O‘yinda har bir jamoadan faqat 6 o‘yinchi ishtirok etadi. Jamoaning dastlabki joylashishi o‘yinchilarning joy almashish tartibini belgilaydi. Ushbu tartib butun partiya davomida saqlanishi lozim. Har bir partiya oldidan murabbiy o‘yinchilarning maydonchada joylashish tartibini kartochkaga yozib va imzo qo‘yib, ikkinchi hakamga yoki kotib- hakamga taqdim etishi lozim. Dastlabki joylashishda o‘rin ololmagan o‘yinchilar, shu partiyaning zahiradagi o‘yinchilari hisoblanadi (“Libero‘’dan tashqari). Joylashish kartochkasi taqdim etilgandan so‘ng ushbu kartochkaga o‘zgartirish kiritish mumkin emas. Lekin o‘yinchi rasmiy almashtirilishi mumkin.
O‘yindajoylashishtartibijoylashishkartochkasidako‘rsatilganraqamlargato‘g‘rikelmasligi. Agar kartochkada qayd etilgan o‘yinchilar o‘rniga boshqa o‘yinchi kirib qolsa, joylashish kartochkasida ko‘rsatilgandek to‘g‘rilab qo‘yilishi lozim. Buning uchun jazo qo‘llanilmaydi. Agar kartochkada ko‘rsatilgan joylashish tartibi o‘zgacha bo‘lsa, o‘yinchilar kartochkada qayd etilgandek joylashtirilishi lozim. Buning uchun ham jazo qo‘llanilmaydi. Agar murabbiy noto‘g‘ri joylashgan o‘yinchini maydonda qoldirmoqchi
bo‘lsa, unda u o‘yinchi almashtirishni so‘rashi va bu bayonnomada qayd etilishi lozim.
To‘p kiritish vaqtida o‘yinchilarning joy almashishi.
To‘p kiritish vaqtida o‘yinchilar o‘z maydonchalari va zonalari chegarasida joylashgan bo‘lishlari kerak (to‘p kirituvchi o‘yinchi bundan mustasno). O‘yinchilarning joylashishi quyidagi tartib raqamlari bilan ifodalanadi:
To‘r bo‘ylab turgan uch o‘yinchi – oldi chiziq o‘yinchilari 4-, 3- va 2-zonalarda joylashadi, qolgan uch o‘yinchi orqa chiziq o‘yinchilari 5-. 6- va 1-zonalarda joylashadi.
O‘yinchilarning to‘gri joylashishi:
Har bir orqa chiziq o‘yinchisi oldingi chiziq o‘yinchilaridan orqada joylashishi kerak. Oldingi va orqa chiziq o‘yinchilari qoidada qayd etilganidek, gorizontal ravishda joylashishi lozim. O‘yinchilarning to‘g‘ri joylashishi ular oyoqlarining maydon yuzasida turish holatiga qarab aniqlanadi va nazorat qilinadi.
Har bir oldingi chiziq o‘yinchisi oyoqlari orqa o‘yinchilari oyoqlariga nisbatan o‘rta chiziqqa yaqin joylashishi kerak. Har bir o‘ng qanot (chap qanot) o‘yinchisi oyoqlari markaziy o‘yinchi oyoqlariga nisbatan o‘ng (chap) qanot chizig‘iga yaqin joylashishi lozim. To‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng o‘yinchilar maydonchani istalgan joyida yoki bo‘sh zonada harakatlanishlari mumkin.