To‘pni bir qo‘lda yuqoridan uzatish. Bunday uzatishlar o‘yinda ancha kam qo‘llaniladi, kamdan-kam hollarda sakrash tayanch holatida ham bajarilishi mumkin. Ba’zida ular trayektoriya bo‘yicha aldovchi zarbalar bilan kuzatiladi, biroq boshqa vaziyatlarda zarba uzatishlari ham shunday bajariladi. Odatda u to‘pning raqib tomonga uchib o‘tishida sodir bo‘ladi. To‘pning yuqori to‘r ustidan balandga uchib o‘tayotganida to‘pga ba’zida faqat bir qo‘llab yetish mumkin, shuning uchun bunday texnik usul kam qo‘llaniladi.
To‘p bilan oddiy ishlash texnikasi. Qo‘llar harakati xuddi bir tomonlama yumshoq usulda ikki qo‘llab uzatishga o‘xshaydi. To‘p bir qo‘lning yarim taranglashgan panjalari bilan, uzatish qanchalik qisqa bo‘lsa, shunchalik yumshoq ishlanadi. Avvaliga to‘p barmoqlarning uchiga tegadi, keyin u butun uzunligi bo‘yicha egiluvchan barmoqlarga joylashadi, keyin esa qo‘ldan teskari tartibda uchib chiqadi. Qo‘l oldinga chiqarilgan tirsaklar bilan keng diapazonda (to‘liq to‘g‘rilanguncha ham) bukilishi va yuqoridan uzatishda to‘pga qancha katta tezlik talab etilsa, shu darajada tezlik bilan yozilishi mumkin.
Gorizontal va pastlashuvchi trayektoriyada to‘pni uzatish barmoqlarning egiluvchan kuchlari va kaft bo‘g‘inlarining faol harakati hisobidan, to‘g‘rilangan qo‘l bilan oson bajariladi.
Sakrash va tushishda to‘pni yuqoridan uzatishlar. O‘yinda ba’zan shunday vaziyatlar vujudga keladiki, bunda yuqoridan uzatishlarni faqat sakrashda yoki tushganda bajarish mumkin bo‘ladi. Sakrashdagi uzatish to‘p raqib tomonga uchib o‘tganda, uzatuvchining boshi ustidan o‘tib chetga chiqib ketayotganda yoki muddatidan oldin birinchi tempdagi hujumchining to‘pga sakrashi hollaridagina foydalaniladi.
Tushishda (qoida tariqasida orqaga o‘girilish bilan) yuqoridan uzatishlarda birinchi tempdagi hujumchining to‘pga ertaroq chiqish va sakrash holatlarida musht holatida to‘pga zarba beriladi.
Sakrash joyida turib, shuningdek, harakatlangandan keyin ham uzatish bajariladi. Masalan, to‘pni sherikka “uzatishda” yoki balandroq sakrash uchun bajariladi. Uzatish uchun sakrashlarni bir yoki ikki oyoqda siltanib bajarish mumkin, ko‘pincha ikkinchisi afzal hisoblanadi.
To‘pga sakrashning yuqori nuqtasida ishlov berish qulay va foydaliroqdir. Bunda himoyachining gavdasi go‘yoki havoda “to‘xtab qolgandek” bo‘ladi. Yuqoridan sakrash bilan uzatilganda to‘p faqat qo‘llar yordamida tezlashtiriladi, chunki himoyachi havoda turgan bo‘ladi va oyoqlari bilan yordam bera olmaydi. Bunda to‘pga ishlov berish vaqti va yo‘lining ko‘paytirilishi uzatishning aniqligi uchun ham, uzoqligi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Bu to‘pga ikki tomonlama yumshoq usulda tirsakdan bukilgan qo‘llar bilan ishlov berilganda osonroq ta’minlanadi.
To‘pni tezlantirish ishida oyoqlarning ishtirok etmasligi, uzoqqa va yuqoridan uzatishlarda, qo‘llarga tayanch holatidan ko‘ra ko‘proq kuch qo‘yilishni talab etadi. Bu aniqlikka salbiy ta’sir etadi: yaqin masofalarga to‘pni uzatish esa, uzoqdagilarga qaraganda ancha aniqroq bo‘ladi.
Uzatuvchilar oyoqlarini ishlatmay turish va qo‘shimcha kuchdan foydalanish uchun butun gavdaning yuqoriga harakatlanishi vaqtida, (harakat trayektoriyasining yuqori qismida) to‘pga qancha katta tezlik berish zarur bo‘lsa, shuncha ertaroq uzatishni bajarishlari mumkin.
Sakrab uzatishlarda to‘pning zarba nuqtasigacha uchib borish yo‘li qisqaradi va bu ayniqsa, qisqa uzatishlarda sezilarli bo‘ladi. Ko‘pchilik murabbiylar, bog‘lovchi o‘yinchilarni to‘pni qabul qilish trayektoriyasini pasaytirishga majburlab, doimiy ravishda, sakrab uzatishga o‘rgatadilar. Biroq bunda ikkinchi tempdagi hujumchilarning baland va uzoqqa uzatishlari aniqligi pasayadi. Bundan tashqari, bog‘lovchi o‘yinchilar ko‘pincha to‘pga yetib bora olmaydi, ayniqsa, sifatsiz qabulda – to‘p pastlashgan trayektoriyada o‘yinchiga tegishi bilan sakrab, raqib tomonga uchib ketadi. Shunday qilib, agarda taktik maqsadga muvofiqlik va o‘yin shartlari yo‘l qo‘ysa, uzatishni tayanch holatda, ikki qo‘llab yuqoridan uzatish lozim.
Ta’kidlash joizki, sakragan holatda yuqoridan uzatishlarda to‘pni uzatish o‘yinchiga salgina tegib raqib tomonga o‘tkazib yuborishlarni ham yengilgina qo‘llash mumkin. To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatishda yuqori aniqlikni ta’minlash uchun aniq harakatlarni amalga oshirish lozim. To‘pning harakat vaqti va yo‘lini ko‘paytirish hisobidan to‘pga ta’sir etuvchi kuchning miqdorini kamaytirish kerak.
Bu quyidagi shartlar bilan ta’minlanadi:
- to‘pga tezlik berishda oyoqlarning (asosan tizza-tovon bo‘g‘inlari harakati hisobidan) ishtirok etishi;
- to‘pga “ikki tomonlama yumshoq” usulda ishlov berish;
- qo‘lni tirsak bo‘g‘inlaridan to‘g‘rilamagan holda, to‘pni “jonli devor” orqali uzatish;
- to‘p ostiga kirish uzatish aniqligini oshiradi;
- sakrashda to‘pni uzatish texnikasini xuddi avvaldagidek, biroq oyoqlar unda qatnashmaydi;
- bir qo‘llab yuqoridan to‘pni uzatish ishlov berishning “bir tomonlama yumshoq” usuli mexanizmi asosida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |