yish uchun sharoitlar paydo bo‘ladi. Boshqa tomondan esa, tezlanishga bog‘liq holda muskullarning bir xildagi qisqarishi mayatnikning o‘sib boruvchi burchak siljishlarini ta’minlaydi, bu uning burchak harakat tezligining noproporsional ortib borishini keltirib chiqaradi. Bu esa mushakning maksimal ta’sir kuchi oshishini anglatadi, bu o‘z navbatida, o‘zaro ta’sirlashuvchi tizimlar tezligidagi farqlarni oshiradi, bu bilan ishlab chiqarilayotgan energiya oqimining “o‘zlashtirilishini” oshiradi.
Biroq, kuch qo‘yishning “mos” sxemasi, aniq harakatlar uchun juda foydali. Muskullarning bir xilda qisqarishida oyoqlar yo‘lining kamayib borishi harakatning yanada aniqroq farqlanishi uchun sharoit yaratadi. Xato qilish kattaligi va ehtimoli pasayadi. Shu tarzda, “mos” model tizim hisoblanib, unda mayatnikning burchak siljishi amplitudasi chekka nuqtasidan muvozanat holati tomon harakatlanganda, harakatni uzatish munosabatlari kamayishi tomoniga, “qat’iy” modelda esa ko‘payish tomoniga o‘zgaradi. Obrazli qilib aytganda, “mos” sxemadagi aloqadorlik modelida “uzatishlar qutisi” yuqoridan pastga o‘zgartiriladi, “qat’iy” modelda esa, aksincha, pastdan yuqoriga darajaga o‘zgartiriladi. Tabiiyki, obyektga mumkin qadar katta tezlik xabarini berishda ikkinchi usul, ya’ni kuch qo‘yishning “qat’iy” sxemasi foydaliroq. “Qat’iy” sxemadagi aloqadorlik bo‘yicha mayatnik tezlanishining boshida, uning tezligi kichik bo‘lganda (bu tezliklarning katta farqini:

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish