O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

4. Qadimgi Eron madaniyati
Qadimgi Eron mafkurasida er. avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta'limot
zardushtiylik muhim o’rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga
aylangan edi. Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an'ana urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi
maglar bo’lgan. Zartushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon
bo’lishni targ’ib qildi. Doro I er. avv. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy davlat dini deb e’lon
qildi.
Forsda qadimgi zartushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va
hosildorlik xudosi) va yorug`lik, oy, shamol qabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig`inilgan.
Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda
eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar.
Axmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va
Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishgol
qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda Neyt
ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro 1 o’zini ma'buda Neytning o’gli deb e'lon
qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bagishlab ibodatxonalar quradi.
Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (er. avv. IV asr) Eronda diniy islohot
o’tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo`q
qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi
xudolarga sig`inish yana keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan
tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l quymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi
ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi
xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy aloqasi,
madaniyatlarining o’zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat
hududiga yashab turishi xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning bir-birini boyitishiga
olib keldi.
Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qadimiy madaniyatlarini
o’zlashtirib oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan biri o’ziga xos mixxatning
yaratilishi bo’lgan. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-yo`g`i 40 belgidan iborat
bo’lib deyarli alfavitli yozuv bo’lgan.
Qadimgi fors me'morchiligining ulug`vor inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy
ansambllari edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000
kv.m sun'iy maydon hosil qilingan.Tog` qiyaliklarini tekislash bilan bu sun'iy maydonda shaxar
uch tomondan devor bilan o’rab olinib, turtinchi tomoni tog` qoyasiga chiqadi. Fors podsholari
barpo qilgan Persepol saroyiga 110 zinapoyali keng xashamatli pillapoyadan chiqilar edi. Doro I
ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta, tomining balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli zali bilan
mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida rel'yeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib
kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va
qabilalarning o’ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga
o`yib tushirilgan. Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari ham joylashgan.
Persepoldan 3 km. o’zoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va
boshqa fors podsholarining rel'yeflar bilan bezatilgan qabrlari mavjud. Doro I davrida Suzada katta
qurilishlar olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Doro 1 ning yozuvlarida
shunday deyilgan: «Kedr daraxti Livan tog`laridan olib kelingan, Suzaga uni kariylar, bobilliklar
olib kelishdi. Yegoch Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya
va Baqtriyadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan, saroy devorlari
uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor ustalar
midiyalik va misrliklar edi. Yog`ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo’lgan. Ahmoniylarning
saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy ma'noda aks ettirishi kerak edi.


67
Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning
badiiy an'analari va texnika usullarining sintezi edi. Qadimgi fors san'ati namunalari ichida nozik
did bilan ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil suyagidan yasalgan riton qadaxlar,
zeb-ziynat buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar ichida agat, xalqidon, yashma
kabi qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda podsholar, afsonaviy qahramonlar
va afsonaviy mavjudotlar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda mohirlik bilan yasalgan bo’lib,
haqiqiy san'at asari xisoblanadi. Fors san'atida ayniqsa o’simlik va xayvonlarni hayotiy tasvirlari
bo’lgan badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish