O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Er. avv. I ming yillikda Kichik Osiyo: Frigiya



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

3. Er. avv. I ming yillikda Kichik Osiyo: Frigiya,
Lidiya, Urartu
Err. avv. XIII asr o`rtalarida Bolqon yarim orollaridagi o`zini firigiyali deb atagan qabilalar
Kichik Osiyoga kirib keldilar. Yuz yildan keyin boshqa Bolqon qabilasi Qoradengiz bo`yi
briglari kichik Osiyoga kelib bu yerdagi birinchi to`lqin frigiyaliklarni qisman assimilyatsiya
qilib, qisman siqib chiqardi. Yangi birlik frigiyaliklar Ilion (Troya) shahrini to`la buzib


54
tashladilar. Er. avv. VIII asr o`rtalarida Frigiya davlati amalda butun kichik Osiyoni Egey
dengizidan Tavr va Urartugacha bosib olib o`zini gullab yashnagan pallasiga kirdi. Keyingi
rivoyatlarga ko`ra frigiy davlatining asoschisi ( eramizdan avvalgi 750 yil atrofida) kelib
chiqishi dehqon bo’lgan Gordiy nomli “butun Osiyoni “ egallab olgan va mashhur
“Gordiy tugunini” tuqqan kishi bo`lgan. Gordiyni o`g`li Midas davrida ( eramizdan avvalgi
725- 696yillar atrofi ) Frigiya o`zini taraqqiyotini eng yuqori cho`qqisiga chiqdi.
Eramizdan avvalgi 717 yil atrofida Midas Tavr va Kilikiyani bo`ysundirdi, ammo
eramizdan avvalgi 675 yilda kimmeriy va Urartu ittifoqchi qo`shinlarini zarbasi ostida
Frigiya davlati quladi. Frigiyada o`ziga xos madaniyat shakllangan edi. Frigiya mabudalari
Attisa va Buyuk ona Kibela antik madaniyatga kuchli tasirini o`tkazdilar.
Poytaxti Sard bo`lgan Lidiya podsholigi taxminlarga ko`ra eramizdan avvalgi XII asrda
Anatoliyaga (hozirgi Turkiya hududi) egey-bolqon bosqinlaridan keyin xett kolonistlari,
mahalliy liviya qabilasi bo`lgan meonlar tomonidan tashkil etilgan. Eramizdan avvalgi VIII
asrda Lidiya Frigiyaga bo`ysunadi. Eramizdan avvalgi 685-yillar atrofida taxtni podsho
navkari Gig (Gug ), egallab olib yangi Mermnad sulolasiga asos soldi. Bu sulola davrida
Lidiya buyuk davlat mavqeini oldi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo`ldi. Biroz vaqt o`tmay
Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi Gig Ossuriyaga yordam so`rab
murojaat qildi va Ashshurbanipal (er. avv. 667-yil) hokimiyatini rasman tan oldi. Ossuriya
bilan ittifoq bo`lib kimmiriylar hujumi qaytarildi. Eramizdan avvalgi 654-yil Lidiya
zaiflashgan Osuriya tarkibidan chiqib Misr bilan ittifoq tuzdi. Eramizdan avvalgi 644
yilda kimmeriylar Sardni bosib oldilar, Gig o`ldirildi, uning vorisi yana Ossuriyaga tobe
bo`ldi. Kimmeriylar skiflar tomonidan tor – mor qilindi (er. avv. 643-yil). Skif-Osuriya
urushi (eramizdan avvalgi 630 yillar oxiri ) Lidiyani mustaqil bo`lishiga imkon yaratdi.
Lidiya podsholar Aliat va uning vorisi Krez (er. avv. 561-547-yillar) davrida Paflagoniya,
ifiniya, Osiyodagi yunon shaharlari bo’ysundirildi. Lidiya Likiyadan tashqari Galis daryosidan
g’arbdagi butun Kichik Osiyoni bo’ysundiridi. Lidiya dunyoda birinchi bo’lib oltin va
kumushning tabiiy qo’shilmasi-elektradon (er. avv. VII asr) tanga zarb qildi va oltin tanga VI
asrda zarb qilindi. Krez davrida savdo-hunarmandchilik gullab yashnadi. Ammo er. avv. 547-
yilda Krez Sard shahri yonida Kayxusrav boshchiligidagi fors qo’shinlari tomonidan tor-mor
qilindi va Lidiya fors davlati tarkibiga kirdi.
Lidiya arxaik harbiy davlat edi. Podsho otliq qo’riqchi va muntazam qo’shinga tayanib
davlatni boshqargan. Podsho odida zodagonlar kengashi va xalq yig’ini bor edi. Lidiya
tarixga musiqa san’ati rivojlangan mamlakat sifatida kirdi.
Urartu tarixiga oid osur, urartu hujjatlari, podsho yozuvlari mavjud, shuningdek oz
miqdorda xo`jalik hujjatlari ma`lum. Xurritlarga qarindosh bo`lgan Urartu (Uruatriy) qabilalari er.
avv. 1300-yillar atrofida qabilalar ittifoqiga birlashganlar. Eramizdan avvalgi IX asr o`rtalarida bu
ittifoq Biayneli (“Van”; osurlar Urartu deb atagan) nomli davlayni barpo qildilar. Uning markazi
Tushna bo`lib, Van ko`lini sharqida joylashgan edi.
Urartu davlatining o`z taraqqiyotini gullab-yashnagan davri podsho Menua (810-786y.y.) va
uning vorislari hukmranligi vaqtida (eramizdan avvalgi IX asr oxirida) zaiflashgan davri Rusa I
podsholigiga to`g`ri keladi. Davlat xo`jaligini asosi sug`rma dehqonchilik bo`lib, ekinzorlarda erkin
dehqonlar mehnat qilganlar. Asir qullar ko`p sonli bo`lgan. Ular podshoh xo`jaligi, dehqonchilik va
hunarmandchilik sohalarida ishlaganlar. Urartuni davlat boshqaruvi podshoning yakka
hukmronligiga asoslangan. Podsholarning eng birinchi vazifasi mamlakatni qudratli dushman
Osuriya bosqinidan himoya qilish edi.
Urartu davlati uzoq vaqt Osuriya davlatining bosqiniga uchradi. Osuriyaning ko`p sonli
qo`shinlari Urartu qal`a, shaharlarini talon-taroj qildilar. Er. avv. VIII asr oxirida Urartularning
diniy markazi Musasin Osuriya qo’shinlari tomonidan bosib olingan. Podsholar Argichti va Sarduri
II Osuriyaga qarshilik ko`rsatishga harakat qildilar. Ular Osuriyaga qarshi turli koalitsiyalarga
kirdilar, lekin Osuriya kichik Urartuni o’ziga tobe qildi. Bundan tashqari ko`chmanchi kimmeriylar
Urartu shahar, qishloqlarini taladilar. Zaiflashib qolgan Urartu er. avv. VI asrda Midiya tomonidan


55
bosib olindi. Urartuni madaniyati va iqtisodi to`g`risida arxeologik qazishmalar boy ma`lumot
beradi. Teyshebani (Karmir Bilur) Eribuni (qadimgi Yerevan) va Argishtihinil (podsho Argimchi
qurgan) shaharlari kuchli fortifikasiya inshootlari bilan o`rab olingan. Teyshebani qal`asidagi
ombor va oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda birdaniga 5000 gektarli dala va uzumzorlar hosilini
saqlash mumkin edi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish