To‘pni o‘yinga rejali kiritish. To‘pni o‘yinga rejali kiritishni bajarishda o‘yin vazifalarini samarali hal etish shartlarini aniqlashdan oldin predmetlar harakat trayektoriyasining sakrashsimon to‘pni o‘yinga kiritishlarini keltirib chiqaruvchi, mutaxassislarga ilgaridan ma’lum bo‘lgan, turbulentlik mexanizmini izohlash zarur. U voleybolda “rejalashtirish” deb ataladi, rejalashtiruvchi uzatishlar nomi ham shundan kelib chiqqan.
Ta’kidlash kerakki, foydalanilayotgan atama unchalik ommabop emas, chunki u aerodinamikada mutlaqo boshqacha ma’noga ega. Unda rejalashtirish deyilganda havoda uning oqimlari ko‘tarilish kuchidan foydalangan holda biror-bir jismning (har qanday shakldagi emas) harakati tushuniladi. U rejalashtirilayotgan predmetning yuqori va pastki tomonlaridagi havoning har xil bosimlari oqibatida vujudga keladi. Bundan uchish masofasi ko‘payadi. Sharsimon shaklga ega bo‘lgan jismni rejalashtirib bo‘lmaydi. Uning uchish trayektoriyasi oldindan barqaror, yerning tortish maydonidan uzoqlashuvchan va shamolning borligi, shuningdek, uloqtirish yoki zarba bilan berilgan dastlabki tezlik bilan aniqlanadi. Trayektoriyaning aniq o‘zgarishlari uchuvchi sharsimon
jismning aylanishida ham mumkin – ushbu burchak tezligi qancha yuqori bo‘lsa, u aylanish tomoniga shuncha ko‘proq og‘adi.
Og‘ish, shuningdek, aylanish hisobidan havo oqimining bir qismi to‘p ortidan “ergashishi” oqibatida vujudga keluvchi bosim farqlari bilan ham paydo bo‘ladi. To‘p aylanayotgan tomonga havo oqimlari tartiblanadi, bu ularning bosimi kamayishiga olib keladi. Teskari tomonda esa, aksincha, to‘pga ergashayotgan havo oqimi qarshi havo oqimi bilan to‘qnashadi (to‘pning uchish yo‘nalishiga nisbatan) va yuqori bosim zonasi hosil bo‘ladi. Bunda to‘pga uning uchish trayektoriyasiga perpendikular ta’sir etuvchi kuch vujudga keladi. U snaryadni aylanish tomoniga og‘diradi.
Aylanmasdan uchayotgan jismda esa bu holat mutlaqo boshqacha bo‘ladi. Buni voleybol to‘pi misolida ko‘rib chiqamiz. Aylanmayotgan to‘p, odatda, aerodinamika nazaryasida laminar deb ataluvchi havo oqimida harakatlanadi. Havoning laminar oqimlari to‘pni har tomonga aylanib o‘tadi, to‘pning oldida, itarilishi asosidagi havo zarbalari hisobidan yuqori havo bosimi sohasi paydo bo‘ladi, orqada esa, aksincha, past bosimli zona yaraladi. Bosimlardagi ushbu farq (yerning tortishish kuchi bilan birgalikda) to‘pning uchish trayektoriyasi tezligi va uzunligi kamayishiga yordam beradi.
Bu manzara doimo kuzatilmaydi. Ma’lum bir tezlik oralig‘ida (voleybol to‘pi uchun 17-19 ms) aerodinamikadagi turbulentlik boshlanadi, uning kuchi bilan to‘p uchish trayektoriyasini keskin va oldindan bilib bo‘lmas darajada o‘zgartirishga, yuqoriga va pastga yoki o‘ngga-chapga sakrashlarga o‘tish mumkin. Aynan ushbu holat o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishni qiyinlashtiradi, uning sifatini texnik xatolik darajasigacha olib boradi. Aylanishsiz uchayotgan to‘p trayektoriyasining bunday sakrashsimon o‘zgarishlarini voleybolda xato rejalashtirish deb ataladi.
Turbulentlik oqibatida trayektoriyaning keskin o‘zgarishlari vujudga kelish mexanizmlari quyidagicha: to‘pning aylanishsiz uchish tezligini pasaytiruvchi sabab ko‘rib chiqilgan edi – bu havoning qarshiligi. To‘pni o‘yinga kirituvchining zarbasidan so‘ng birdaniga to‘p 25-30 m/s tezlikka ega bo‘ladi va havoning laminar oqimida uchadi. Tezlik kritik qiymatgacha (17-19 m/s) pasayganda to‘pni aylanib o‘tuvchi havo oqimlari girdob holatiga o‘ta boshlaydi. Ushbu girdob havo oqimlari to‘pning orqasida yuqori bosim sohasini yaratadi. To‘p, shu tarzda oldinda ham, orqada ham (to‘pning uchish yo‘nalishiga nisbatan) yuqori havo bosimida bo‘ladi va muayyan bir vaqtda havo oqimi girdobi
ta’sirida bosim ham siqib chiqariladi. Uning harakat trayektoriyasi, shu tarzda, oldindan bilib bo‘lmaydigan sakrashsimon harakatlar qiladi, buni samolyotda parvoz qilganlar yaxshi bilishadi. Samolyotlar tez-tez turbulentlik holatiga tushib qoladi va havo kemasi “chayqala” boshlaydi. Tezlik 17 m/s dan kam darajagacha pasayganda havo oqimi yana laminarlashadi va to‘p yana barqaror bo‘lib, uchish trayektoriyasini aniqlab bo‘lmadigan holatga o‘tadi. Eng yuqori natijaga erishish uchun to‘pni o‘yinga kirituvchi zarba kuchini shunday hisoblash kerakki, turbulentlik hodisasi, to‘p raqibning qabul qilish zonasiga yetib borganda namoyon bo‘lib, uni bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib berish qiyinlashsin.
Ta’kidlash mumkinki, uzoqdan uzatishlarda (tashqi chiziqdan 4-6 metr masofadan) uchib borayotgan to‘p trayektoriyasining sakrashsimonligi oshadi – sakrashlar ancha keskin va uzunroq bo‘ladi. Ehtimol, bu shunga bog‘liqki, ancha yuqori boshlang‘ich tezlikda to‘p o‘z uchish trayektoriyasini 19 m/s tezlik chegarasigacha sakrashsimon o‘zgartira boshlaydi, bunda bosim o‘zgarishlari 17 m/s chegarasidan ko‘ra yuqoriroq bo‘ladi. Shunday qilib, rejalashtiruvchi uzatishni bajarishdagi asosiy vazifa – to‘pga aylanmay uchish zarbasini berish kerak – bu uning uchish trayektoriyasi sakrashsimon bo‘lishining asosiy shartidir. Uruvchi qo‘l va to‘pning o‘zaro birgalikdagi zarbasi muhim xususiyatga ega: zarba beruvchi qo‘l o‘z o‘qi atrofida harakatlanadi va shu tarzda zarba yonga beriladi, to‘pga esa uzluksiz va o‘z markazi atrofida aylanmaydigan harakat berish lozim. Buning uchun zarba kuchining ta’siri uchish trayektoriyasi chizig‘i bo‘ylab yo‘nalgan va to‘pning markazi orqali o‘tgan bo‘lishi lozim.
Vektor kuchining trayektoriya bilan ishonchli mos kelishini oshirish va to‘p markaziga “urish” uruvchining radius uzunligini oshirish bilan amalga oshiriladi. Bunda yo‘lning katta qismida uruvchi kaftning chiziqli tezlik vektori va to‘pning talab etilayotgan uchish yo‘nalishi o‘zaro mos kelishi sharti ta’minlanadi.
Zarba beruvchining aylanish radiusi quyidagi shartlar bajarilganda oshadi: zarba oldidan qo‘lning to‘liq to‘g‘ri holatdaligi, uruvchi qo‘l yelkasining ko‘tarilishi, gavdaning zarba tomon burilishi va zarba harakati vaqtida gavda og‘irligini bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazishda oshadi – bularning barchasi zarba beruvchining aylanish o‘qini tananing umumiy og‘irlik markazigacha va hatto pastroqqacha ham siljitishni ta’minlaydi. Bunda zarba beruvchining og‘irlik xarakteristikasi – uning inersiya soniyasi oshadi, bu zarba beruvchi bo‘g‘inlarning kinetik energiyasini ko‘paytiradi.
Zarba jarayonida tezlik vektorining ishonchi moslashuvini amalga oshirishning boshqa bir yo‘li – qo‘l va to‘pning o‘zaro zarba harakatlari vaqtini kamaytirishdir. Bunga qo‘yiluvchi kuch, zarba beruvchi qattiqligini (to‘pga energiya uzatish koeffitsienti oshadi) oshirish va birgalikdagi zarbadan so‘ng erishiladi. Shu tarzda, zaruriy tezlikda qattiq richag bilan qisqa (to‘p zaruriy tezlanishni olishi va raqib maydonchasiga tushishi uchun) zarba berish kerak. Uruvchi richagning tezligi va qattiqligi, shuningdek, tananing zarba beruvchi bo‘g‘inlarini tezlashtirish jarayonida aloqaning “qattiq” sxemasidan foydalanishi mumkin.
Ishonchni ta’minlashning boshqa uchinchi uslubi harakatlanayotgan to‘pga zarba berishdir, buning uchun to‘pni shunday tashlash joizki, u zarba berish vaqtida yuqoriga ko‘tarilgan qo‘l masofasida to‘xtashi kerak. To‘p tashlangandan so‘ng u to‘xtagan va hali pastga tushayotganida zarba berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |