O’zbеqiston Rеspubliqasi Oliy va O’rta Maxsus Talim Vazirligi


Qarama-qarshi qo'yish bilan umumlashtirish



Download 2,81 Mb.
bet131/180
Sana31.05.2022
Hajmi2,81 Mb.
#623584
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI O’QITISH MЕTODIKASI

5. Qarama-qarshi qo'yish bilan umumlashtirish: qaldirg'och, chum­chuq, biilbul- qushlar, tovuq, xo'roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
Mantiqiy mashqlar sermazmun bo'lishi, o'quvchilarning tajribasi bilan bog'lanishi, ularni to'g'ri fikrlashga o'rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o'rni bilan boshqa darsiarda ham, o'qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi.
Nazorat savollari
1.Lug’at ustida ishlashni tushuntiring
2.Mantiqiy massqlarga nimalar kiradi?
3.So'z ma'nosini ta’riflang.
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЕТЛАР:
1. "Ona tili darsliklari"1- 4-sinf. T.: «O’qituvchi» 2009-2010..
2. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. T., TDPU. 2009.


27-mavzu.O'quvchilar nutqini o’stirish tizimida sintaktik ishlar
Asosiy masalalar:
1.So'z birikmasi ustida ishlash
2.Gap ustida ishlash
Tayanch tushuncha va iboralar: so’z birikmasi ustida ishlash metodikasi , gapni o’rganishda izchillik, 1-4-sinfda gapni o’rganish.
1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: talabalarga o'quvchilar nutqini o’stirish tizimida sintaktik ishlar ustida ishlash metodlari haqida to’liq ma'lumot bеrish, ularda bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish.
Idеntiv o’quv maqsadlari
1.1. So’z birikmasini fa'rqlaydilar.
1.2. Gapni ma'lum izchillikda o’rganadilar.
1-asosiy savolning bayoni: Tilda leksik (so'z), sintaktik (so'z birikmasi va gap) va bog'lanishli nutq saviyalari ajratiladi. Shu mazmunda so'z birikmasiga leksik sa-viyadan sintaktik saviyaga o'tish halqasi sifatida qaraladi.
So'z birikmasi leksik-grammatik birlik bo'lib, tugallangan fikr ifodalamaydi va bu bilan gapdan farqlanadi. So'z birikmasi nutqda gap ichida ishlatiladi. Bolalarga so'z birikmasini o'rgatish fikr elementi ustida ishlash hisoblanadi. Boshlang'ich sinflarda so'z birikmasi ustida ishlashda quyidagi mashq turlaridan foydalaniladi:
1. Bosh so 'zdan ergash so 'zga so 'roq berish, so 'zlaming o 'zaro bog '-lanishini aniqlash. Masalan, Anvarjon yaxshi o'qiydi. Kim (o'qiydi)? - Anvarjon. (Anvarjon) nima qiladi? — o'qiydi. Qanday (o'qiydi)? -
yaxshi. Yaxshi o'qiydi — so'z birikmasi.
2. Gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishini chizmada ko'rsatish. Bu o'quvchilarni asta-sekin murakkab qurilmalarni tuzishga o'rgatadi. Masalan:
Terimchi terdi gullar ochildi
paxtani mashinada har xil Gulzorda
Terimchi paxtani mashinada terdi. Gulzorda har xil gullar ochildi.


3. Matnda uchragan so'z birikmasining ma 'nosini tushuntirish.
4. Matnda yoki faoliyat jarayonida uchragan yangi so'z bilan so'z birikmasi tuzish. Mashqning bu turi so'zning ma'nosini chuqur tu-shunishga va undan o'z nutqida foydalanishga yordam beradi.
5. So'z turkumlarini o'rganish bilan bog'liq holda so'z birikmasi luzdirish. Ot so'z turkumi o'tilganda, ot va sifat bilan (jonajon Va-tanim), ot va boshqa ot bilan (maktab bog'i); fe'l o'tilganda, ot va fe'l bilan (kinoga bordi, maktabda bo'ldi, uydan keldi, kitobni o'qidi) so'z birikmalari tuzdiriladi.
So'z birikmasi tuzishda yo'l qo'yilgan xato gap tuzishda ham xatoga olib keladi, shuning uchun uning oldini olish kerak. Masalan:

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish