Idеntiv o’quv maqsadlari
1.1.Bilim,ko’nikma, malaka haqida fikrlaydilar
1.2. O'quvchilarning ona tilidan bilirn, ko'nikma va malakalarini tekshirish usullaridan biriga oid topshiriqlar tizimini ishlab chiqing.
1-savolninig bayoni: Bilimlarni o'zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o'quvchilar qanday o'zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi.
Tekshirish o'quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan mala-kalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta'minlaydi. Bu, o'z navbatida, o'quvchilarning yangi materialni o'rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo'llanilgan metod va usullarning samaradorligini baholashga, ish metodlarigaayrim o'zgartirishlarkiritishga imkon beradi. Tekshirish o'quvchilar uchun, birinchidan, to'g'ri shakllan-
tirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o'z-o'zini tekshirishni o'stiradi.
Maktab tajribasida tekshirish og'zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; bilimlarni kundalik rnavzuga oid va yakuniy tekshirish tat-biq etiladi.
Boshlang'ich sinflarda ona tilidan bilim, ko'nikma, malakalar og'zaki va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo'yiladi. Bunda o'quvchilarning grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so'zni va gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O'quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tekshirib borilacli. O'qituvchi 1-sinfda o'quvchilarning barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o'rganilgan davrdagi yozma ishlarni tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi.
Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so'z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv ko'chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda bir marta tekshiruv ishi o'tkaziladi. Bulardan tashqari, o'quv yili davomida bir necha martadan diktant, grammatik topshiriqli yozma ishlar, test, bayon va insho o'tkaziladi.
Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo'lishi mumkin:
|
1-sinf
|
2-sinf
|
3-sinf
|
4-sinf
|
Nazorat diktant
O'quv yilining I yarmida
|
-
|
25-30
|
40-45
|
55-70
|
O'quv yilining II yarmida
|
15-20
|
35-40
|
45-50
|
75-80
|
Bayon
|
-
|
45-60
|
70-80
|
100-110
|
Tekshiruv diktanti, grammatik topshiriq, bayon va insho uchun baho me'yori boshlang'ich sinflar ona tili dasturida aniq berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |