Savol va topshiriqlar
1. Kichik yoshdagi o'quvchilar uchun sintaktik bilimlarni o'zlashtirishning aliamiyatini tushuntiring. Boshlang'ich sinflarda ,,Gap" mavzusi materiallarini o'rganishdagi izchillikni asoslang.
2. O'quvchilaniing gapning bosh bo'laklari - ega va kesim bilan qanday tanishtirasiz? Darsda qanday ko'rgazmalardan foydalanasiz?
3. Boshlang'ich sinf o'quvchilari gapda so'zlarning bog'lanishini o'zlash-tirishda qanday qiyinchiliklarga duch keladilar?
4. „Boshlang'ich ta'lim" jurnalida chop etilgan gap ustida ishlashga doir maqolalardan topib, ularga taqriz yozing.
5. Imlo qoidalarining ahamiyatini izohlang. Imlo qoidasi ustida ishlash jarayonining asosiy komponentlarini auiq misollar bilan tushuntiring.
6. O'quvchilar lug'atini boyitishda ona tilining tutgan o'rnini tushuntiring.
7. O'quvchilarning ona tilidan bilirn, ko'nikma va malakalarini tekshirish usullaridan biriga oid topshiriqlar tizimini ishlab chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |