O`zbekđston respublđkasđ xalq ta’LĐm vazđRLĐGĐ ajđNĐyoz nomđdagđ nukus davlat pedagogđka đnstđtutđ


Darsdan tashqari ishlarni guruh tarzida tashkil etish va ularni o’tkazish



Download 408,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana06.02.2020
Hajmi408,78 Kb.
#38876
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maktabda biologiya darslarini oqitishda asosiy kuzatish va tajribalar ahamiyati


 

Darsdan tashqari ishlarni guruh tarzida tashkil etish va ularni o’tkazish 

metodikasi. 

Hozirgi  ilmiy-texnik  rivojlanish  davrida  respublikamizda  Biologiya  o’quv 

predmetini o’qitish birmuncha yuqori darajaga ko’tarilganligi hech kimga sir emas. 

Ta`lim sohasidagi islohotlar respublika maktablarida biologiya predmetini o’qitish 

jarayonida  ham  o’z  aksini  topmoqda.  Xususan,  aksariyat  o’qituvchilar  sinf  darsi 

bilan  chegaralanib  qolmasdan,  darsdan  tashqari  ishlarni  ham  yuksak  darajada 

uyushtirish  orqali  o’quvchilarning  bilimini  mustahkamlash  va  ularning  bilim 

doiralarini kengaytirish, amaliy ishlarni ko’lamli tashkil qilish orqali ularda amaliy 



39 

 

ko’nikma va malakalar hosil qilish masalasiga alohida e`tibor berishlari natijasida 



biologiya  o’qitish  bilan  bog`liq  ta`lim-tarbiya  ishlari  bir  muncha  yuqori  darajaga 

ko’tarilganligi  ko’zga  tashlanmoqda.  Yuqorida  bayon  etganimizdek,  maktablarda 

Biologiya ta`limi jarayonidagi darsdan tashqari ishlarni o’rganib chiqish natijasida: 

1.

 



To’garak  mashg`ulotlarini  uzluksiz  ravishda  olib  borishga  etarli  e`tibor 

berilmaganligi. 

2.

 

To’garak  ishlarining  rejasi  ma`lum  tartibda  bo’lmasdan,  izchillik  va 



uzviyliksiz, turlicha tuzilganligi; 

3.

 



O’tkaziladigan  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  bilan  dars  mavzulari 

orasida nomutanosiblik borligi. 

4.

 

Rejaga  muvofiq  tashkil  qilinadigan  darsdan  tashqari  ishlarning 



ko’pchiligi Biologiya ta`limi dasturidan ajralib qolganligi. 

5.

 



To’garaklar  tarzida  olib  boriladigan  darsdan  tashqari  ishlar  bilan  sinfda 

o’tiladigan  yoki  o’tilishi  lozim  bo’lgan  mavzularni    bog`lab  borish  orqali 

o’quvchilarning  puxta  bilim  olishlari,  ularning  bilim  doiralarini  kengaytirish, 

amaliy  faoliyatlarini  rivojlantirish  orqali  o’rganilayotgan  mavzuning  tub 

mazmunini anglab etishlarini ta`minlashga etarli e`tibor berilmaganligi aniqlandi. 

Yuqorida  bayon  etilgan  fikrlardan  kelib  chiqib,  ilmiy  tadqiqot  ishimizning 

maqsadiga  muvofiq,  «Yosh  Biologlar»  to’garagi  rejasini  tuzishda  uzluksizlikni 

ta`minlagan holda quyidagi masalalarga e`tibor berdik: 

1.

 

O’quvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va bilim doiralarini 



kengaytirish. 

2.

 



Biologik tajribalar va amaliy ishlarni bajarish orqali amaliy ko’nikma 

va malakalar hosil qilish hamda mehnat tarbiyasini ro’yobga chiqarish. 

3.

 

Biologiya  ta`limi  dasturiga  muvofiq  o’tilishi  lozim  bo’lgan  o’quv 



materiallarining mazmunini chuqur anglab olishlarini ta`minlash. 

4.

 



Mahalliy 

biologiya 

korxonalarida 

sodir  bo’ladigan 

biologik  

jarayonlarni bilib olishlariga yordam berish. 

5.

 

Turli xildagi amaliy ishlar uchun zarur asboblar, ko’rgazmali qurollar 



va modellar yasash hamda biologiya xonasining jihozlanish darajasini yaxshilash. 

40 

 

6.



 

Biologik adabiyotlar bilan ishlashni tashkil qilish. 

7.

 

Bajarilgan ishlar bo’yicha hisobot va axborotlar tayyorlash. 



8.

 

Biologik  bilimlarni  berish  jarayonida  ekologik  tushunchalarni 



shakllantirish. 

9.

 



Eksperimental masalalar echish va boshqalar. 

Malakaviy  ishning  maqsadini  amalga  oshirish  va  belgilangan  vazifalarni  hal 

qilish uchun yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida to’garak rejasini tuzib, maktab 

rahbariyati  ishtirokida  metodik  birlashmada  muhokama  qilinib  tegishli 

maktablarda tajriba-sinov ishlari bajarildi. «Yosh Biologlar»   to’garagining   rejasi   

2-ilovada        keltirilgan.  Tajriba        shuni  ko’rsatdiki,  birinchi  yili  8-sinfda  yakka 

tartibdagi  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarga  qatnashayotgan  o’quvchilar  sonining 

ortishi  ular  9-sinfga  o’tganlarida  to’garak  tashkil  qilish  imkonini  berdi.  Bu 

o’quvchilarning  darsdan  tashqari  ommaviy  yig`ilishda  ma`ruzalar,  Biologik 

tajribalar  bilan  chiqishlari,  7-sinf  o’quvchilarida  qiziqish  uyg`otganligi  sababli 

ularning  ko’pchiligi  8-sinfda  to’garakka  qatnashish  istaklarini  bildirdilar.  Shu 

sababli  8-sinf  uchun  alohida,  9-sinf  uchun  alohida  reja  tuzib  darsdan  tashqari 

mashg`ulotlar  o’tkazildi.  To’garakka  8-sinf  o’quvchilaridan  xohlaganlarini  qabul 

qildik va ular 9-sinfda ham to’garak ishlarida qatnashib, bu sohadagi faoliyatlarini 

davom ettirdilar. 

To’garak  a`zolarining  soni  15  tadan  20  tagacha  bo’lishini  nazarda  tutgan 

holda  to’garak  mashg`ulotini  haftasiga  bir  marta  o’tkazishni  maqsad  qilib  oldik. 

Đ

lg`or  o’qituvchilarning  ish  tajribalarni  o’rganish  shuni  ko’rsatadiki,  ikki  haftada 



bitta mashg`ulot o’tkazilganda mashg`ulotlar orasida uzilish bo’lganligi va oradan 

ancha vaqt o’tishi tufayli o’quvchilarning faolligi ma`lum darajada susayib borishi 

kuzatiladi.  Yuqoridagi  fikrlarni  nazarda  tutib,  har  haftada  bir  marta  mashg`ulot 

o’tkazishni  rejalashtirdik.  Nazariy  mashg`ulotlar  uchun  45  minut,  amaliy  ishlar 

uchun esa 70 minut vaqt belgilandi. To’garak mashg`ulotlari rejasida ko’rsatilgan 

mavzular  bo’yicha  mashg`ulotlar  o’tkazish  bilan  birga,  ishtirokchilarning 

faoliyatini  rivojlantirishga  ham  alohida  e`tibor  berildi.  Buning  uchun  uyda  ayrim 


41 

 

masalalarni  echish,  yangi  masalalar  tuzish,  test  topshiriqlarini  tuzish  va  echish, 



ayrim tajriba hamda amaliy ishlarni bajarishga ko’proq e`tibor berildi. 

Quyida ushbu ishlarning ayrimlari yuzasidan namuna sifatida fikr yuritamiz. 

1. Đjodiy masalalar tuzish. 

2. O’quvchilarning uy eksperimentlari. 

Bu  ish  o’quvchilarning  dastlabki  tadqiqotlariga  qadam  qo’yishi  hisoblanadi. 

Đ

shni  bajarish  yo’riqnomalari  oldindan  tayyorlanadi  va  o’quvchilar  ish  bilan 



yaxshilab  tanishtiriladi.  Ular  belgilangan  muddatda  topshiriqni  bajarib,  qisqa 

hisobot beradilar. 

3. Đjodiy fikrlashni rivojlantirish.  

Buning  uchun  test  savollari  tuzish,  o’quv  materiali  va  turli  amaliy 

mashg`ulotlar  yuzasidan  ijodiy  savol-javoblar  o’tkazish  va  turli  biologik 

boshqotirmalar tuzishga e`tibor berdik. 

Quyida  to’garak  a`zolari  tomonidan  tuzilgan  Biologik  boshqotirmalardan 

ba`zilarini qayd etib o’tamiz.  



Biologik boshqotirma shartlari: 

1.

 



Organizmlar haqida tushuncha. 

2.

 



O’simlik, hayvon, mikroorganizmlar va odamlar. 

3.

 



O’zbekiston biolog olimi. 

4.

 



Biologik ism nomi. 

5.

 



Biologiyada eng kichik zarra. 

Đ

jodiy amaliy mashg’ulotlar 

  Amaliy  mashg`ulot  darslari  biologiya  dasturidagi  o’quv  materiallariga 

bog`liq bo’lgan qo’shimcha materiallar asosida o’tkaziladi. Masalan, bajariladigan 

ish  yuzasidan  o’quvchilarga  tegishli  umumiy  yo’llanma  berilib,  tegishli  metodik 

qo’llanmalar bilan ta`minlanadi. 

  Ma`lumki, 

maktablarda 

biologiya 

dasturi 

bo’yicha 

biologik  

eksperimentning to’rt turi:  

  a) ko’rgazmali tajribalar; 

  b) laboratoriya ishlari; 



42 

 

  v) amaliy mashg`ulotlar; 



  g)  tajribalarni  namoyish  qilib  ko’rsatish  (demonstratsiya)  usullari 

qo’llaniladi. 

  Shu  munosabat  bilan  biz  «Yosh  Biologlar»  to’garagi  rejasini  tuzishda 

yuqorida bayon qilingan fikrlarga amal qildik. Biologik  eksperimentning har qaysi 

turi  pedagogik  jihatdan  katta  ahamiyatga  molik  bo’lib,  ular  o’zining  mazmuni  va 

tashkiliy  shakllari  jihatdan  bir-biridan  farq  qilsa  ham  ularning  asosiy  maqsadi  va 

mazmuni o’quv-tarbiya ishiga qaratiladi. 

  Metodik  adabiyotlar,  qo’llanmalar  va  maqolalarda  biologik    eksperimentlar 

haqida ko’p fikr hamda mulohazalar yuritilgani ma`lum.  

Quyida  biz  to’garak  mashg`ulotlarida  samarali  hisoblangan  eksperimentning 

turlari haqida fikr yuritishni lozim topdik va ularning o’ziga xos jihatlarining farq 

qildik: 


  a)  ko’rgazmali  tajribalar  –  asosan  ma`lum  bir  Biologik  tushuncha  nazariya 

yoki  qonunning  asl  mohiyatini  anglashda  qo’llanuvchi  Biologik  eksperiment  turi 

hisoblanadi. Ular o’quvchilar tomonidan ular Biologik hodisalarni yaqqol tasavvur 

qilishlari, bilishi lozim bo’lgan materialni oydinlashtirish, umuman ongli va puxta 

bilim  olishlari  uchun  eng  yaxshi  vosita  sanaladi.  Ko’rgazmali  tajribalar  – 

o’qitishning asosiy qismi bo’lib, tajriba o’tkazish va to’g`ri kuzatish ishlarini olib 

borish,  Biologiyadan  olgan  nazariy  asoslarni  tasdiqlash  va  puxtalash  imkonini 

beradi; 


  b)  laboratoriya  ishlari  –  o’quvchilarning  yangi  materialni  ancha  tushunib 

idrok  etishlari  uchun  yordam  beradigan  juda  muhim  vositalaridan  biridir. 

Laboratoriya ishlari o’quvchilarga biologiya kursidagi ko’p masalalarni ancha aniq 

va ishonarli qilib ochib berishi, o’quvchilarni biologiyaga qiziqtirishi, shuningdek, 

o’quvchilarda  ba`zi  amaliy  uquv  va  malakalar  hosil  qilish  uchun  yordam  berishi 

lozim. 


  Laboratoriya  ishlari  o’rta  maktabning  barcha  sinflarida  o’tkaziladi.  Quyi 

sinflarda u alohida ahamiyat kasb etadi, chunki bu sinf o’quvchilari keyingi ancha 



43 

 

murakkab  eksperimental  ishlar  uchun  zarur  bo’lgan  amaliy  uquvlarini  orttira 



boshlayotgan bo’ladilar. 

       O’quvchilar  laboratoriya  ishi  mazmuni  bilan  ba`zan  og’zaki,  ko’pincha 

maxsus  tuzilgan  instruktsiyadan  bilib  olib,  ish  tafsilotini  o’qituvchi  bilan 

muhokama  qilgan  holda  biologiya  eksperimentining  texnikasi  va  metodikasiga 

mos ravishda ishni bajarishga kirishadilar; 

  v) amaliy mashg`ulot – biologiya kursining tegishli bo’limlari yoki bir yaxlit 

mavzusi o’tilgandan keyin o’tkaziladigan Biologik eksperiment turidir. 

  Laboratoriya  ishi  bilan  amaliy  mashg`ulotlarda  ko’pincha  umumiylik 

mavjud  bo’ladi.  O’quvchilar  ikkala  holda  xam  biologik  tajribalarni  o’zlari 

bajaradilar,  o’quvchilar  ikkala  holda  ham  amaliy  uquv  va  malakalarga  ega 

bo’ladilar. 

  To’garak  a`zolari  reja  va  dasturga  muvofiq  ko’rgazmali  qurollar  (sxema, 

tablisalar, tarqatma materiallar) yasaydilar. 

  To’garak a`zolarining bu sohadagi ishlari yil yakunida ko’rgazmali qurollar 

va yasalgan asboblar ko’rigini tashkil etish bilan yakunlanadi. 

  «Yosh  Biologlar»  to’garagining  faoliyatiga  bag`ishlangan  yakunlovchi 

yig`ilish o’tkazish ham katta ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 

  Quyida  shunday  yig`ilishlarni  tayyorlash  va  o’tkazish  rejasidan  namuna 

keltiramiz. 

  1.  To’garak  raisi  va  ayrim  to’garak  a`zolarining  hisobot  matnlarini  tuzib 

tayyorlash. 

  2.  Maktab  zalini  to’garak  a`zolarining  qilgan  ishlari  namunalari  bilan 

jihozlash. 

  3. To’garak rahbarining kirish so’zi. 

  4. To’garak raisining qisqa hisoboti. 

  5. Guruh boshliqlarining qisqa hisobotlari. 

6. Ayrim guruhlarning qilgan ishlaridan namuna sifatida ulardan    

ayrimlarining tafsilotini eshitish. 

7. To’garak rahbarining yakunlovchi nutqi. 


44 

 

8. To’garakning yil davomida faol qatnashgan a`zolarini raQbatlantirish. 



  9. Badiiy qism. 

  Yuqorida  bayon  qilingan  rejani  bir  necha  kun  ilgari  tayyorlab  maktab 

ma`muriyati va tashkilotchilar ishtirokida ko’rib chiqildi. Chunki to’garak a`zolari 

rag’batlantirilganda, maktab ma`muriyati tomonidan esdalik buyumlar topshiriladi. 

Shuningdek,  maktab  til  va  adabiyot  o’qituvchisi  hamda  yosh  havaskorlar 

to’garagining  rahbari  ishtirok  etib  yakunlovchi  yig’ilishning  mazmunli  o’tishiga 

o’z hissalarini qo’shadilar. 

  «Yosh  Biologlar»  to’garagi  ishini  yakunlash  muhim  ahamiyatga  molik, 

chunki  bu  yig’ilishda  o’quvchilar  tomonidan  qilingan  ishlar,  yasalgan  asboblar, 

to’garak  a`zolarining  chiqishlarini  ko’rgan  quyi  sinf  o’quvchilari  kelgusida 

to’garak a`zosi bo’lish haqida orzu qila boshlaydilar. 

  Đlovada  2-va3–jadvallarda  8-9  –  sinflar  uchun  tuzilgan  «Yosh  Biologlar» 

to’garagini ish rejasini keltirilgan. 

Biologiyadan  tashkil  qilinadigan  kechalarni  rejalashtirishda,  avvalo, 

kechaning  mavzusi  va  uning  asosiy  mazmuni  aniqlanadi.  O’tkaziladigan  kechalar 

o’quvchilarning  biologiya  ta`limi  jarayonida  olgan  bilimlarini  kengaytirish, 

biologiya fanining erishgan yutuqlaridan xabardor bo’lishlarini ta`minlash, olimlar 

hayoti  va  ijodiy  faoliyatini  mukammalroq  o’rganish,  ilmiy  dunyoqarashni 

shakllantirish  bilan  birga  ahloq,  odob  va  mehnatga  bo’lgan  to’g`ri  munosabatni 

tarbiyalash  imkoniyatini  yaratadi.  Yuqorida  bayon  etilgan  fikrlardan  kelib  chiqib, 

«Qiziqarli  Biologiya»,  «Suvni  ifloslanishdan  saqlaylik»,  «O’simliklar  olami», 

«Hayvonlar  olami»,  «Qushlar  kuni»  «Akademik  A.B.Baxievning  hayoti  va  ilmiy 

faoliyati»,  «Tabiat,  jamiyat,  biologiya  va  ekologiya»  kabi  mavzularida  biologik 

kechalar maktablarda o’tkazildi.  

   

O’tkazilgan hamma biologiya kechalarni quyidagi jadval asosida 



rejalashtirish maqsadga muvofiq: 

1-jadval 



45 

 

T/r. 



Bajariladigan ishning 

mazmuni 


Bajarish va 

o’tkazish muddati 

Mas`ul shaxslar 



   



O’tkaziladigan hamma kechalar dasturi quyidagicha ish tartibiga ega bo’ldi:  

1.

 



Kechani ochish va kirish nutqi – 8 minut 

2.

 



Kechaning asosiy qismi. To’garak a`zolari va o’quvchilarning chiqishi – 

50 minut. 

3.

 

Kechani yakunlash – 5 minut 



4.

 

Badiiy qism – 30 minut 



Yuqorida bayon etilgan mavzular bo’yicha o’tkazilgan biologik  kechalarning 

metodik  ishlanmalarini tayyorlab,  tajriba-sinov  maktablari  o’qituvchilariga berildi 

va muntazam ravishda o’tkazildi. 

Biologiyaga  mansub  bo’lgan  ommaviy  ishlarni  o’tkazishdan  oldin  metod 

birlashma  yig`ilishida  o’tkaziladigan  ommaviy  ishlarning  rejalashtirilishni 

muhokama  qilish  bilan  birga  maktab  ma`muriyati  bilan  kelishilgan  holda  ularni 

o’tkazish  muddatlari  belgilandi.  O’tkazilgan  barcha  kechalarda  mehnat 

o’qituvchisi,  musiqa  o’qituvchilari  o’zlarining  munosib  hissalarini  qo’shdilar. 

Quyida  Nuks  shahar  26-maktabda  o’tkazilgan  kechalardan  biri  «Qushlar  kuni» 

mavzusida o’tkazilgan ommaviy tadbirning tafsilotini namuna sifatida yoritamiz. 



 

«Qushlar kuni» degan mavzuda o’tkazilgan kechaning rejasi 

2-jadval 

T.r. 


Bajariladigan ishlarning 

mazmuni 


Bajarish va o’tkazish 

muddati 


Mas`ul shaxslar 



1. 



Kechaga oid adabiyotlar 

tanlash 


1-8 aprel` 

To’garak rahbari va 

to’garak a`zolari 

2. 


Ma`ruzalarni bo’lib berish 

8-12 aprel` 

To’garak rahbari va 


46 

 

to’garak a`zolari 



3. 

Viktorina savollarini tuzish 

va boshqotirma tayyorlash 

8-12 aprel 

To’garak rahbari  

4. 


Ma`ruzalarni muhokama 

qilish 


12-15 aprel 

To’garak rahbari, 

adabiyot o’qituvchisi, 

to’garak a`zolari 

5. 

Tayyorlangan ma`ruzalar 



yuzasidan birinchi 

mashg`ulot o’tkazish 

16 aprel 

To’garak rahbari, 

adabiyot o’qituvchisi, 

to’garak a`zolari 

6. 

Tayyorlangan ma`ruzalar 



yuzasidan ikkinchi 

mashg`ulot o’tkazish 

17 aprel 

To’garak rahbari, 

to’garak a`zolari 

7. 


Zalni jihozlash 

20 aprel 

To’garak rahbari, 

mehnat o’qituvchisi va 

to’garak a`zolari 

8. 


Kechani o’tkazish 

20 aprel 

Maktab ma`muriyati 

to’garak rahbari, 

to’garak a`zolari 

9. 


Badiiy qism 

20 aprel 

Maktab ma`muriyati 

to’garak rahbari, musika 

o’qituvchisi, badiiy 

xavaskorlar  to’garagi 

a`zolari 

 

  Kechani o’tkazish tartibi:  

1.

 

Kechani ochish va kirish nutqi – 8-minut. To’garakning guruh boshlig`i. 



2.

 

Kechaning asosiy qismi. To’garak a`zolarining ma`ruza bilan chiqishlari 



– 50 minut. 

3.

 



Kechani yakunlash – 5 minut. 

4.

 



Badiiy qism – 30 minut. 

47 

 

«Kushlar  kuni»  degan  mavzuda  kecha  o’tkazishdan  asosiy  maqsad, 



o’quvchilarni 

kushlarning 

tuzilishi, 

tabiatda 

tarqalishi, 

ahamiyati 

va 

o’quvchilarning  kushlarga  g`amkurligini  va  shu  kabilar  bilan  yaqindan 



tanishtirishdir.. 

Kechaga  tayyorlanish  va  o’tkazish  ishlarini  asosan  6-7-sinf  o’quvchilaridan 

tashkil topgan to’garak a`zolari amalga oshiradilar. 

Kechaga 4 ta ma`ruza tayyorlandi. 

1.

 

Qushlarning tabiatdagi axamiyati. 



2.

 

Bu qaysi qush (Qushlar patidan qaysi qush ekanligin aniqlash». 



3.

 

Ko’chib ketuvchi qushlar. 



4.

 

Parrandachilik va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. 



Kechaning  qiziqarli  o’tishi  uchun  har  qaysi  ma`ruza  davomida  mavzuga 

tegishli  bo’lgan  kush  tovuslari  yozilgan  disk,  prezentatsiyalar,  qushlar  rasmlari, 

sxemalar, qush uyalarini qurish buyicha tajribalar namoyish qilindi, topishmoqlar, 

boshqotirmalar va qush mulyajlari ko’rsatib borildi. 

Kechaning badiiy qismida o’quvchilar oldin tayyorlagan qo’shiq va raqslarni 

ijro  etib,  kechaning  jozibali  o’tishiga  o’z  ulushlarini  qo’shadilar.  Nihoyasida 

to’garak  rahbarining  yakunlovchi  so’zi  bilan  kecha  yakunlanadi.  Quyida  «Tabiat,  

jamiyat,  biologiya  va  ekologiya»  mavzusida  o’tkazilgan  kechaning  rejasi  va 

o’tkazish  tartibini  keltirish  bilan  kifoyalandik.  Bu  kechaga  tayyorlanishda  oldingi 

kechada ishtirok etmagan to’garak a`zolarini jalb qildik.  



«Tabiat, jamiyat, Biologiya va ekologiya» mavzusida o’tkazilgan 

kechaning rejasi                                                          3-jadval 

T.r. 


Bajariladigan ishlarning 

mazmuni 


Bajarish va 

o’tkazish 

muddati 

Mas`ul shaxslar 





1. 


Kechaga oid adabiyotlar 

tanlash 


1-10 aprel` 

To’garak rahbari va 

to’garak a`zolari 


48 

 

2. 



Ma`ruza mavzularning 

taqsimlash  

10-18 aprel` 

To’garak rahbari va 

to’garak a`zolari 

3. 


O’quvchilarga 

beriladigan savollarni 

tuzib chiqish 

15-17 aprel` 

To’garak rahbari  

4. 


Tuzilgan va 

tayyorlangan 

ma`ruzalarni ko’rib, 

to’garak a`zolariga 

topshirish 

18-20 aprel` 

To’garak rahbari, ona 

tili o’qituvchisi va 

to’garak a`zolari 

5. 


Birinchi tayyorlov 

mashg`ulotini o’tkazish 

23 aprel` 

Rahbar, til va adabiyot 

o’qituvchisi qamda 

to’garak a`zolari 

6. 

Đ

kkinchi tayyorlov 



mashg`ulotini o’tkazish 

27 aprel` 

Rahbar, til va adabiyot 

o’qituvchisi, to’garak 

a`zolari 

7. 


Zalni jihozlash 

28 aprel` 

To’garakning barcha 

a`zolari 

8. 

Kechani o’tkazish 



29 aprel` 

Maktab ma`muriyati 

va to’garak rahbari 

 

  Kechani o’tkazish tartibi:  

1.

 

Kechani ochish va kirish nutqi – 8 minut. 



2.

 

To’garak a`zolarining chiqishi – 50 minut. 



3.

 

Kechani yakunlash – 5 minut. 



4.

 

Badiiy qism – 30 minut. 



«Tabiat,  jamiyat,  biologiya  va  ekologiya»  mavzusidagi  kechani  o’tkazish 

uchun  zarur  bo’lgan  turli  adabiyotlarni  maktab  kutubxonasi  va  boshqa 

manbalardan  to’pladik.  Asosiy  va  aniq  materiallarni    qo’llanmalardan    olishga 

harakat  qildik.  «Tabiat,  jamiyat,  biologiya  va  ekologiya»  mavzusidagi  kechani 



49 

 

o’tkazishdan  asosiy  maqsad  o’quvchilarda  ekologik  tarbiyani  shakllantirishdan 



iborat edi. Bu kechada ishtirok etish ekologik muhitning buzilishiga sabab bo’lgan 

va  bo’layotgan  omillarni  bilib  olish  imkoniyatini  beradi.  Bunda,  zaldagi 

o’quvchilar  va  ular  qatori  to’garak  a`zolari  ishlab  chiqarish  korxonalarining 

chiqindilari  atmosfera  havosi  va suvning ifloslanishiga sabab bo’layotgani hamda 

insonlarning  tabiatga  qanday  munosabatda  bo’layotgani  va  qanday  munosabatda 

bo’lishlari  lozimligi,  qishloq  xo’jaligi  uchun  foydalaniladigan  mineral  o’g`itlarni 

ko’p  ishlatishning  salbiy  tomonlari,  yangi  erlar  o’zlashtirishning  ijobiy  va  salbiy 

tomonlari,  xonadondan  chiqadigan  chiqindilarni  e`tiborsiz  tashlashlari  natijalari, 

ayniqsa, markaziy shaharlarda mashinalardan chiqadigan gazlar va ularning salbiy 

oqibatlari tabiat va inson salomatligini muhofaza qilish maqsadida qamda ekologik 

muhitni yaxshilash maqsadida davlatimizda olib borilayotgan chora tadbirlar va bu 

borada  qabul  qilinayotgan  qonun  va  qarorlar  haqida  ma`lum  tushunchalarga  ega 

bo’lishlarini ta`minlaydi. 

Quyida  «Tabiat  muzeyiga  ekskursiya»  ga  uyushtirilgan  ekskursiyaning 

qisqacha tafsilotiga to’xtalamiz. 


Download 408,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish