6-ish. Binokulyar ko`rish.
Ishdan maqsad: Monokulyar ko`rish oldida binokulyar ko`rishni afzalligini isbotlash.
Ishning borishi: tekshirish talabalarda olib boriladi. Bir tekislikka 2-ta rangli qalam joylashtiriladi, bir ko`zdan 25 sm, ikkinchisi esa 40 sm uzoqlikda. Avval nigohni birinchi qalamga karatiladi bunda birinchi qalam bitta va ikkinchi qalam ikkita ko`rinadi. So`ngra navbat bilan chap va ung kuz yumiladi (bir nomli disparatsiya). Uzoqda turgan qalamga nigohni yunaltirganimizda - oldindagisi ikkilanadi, bir kuzni yumib karalsa, karshi tomondagi tasvir yuqoladi (har hil nomli disparatsiya). Ikkita qalam bir-biridan 20 sm uzoqlikda turadi. Bir kuz bilan shunday qaraladiki, uzoqdagi qalam kurinmasin. Ikkinchi kuz ochiladi uzoqdagi qalam kurinadi (fazoda ko`rishni tahminlash).
Natija va rasm.
Хulosa.
7-ish. Rabkin jadvali yordamida ranglarni ajratish qobiliyati tekshirish.
Ishning borishi: Yoruglikka orqasi bilan o`tirgan tekshiriluvchiga tekshiruvchi doirachalar va bir hil rangli nukta bilan chizilgan geometrik figura va boshqa rangda yozilgan sondan iborat 25 ta jadvalni ko`rsatadi. Bu jadvallar rang ko`rishi normal bo`lgan kishilar tomonidan yahshi farklanadi: ammo u yoki bu rangni turli kishilar tula farklay olmasligi mumkin. Tekshiriluvchi jadvallar ko`rsatilganda unda nima tasvirlanganligi suraladi. Tekshiriluvchidan 1 metr uzoqlikda jadval kuz sathida bo`lishini esdan chiqarmaslik kerak. Har bir jadvalni ko`rish vaqti 5 sekundgacha. Har bir kuz alohida tekshirilib, ikkinchi kuz mahsus ekran yordamida berkitiladi.
Natija va rasm.
Xulosa.
8-ish. Yoruglik va rangli kontrastlar.
Ishning borishi: Tajriba kora-ok va rangli jadvallar ishlatilib, ularning kattaligi 35-45 sm yoruglikka karshi joylashtiriladi. Bir vaqtli yoruglik qontrastni kora va ok tablitsaga joylashtirilgan kulrang kvadratchalarda kuzatiladi. Huddi shunga uhshash kulrang kvadratni kizil, zangori va kuk rang qo`yib, rangli qontranst kuzatiladi. Ketma-ket qonstrastni quyidagicha kuzatiladi:
Tekshiriluvchi 10-15 sekund davomida nigohini kora-ok jadvalga kadaydi, So`ng tezda ko`zini ok jadvalga oladi va ko`zini uzmasdan qarab turadi, 2-3 sekunddan keyin jadvalda oldingi jadvalni pozitiv tasviri kurinadi (manfiy ketma-ket obraz). Ketma-ket rangli qontrast. Tekshiriluvchi bir rangdagi jadvalga sinchiklab qarab turadi, keyin nigohini och kulrang jadvalga olsa, unda qo`shimcha yoki o`sha rang hosil bo`ladi. Bir vaqtli ketma-ket qonstranstlar nima bilan tushintiriladi? Ko`ruv analizatorini o`tkazuvchi va markaziy kismlari belgilangan sxemasini chizing.
Natija va rasm.
Xulosa.
9-ish. Rodjers tajribasi.
Ishdan maqsad: binokulyar ko`rish jarayonida fazoviy markaziy summatsiya mavjudligiga ishonch hosil qilish.
Ishning borishi: O`ng ko`z qarshisiga qog`ozdan yasalgan konus shaklida trubka qo`yiladi va uning keng tomonidan uzoqdagi predmetlarga qaraladi. Chap ko`z qarshisiga chap qo`lning kafti qo`yiladi, huddi kaftda teshik borday tasavvur paydo bo`ladi.
Sterioskopik ko`rish mexanizmini tushuntirib bering.
Natija va rasm.
Xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |