Sakrashlar
Voleybolchilar ikki turdagi sakrashdan foydalanadilar – bir yoki ikki oyoqda siltanish; ular yugurib yoki joydan turib bajariladi. Sakrashlar ayrim o‘yin usullarida: hujum zarbalari, to‘siq qo‘yish, uzatishning ayrim usullari va himoyadagi o‘yinlarda muhim tarkibiy qism hisoblanadi.
Voleybolchilarning tayanch-harakat apparatlari elementlaridan biomashinaning samarali elementlarini shakllantirish, o‘yinchilarga balandroq sakrashga imkon berish usullarini muvaffaqiyatli joriy etib, yugurgan va joyidan yuqoriga sakrashlarning fizik mohiyatini tushunish zarur.
Voleybolchining sakrashi, boshqa harakatlar kabi, yerning tortish kuchi ta’siri maydonida bajariladi. U yer yuzasida muntazam mavjid, ya’ni sakrovchi va yerning markazi o‘rtasidagi masofa bir xildir, sakrash balandligi unchalik ahamiyatga ega emas.
Voleybolchi sakrashni bajarishi jarayonida yerning tortishish kuchi salbiy tezlanishni (ya’ni tezlik sekinlashuvini) keltirib chiqaradi, pastga tomon harakatlardan esa ijobiy tezlanish kuzatiladi.
Sakrovchining yuqoriga ko‘tarilish tezligi qancha katta bo‘lsa, voleybolchi shuncha yuqoriga sakraydi, bu siltanishdagi ma’lum vaqt davomida qo‘yiluvchi kuch impulsi (boshqa har xil ehtimollar bilan) belgilanadi.
Tezlik vektorining o‘zgarishi, harakatdagi voleybolchiga nisbatan qandaydir burchak ostida tashqi kuchlar ta’sirida kelib chiqadi. Ta’sir etuvchi tashqi kuch (yoki tashqi kuchga sabab bo‘ladigan ichki kuch, masalan, tayanchning ta’sirlanish kuchi) uning kattaligi va burchagiga bog‘liq tezlik vektori o‘zgarishini ta’minlaydi.
Sakrovchi gavdasining siljish yo‘nalishiga nisbatan 90o burchak ostidagi kuch, yugurishning gorizontal tezligi vektori kattaligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. U tayanchga suyanib, oyoq muskullari kuchi ta’siri natijasida uning vertikal holati hisobidan uning kattaligi va tezlik vektori yo‘nalishini o‘zgartiradi. Bunda tayanchning ta’sirlanish kuchi vujudga keladi, u miqdor jihatdan tayanchga ta’sir kuchiga teng va qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Tezlikning ikkala tarkibining natijasi sakrovchi yo‘nalishi tezligini belgilaydi, shu tarzda tezlik vektori o‘zgaradi.
Agar kuch harakatlanayotgan sakrovchining gavdasiga kichik burchak ostida ta’sir etsa (izidan orqaga siltanishda), unda sportchining
yugurish tezligi vektori, itarilish kuchi bilan vujudga keluvchi gorizontal tezlik vektori kattaligigacha o‘zgaradi. Gavdaning o‘sib boruvchi gorizontal siljish tezligi vektori va vertikal tashkil etuvchining vektor tezligi sakrovchi vektor tezligini belgilab beradi.
Itarilish mexanizmini tushunish va sakrash balandligini oshirish shartlarini shakllantirishda sakrash jarayoni muskul energiyasidan foydalanish samaradorligi jihatidan o‘rganilib chiqilishi lozim.
Mashqlar hisobidan muskullar faolligini oshirish usullari va muammolari quyidagicha beriladi: sakrovchi mushaklari faolligini hisobga olib, asosiy e’tiborni sakrash balandligini oshirish uchun muskul energiyasidan samarali va tejamli foydalanish sharoitlarini izlash zarur.
Nazariy jihatdan sakrovchi gavdasining yugurish va pastlashish tezligi qancha yuqori bo‘lsa (buning uchun ancha yuqoriga sakrashni bajarish lozim), pastlayotgan gavdaning energiyasi suyak-muskul tarmoqlarining egiluvchan elementlariga shunchalik ko‘p tarqatiladi.
Biroq, bu sakrovchining bo‘shashmagan holda siltanishga kuchi yetadigan sharoitdagina imkonli bo‘lib, bu holatda, oyoq muskullaridagi egiluvchan elementlarni quvvatlamasdan turib, foydasiz taranglashuv jarayonida pasayayotgan gavdaning kinetik energiyasi sochilib ketadi.
Istalgan sakrashda yugurishning optimal tezligi va sakrash balandligini tanlash o‘yinchining oyoq muskullari kuch xarakteristikasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim, bu amortizatsiya va siltanishda ularning bo‘shashgan tartibda ishlashini bartaraf etadi.
Oyoq muskullari qanchalik kuchli bo‘lsa, shunchalik katta tezlikda yugurish va ko‘proq balandlikka sakrashni bajarish mumkin. Ushbu aytilganlar yana shuni anglatadiki, vertikal sakrashni bajarishda (masalan, to‘siq qo‘yish uchun), joyida turib sakrash uning balandligini oshiradi.
Bir oyoqda siltanib sakrashda asosiy rolni tayanch oyoqda biroz o‘tirib, oxirgi qadam bajaradi. Uni ko‘rinish jihatidan sakrash deb ham bo‘lmaydi – yugurishning gorizontal tezligi, siltanishni amalga oshiruvchi muskullar egiluvchan elementlarni “quvvatlash” uchun deyarli yetadi.
Sakrash balandligini oshirish shartlarini ro‘yobga chiqarishga, muskul faolligini boshqarish tegishli mexanizmlari ham yordam beradi. Bu mexanizmlar evolyutsiya jarayonida yaratilgan va fiziologlarga allaqachon ma’lum bo‘lgan shartsiz reflekslar ko‘rinishida mustahkamlangan. Bunda chap bo‘yin – tonik (faollik) va shartli
reflekslar haqida so‘z boradi. Muskullar tonusi faolligi ham tez nafas chiqarilganda refleksiv holda oshadi.
Ularning funksiyasi, ma’lum bir sharoitlarda, ishlovchi muskullarning kuchli qisqarishini ta’minlovchi, kuchli efferent signallarni shakllantirishdan iboratdir. Birinchi holatda boshni tezlik bilan engashtirish lozim. Boshni birdaniga, masalan, orqaga (gavdaga nisbatan) engashtirish gavdani to‘g‘ri tutib turuvchi muskullarning tonusini oshiradi. Ikkinchi holatda muskullarni birdaniga cho‘zish kerak, bu kuchlanish, qisqarishdan oldin bo‘lib, ballistik harakatlarda ularning kuchini namoyon etishiga yordam beradi. Kuchlangan muskullarning bunday oldindan cho‘zilishi oyoq muskullarida sakrovchi gavdasining taranglashganda, amortizatsiya holatida yuz beradi. Uchinchidan, yakuniy ballistik harakatni nafas chiqarish bilan birgalikda bajarish lozim.
Endi siltanish va sakrsh mavjud variantlarini ko‘rib chiqamiz.
Sakrovchi qadamidan boshlaymiz. Hujum zarbalarini amalga oshirishda yugurib kelib sakrashni bajarishda qadamni chap oyoqdan birdaniga ikki marta, chapaqaylar uchun o‘ng oyoqda ikki marta bajarish maqsadga muvofiqdir. Teskari tartibda sakrash (o‘ng oyoqli hujumchilar uchun ikki qadamda) hujumchiga zarar keltiradi, uning harakatlarini sekinlashtirib qo‘yadi va unchalik yaxshi natija bermaydi. Tayanchga o‘ng tovonni oldinga qo‘ygan holda siltanishda (juda ko‘pchilik o‘yinchilar sakrashni shunday bajaradilar), hujumchi to‘rga o‘ng yoni bilan yaqinlashadi. Bu hujumchi voleybolchiga gavdani o‘ngga burishga va qo‘llarni yozishga xalaqit beradi. Bir qator xatolarning paydo bo‘lishi yoki mustahkamlanishi quyidagicha tashkil topadi: uruvchi qo‘lning “yumshoq” sxemaga tushib qolishi, zarbada gavda burilishining ishtirok etmasligi, qulochning qisqarishi va boshqalar.
Yana bir holatni ta’kidlash muhim: siltanish jarayonida oyoqning tayanch bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlash zarur, bu bilan yugurish va sakrashda sakrovchi gavdasi kinetik energiyasi sochilishining kamayishi mumkin. Bunga tovonni tayanchga egiluvchan – qattiq holatda qo‘yish bilan erishiladi, buning uchun sakrashni har ikkala “qattiq” tovonda bir vaqtda bajarish zarur.
Tayanchga tovonlarni ketma-ketlikda qo‘yish bilan siltanish jarayonida oyoq muskullarining egiluvchan elementlari kamroq samarali bo‘ladi. Bunday variantda voleybolchining taranglashgan holda harakatlanayotgan gavdasi oldiniga bir oyoq bilan, keyin ikkinchisi bilan sekinlashtiriladi. Bu siltanish vaqtini oshiradi, energiya sochilishiga
yordam beradi va oyoq muskullarining egiluvchan elementlarida uning jamlanishini kamaytiradi. Tezlik bilan siltanish birinchi temp bilan hujumni bajarishda, siljishdan keyingi to‘siq qo‘yishda, hujumchining to‘pga kechikib chiqishida katta ahamiyatga ega.
Tayanchga oyoqlarni ketma-ketlikda qo‘yish odatda bir oyoqni boshqasidan oldinroqqa qo‘yish bilan kuzatiladi (bir metrgacha). Siltanish samaradorligi bunda pasayadi, “izma-iz quvishda” amalga oshiriladi, bunda sakrovchining gavda og‘irligi bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkaziladi, bu ma’lum darajada navbatma-navbat siltanishga olib keladi, oqibatda esa, uning vaqt davomida “cho‘zilishi” bilan ta’sir kuchi kattaligi pasayadi. Bunda kuchli egiluvchan harakatning “oltin qoidasi” buziladi va yanada kuchli boshlang‘ich siltanish ta’minlanmaydi. Bu bilan tezlantiruvchi oyoq mushaklariga energiya uzatish koeffitsienti pasayadi, energiyaning jamlanishi va uning siltanish jarayonida erkinlashuvi uchun egiluvchan son mushaklardan foydalanish darajasi, kuch impulsi kattaligi muqarrar sur’atda pasayadi.
Shu tarzda, siltanish uchun tayanchga oyoqlarni taranglashtirish jarayonida har ikkala tovonni bir vaqtda, bir chiziqqa, yugurish yo‘nalishiga perpendikulyar holatda qo‘yish kerak. Siltanishni tovondan oyoq uchiga tomon siljish bilan, “ballistik harakatlarning oltin qoidasini” amalga oshirishga intilib bajarish maqsadga muvofiqdir.
Oyoqni tayanchga bunday qo‘yish usuli boshqa ustunliklardan tashqari yana, ikkinchi himoya hududidan hujumda, hujum qilish zonasiga “kirib qolish” xatosiga yo‘l qo‘ymaslikka va to‘rga yaqinroq joydan to‘pga zarba berishga imkon beradi, bu hujumchining imkoniyatlarini oshiradi. Siltanishning yana bir muhim mexanizmini – sakrovchi qo‘l-oyoqlarining siltanish – qo‘l-oyoqlarning birgalikdagi ishlash harakatlarini qarab chiqamiz.
Sakrovchi tomonidan qo‘l-oyoqlarning birgalikdagi harakatini amalga oshirishda ikkinchi mushakning funksiyasini quloch yozishda oyoq-qo‘llarning aylanma harakatlari natijasida vujudga keluvchi markazdan qochma kuchning faqat vertikal tashkil etuvchisigina bajaradi. Aynan uning kattaligi (oyoq muskullarini rivojlantiruvchi kuch bilan birga) amortizatsiya va itarilish jarayonida tayanchga ta’sir kuchining impulsini belgilaydi.
Qo‘l va oyoqlarning birgalikdagi harakatlari vertikal tashkil etuvchisi tayanchga bilvosita – gavda va oyoqlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Amortizatsiya va itarilish vaqtida u avvaliga, qo‘l-oyoqlarning aylanma harakati bo‘yicha markazdan qochma kuch vektorining yerning tortishish
kuchi bilan tobora ko‘proq mos kelishi hisobidan tayanchga bosimni ko‘paytiradi. Keyin esa itarilishni yengillashtiradi, chunki quloch yozish jarayonida voleybolchi massasining bir qismi sifatida (birgalikda harakatlanuvchi qo‘l-oyoqlar) vertikal uchishning ancha yuqori tezligiga erishadi. Havoda tezliklarning tenglashuvi hisobidan harakat organlari kinetik energiyasi qayta taqsimlanadi.
Shu tarzda, oyoq-qo‘llarga ta’sir kuchining ortishi aylanma harakatning kinetik energiyasi oshishiga olib keladi, bu tashqi kuchlar ta’sirida sekinlashuvda ortib boruvchi harakat energiyasiga o‘tib boradi, bu qo‘l-oyoqlar uchun gavda va oyoqlar massasining inersiyasi bo‘ladi.
Oyoq-qo‘llarning maydondagi harakatini katta amplituda bo‘yicha keng quloch yozishda bajarish kerak. Bunda kamida ikkita vazifa hal etiladi:
Uzoq masofa davomida harakatlanuvchi qo‘l-oyoqlar yuqori tezlikka ega bo‘lishi mumkin (bu aylanma harakat uchun kinetik energiya formulasida kvadratdan iborat bo‘ladi.
To‘g‘rilangan holatdagi qo‘l-oyoqlar bilan keng qadam tashlab bajarila-yotgan harakatda tayanchga eng katta bosim yaratiladi – bu qo‘llarning pastki vertikaldan o‘tishi vaqtidagi holatiga mos keladi. Ushbu holatda tezlanish belgisi teskarisiga almashinadi.
Mantiqan qo‘l-oyoqlar quloch yozish umumiy xarakteristikasi oshirilishi (harakatda qo‘l-oyoqlar sonini va ularning inersiya momentlarini ko‘paytirish hisobidan, bu qo‘l-oyoqlar geometrik massasini tegishlicha o‘zgartirilganda mumkin bo‘ladi) sakrash balandligining oshishiga olib keladi.
Biroq, doimo ham shunday bo‘lavermaydi. Masalan, qo‘l bilan yonma-yon harakatlanish vaqtida bir oyoqdan foydalanilsa, ikkinchisi bilan esa itarilsa, unda bo‘sh oyoqdagi faol harakat hisobidan voleybolchi uchish tezligining ko‘payishi effekti, itarilishda qo‘yilgan kuchning pasayishi bilan tenglashib qolishi mumkin. Chunki itarilish ikkala oyoqda emas, bir oyoqda bajariladi.
Shunga e’tibor berish zarurki, sakrovchi gavdasining vertikal uchish tezligi kuchning mutlaq ko‘rsatkichlari bilan emas, balki uning vaqt davomidagi ta’siri –kuch impulsi bilan aniqlanadi. Kattaligi turlicha bo‘lgan, turlicha vaqt oraliqlarida harakatlanuvchi kuchlar ta’sirida bir xil natijaga erishish mumkin.
Tayanchdan bir oyoq bilan itarilgan holatda, o‘yinchi ikki oyoq bilan sakraganidan ko‘ra kamroq kuch sarflashi va xuddi shunday balandlikka sakrashi mumkin. Ehtimol, voleybolchilar uchun har ikkala
usuldagi itarilishdan keyingi gavda uchishining umumiy kinetik energiyasi kattaligi to‘liq taqqoslanuvchan bo‘lishi ham mumkin, bunga ularning mashq jarayonida taxminan bir xilda “ishlov” berilganligi sabab bo‘lishi mumkin. Yengil atletikachilarga esa yugurgan holda balandlikka sakrash bo‘yicha qoidalarda faqat bir oyoqda itarilishga ruxsat beriladi.
Demak, yugurish holatida bir oyoq bilan itarilish unchalik ham yomon emas va shubhasiz ma’lum bir vaziyatlarda ustunlikka egadir. Masalan, bir oyoqda sakragan holda to‘pga hujum zarbasi berilganda, to‘r bo‘ylab uzatishlarda, uzunligi ikki metrgacha bo‘lgan to‘r bo‘ylab o‘yinchining harakat trayektoriyasidagi aniq nuqtalar mo‘ljalga olinishi mumkin. Bu to‘siq qo‘yuvchi raqiblarga qiyinchilik yaratadi, ular ham, umuman olganda, xuddi shunday – bir oyoqda to‘r bo‘ylab sakrab “uchib o‘tish”dan foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |