Ishning borishi: Uchta nerv-muskul preparati tayyorlanadi. Petri idishiga suyultirilgan ko`raresimon modda eritmasiga qo`yiladi. Birinchi nerv-muskul preparatining mushagi eritmaga solinadi (nerv eritmaga tegmasligi kerak). Ikkinchi nerv-muskul preparatini tupik muskul va kioman nervni eritmaga solinadi. Uchinchi preparatda esa fakat nerv uzi solinadi.
Tajriba boshlanishi bilanok har bir nerv orqali elektrodlar yordamida ta'sirot beriladi va muskullar qisqaraetganligi uzatiladi. Bir necha daqiqadan So`ng yana ta'sirot beriladi. Muskullar qisqarish yoki qisqarmasligi kuzatiladi.
Natija va rasm.
Xulosa.
MNS UMUMIY FIZIOLOGIYASI 1-MASHG`ULOT MAVZU: MNS NING VAZIFALARI. REFLEKSOLOGIYA ASOSLARI. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar: MNS ning funktsiyasi. Refleks, bu nerv faoliyatining reflektor printsipini ochilishi. Refleks nazariyasini rivojlantirishda I.M.Sechenov va I.P.Ppavlovlarning roli. Somatik va vegetativ reflekslarning 5 ta zvenosi. Э.L.Asratyan bo`yicha kup kavatli reflektor yoy. Refleksning resseptor maydoni, refleks vaqti va uni aniqlash (Tryuk bo`yicha). Refleksning markaziy vaqti va uni aniqlash. Refleks vaqtiga ta'sir qiluvchi faktorlar. Refleksning biologik ahamiyati. Reflekslarning sinflanishi.
Amaliy ishlar
Ish. Refleks yoyini tahlil qilish. Ishning borishi: Spinal baqa tayyorlab, shtativ ilmogiga osiladi.
A) Orqa oyoqlaridan birini 0,5% li sul'fat kislota bilan shimdirilgan fil'tr qogoz bilan ta'sirlab bukish refleksi chiqariladi. So`ng sondan Pastroqda terini aylanasiga kesib teri shillib tashlanadi va yana kislota bilan ta'sirlanadi. Refleks yuqoladi (teri-resseptor vazifasini o`taydi).
B) Ikkinchi terisi butun oyogida quymich nervi ochiladi va ostidan ip o`tkazib, boglamay qo`yiladi. Oyoqni pinsent bilan qisib, bukish refleksi chaqiriladi. So`ng nervni ip bilan tortib, uning ostiga novokain bilan hullangan pahta qo`yiladi - ya'ni sezuvchi nervdan impul'slar o`tishiga tuskinlik kilinadi va har bir minutda refleks tekshiriladi. Refleks chakirilmay kolguncha ketgan vaqt belgilanadi. So`ng nervni himiyaviy kesilgan qismi yukorisidagi teri ta'sirlanadi va bukish refleksi sodir bo`ladi.
V) Spinal baqada reflektor faoliyat mavjudligiga ishonch hosil kilgach, orqa miya jarohatlanadi - reflekslar yuqoladi.