1. IPv4 (Internet prtocolining to'rtinchi avlodi).
2. IPv6 (Internet prtocolining oltinchi avlodi).
IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz.
32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.
Lokal ip manzillar global tarmoqda ishlatilmaydi va bu ip manzillarga global ip manzil orqali kirib bo'lmaydi va xavfsizlik ta'minlanadi. Quyida lokal manzillarning ro'yxati keltirilgan, ular cheklangandir.
10.0.0.0 — 10.255.255.255,
172.16.0.0 — 172.31.255.255,
192.168.0.0 — 192.168.255.255
127.0.0.0 – 127.255.255.255
Do'stlaringiz bilan baham: |